Nazorat savollari:
“Yo’nalishga kirish” fanining bakalavrlar tayyorlashdagi o’rni qanday?.
Fanning maqsadi va vazifasini aytib bering.
“Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishi bo’yicha tayyorlanadigan mutaxassislarga qo’yilgan talablar qanday?.
Materiallarning bizning kundalik xayotimizdagi o’rni haqida ma’lumot bering.
2-mavzu. “Yo’nalishga kirish” fanining predmeti va uslublari
Reja:
“Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishining umumiy tasnifi, davlat ta’lim standarti va o’quv rejalari.
O’quv fanlari va ularning dasturlari haqida ma’lumotlar.
“Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishi bo’yicha tayyorlanadigan mutaxassislarga qo’yilgan talablar.
Kasbiy faoliyat ob’ektlari.
Tayanch so’zlar va iboralar: materialshunoslik, bakalavr, yangi materialar, texnologiya, ta’lim, standart, o’quv fanlari, dastur, o’quv reja, kabiy faoliyat turi, kompetentsiya, modulь, ta’lim yo’nalishi, kasbiy faoliyat ob’ekti, kasbiy faoliyat jabhasi, o’qib-o’rganish natijalari, o’quv tsikli, materialshunoslik, nanotexnologiya, nanokristall asosidagi material, kukun metallurgiyasi, kukun, kompozitsion material, po’lat, cho’yan, rangli metall va qotishmalar, nometall materiallar, kukun qoplamalar, mexanik va fizik xossa, rentgenostruktura, kukun metallurgiyasi tsexlari jihozlari, qattiq qotishmalar, maxsus po’latlar, korroziya, korroziyaga bardosh material va qoplamalar, ilmiy tadqiqot, metodologiya, tizimiy yondashuv, pedagogik texnologiya, eksperiment, modellash.
“Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” yo’nalishining davlat ta’lim standarti va o’quv rejalari. O’quv fanlari va ularning dasturlari haqida ma’lumotlar. Kasbiy faoliyat ob’ektlari, ishlab chiqarishni ushbu yo’nalishi bitiruvchilariga bo’lgan talablari.
Dostları ilə paylaş: |