Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


Analitik reaktsiyalarni amalga oshirishning shart-sharoitlari, reaktsiyalarning sezgirligi, o’ziga xosligi



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə76/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   157
6,20 mavzulr slayd

15.2 Analitik reaktsiyalarni amalga oshirishning shart-sharoitlari, reaktsiyalarning sezgirligi, o’ziga xosligi

Analitik reaktsiyalarni o’tkazish uchun ma’lum bir shart-sharoit bo’lishi kerak. Masalan, kislotalarda eriydigan cho’kmalar, eritmada erkin holatdagi kislota ortiqcha bo’lganda ajralib chiqmaydi, xuddi shuningdek, ishqorda eriydigan cho’kmalar ishqoriy muhitda cho’kmaydi. Agar cho’kma kislotada ham, ishqorda ham erisa, uni faqat neytral muhitda hosil qilish mumkin va hokazo. Bu misollardan ko’rinib turibdiki reaktsiyalarni amalga oshirishning eng muhim shart - sharoitlaridan biri, shu reaktsiya uchun zarur muhit bo’lib, uni kerak bo’lgan taqdirda, eritmaga kislota, ishqor yoki boshqa biror reaktivlardan qo’shib vujudga keltirish mumkin. Masalan:


K2Cch2O7+2BaCl2+H2O=2BaCchO4+2KCl+2HCl
Cch2O72-+2Ba2++H2O=2BaCchO4+2H+
hosil bo’lgan BaCrO4 kuchli kislotalarda eriydi, sirka kislotada esa erimaydi. Bu erda reaktsiyaning o’zida kuchli kislota hosil bo’lishi sababli reaktsiya ohirigacha bormaydi. Ammo eritmaga K2Cr2O7 dan tashqari CH3COONa ham qo’shilsa, Ba2+ ni to’la cho’ktirish mumkin, shunda kuchli kislota o’rniga kuchsiz kislota CH3COOH hosil bo’ladi
CH3COONa  CH3COO- + Na+
CH3COO-+ H+  CH3COOH
Ikkinchi bir muhim sharoit eritmaning haroratidir. Haroratning ko’tarilishi bilan eruvchanligi ortib ketadigan cho’kmani issiq holatdagi eritmalardan hosil qilish yaramaydi, bunday reaktsiyalarni "uy haroratida» ba’zan esa sovitib o’tkazish kerak bo’ladi. Ba’zi reaktsiyalar faqat, qizdirilganda boradi. Reaktsiya borishining muhim shart-sharoitlaridan yana biri, eritmada topiladigan ionning koncentratsiyasi etarli darajada katta bo’lishidir; uning koncentratsiyasi juda oz bo’lsa, reaktsiya chiqmay qoladi. Buning sababi shundaki, har qanday moddaning eritmadagi koncentratsiyasi uning ayni sharoitdagi eruvchanligidan ortiq bo’lgandagina, shu modda cho’kmaga tushadi. Agar modda qiyin eriydigan bo’lsa, topiladigan ionning koncentratsiyasi nihoyatda oz bo’lganda ham cho’kma tushsa, bunday reaktsiyalar seziluvchan reaktsiyalar deyiladi. 2
Reaktsiyaning seziluvchanligi miqdoriy jihatdan bir-biriga bog’langan ikkita ko’rsatkich – topilish minimumi va suyultirish chegarasi bilan harakterlanadi. Topilish minimumi modda yoki ionning reaktsiyaga muayyan shart-sharoitlarda o’tkazilganida topilishi mumkin bo’lgan eng kam miqdoridir. Modda (ion) ning shu reaktsiya yordamida topilishi mumkin bo’lgan eng kam koncentratsiyasi suyultirish chegarasi deyiladi.
Reaktsiyalarning seziluvchanligi bilan bir qatorda ularning o’ziga hosligi ham juda katta ahamiyatga ega.
Bir ion boshqa ionlar bilan aralashgan holatda bo’lganda ham uni tajriba sharoitida ajratmasdan turib to’g’ridan- to’g’ri aniqlashga imkon beradigan reaktsiya, o’sha ion uchun xos (specifik) reaktsiya deyiladi. Bunga ishqor ta’sirida qizdirilganda, hidi va boshqa xossalaridan ammiak ajralib chiqayotganligi osongina bilinadigan NH4+ ni aniqlash reaktsiyasini misol keltirish mumkin.
NH4+ + OH-  NH3 + H2O
Ammoniy tuzlarigina bunday sharoitda ammiak hosil qiladi. SHuning uchun ishqor bilan olib borilgan reaktsiya NH4+ ionini topish uchun hos reaktsiyadir.
Analitik kimyoda tekshirilayotgan ion bir necha ionlar bilan o’hshash natija beradigan reaktsiyalar ham uchraydi. Bunday reaktsiyalarga tanlab ta’sir etuvchi yoki selektiv reaktsiyalar deyiladi.
Reaktsiya ijobiy natija beradigan ionlar soni qancha kam bo’lsa, reaktsiyaning selektivlik darajasi shuncha yuqori bo’ladi



Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin