Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


Mavzuga doir masalalar yechish



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə89/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157
6,20 mavzulr slayd

Mavzuga doir masalalar yechish


1-misol: 1m2 yuzali po’lat listni korroziyadan saqlash uchun 0,1mg rux sarflansa, 500 m2 yuzali xuddi shunday po’lat listni yuzasini rux bilan qoplash uchun sarflanadigan ruxning miqdorini (g) toping.
Echish: 1m2 - 0,1 mg
500 m2 - x = 50 mg = 0,05 g Javob: 0,05 g Zn.
2-misol4Fe(OH)2 + O2+ 2H2O = 4Fe(OH)3 reaksiyada 180 kg temir (II) gidroksidni qancha hajmdagi kislorod (n.sh.da) to’la temir (III) gidroksidga aylantiradi?
Yechish: 4 · 90=360 kg Fe(OH)2
360 kg - 22,4 m3 O2
180 kg - X = 11,2 m3 Javob: 11,2 m3 O2.
3-misol: 12000 C da 15 kg aluminiy gidroksidni parchalash natijasida necha kg aluminiy oksidi olish mumkin?
Yechish: jarayon reaksiyasi quyidagicha:
2Al(OH)3 = Al2O3 + 3H2O
2 · 78 = 156 kg - 102 kg
15 kg - x = 9,8 kg Javob: 9,8 kg Al2O3.


Mustaqil yechish uchun masalalar



  1. 1m2 yuzali po’lat listni korroziyadan saqlash uchun 0,1mg rux sarflansa, 1600 m2 yuzali xuddi shunday po’lat listni yuzasini rux bilan qoplash uchun sarflanadigan ruxning miqdorini (g) toping.

  2. 4Fe(OH)2 + O2+ 2H2O = 4Fe(OH)3 reaksiyada 200 kg temir (II) gidroksidni qancha hajmdagi kislorod (n.sh.da) to’la temir (III) gidroksidga aylantiradi?




  1. 12000 C da 60 kg aluminiy gidroksidni parchalash natijasida necha kg aluminiy oksidi olish mumkin?



Nazorat savollari:



  1. Eyilish va ularning turlarini aytib bering.

  2. Eyilishga chidamli materiallar, qoplamalar va texnologiyalar haqida ma’lumot bering.

  3. Korroziya va uning turlari haqida tushuncha bering.

  4. Metallarning korroziyasiga qarshi qanday kurash olib boriladi.

  5. Qaytar reaksiyalar deb nimaga aytiladi?

  6. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi deb nimaga aytiladi?

  7. Kimyoviy reaksiyalarning tezligi qanday omillarga bog’liq?

  8. Reaksiyaga kirishayotgan moddalar sistemasining to’g’ri va teskari reaksiyalarning tezligi o’zaro teng bo’lgan holati nima deyiladi?

  9. Nima sababdan muvozanat harakatdagi yoki dinamik muvozanat deyiladi?


Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin