Kulrang cho’yan Kulrang cho’yanda 2.5-4% uglerod va 1.0-3.0% atrofida kremniy bo’ladi. Ko’pchilik cho’yanlarda grafit pag’a – pag’a (pop-korn) ko’rinishida bo’ladi, atrofida esa ⍺-ferrit yoki perlitli matritsa joylashadi. Kulrang cho’yanning mikrostrukturasi 8.3,a rasmda keltirilgan.
1Rossiyada bunday cho’yanlar yuqorimustaxkam cho’yanlar deb ham yuritiladi.
Bu turdagi cho’yanlarning tarkibida grafit bo’rligini ularni sindirilganda, sinish yuzasi kulrang tusda bo’lishi bilan izohlash mumkin va bu uning nomi sifatida ham yaritiladi.
Kulrang cho’yanlarni mikrostrukturasiga qarab boshqa materiallargi qaraganda past mustaxkamlikga ega va mo’rt material ekanligini ko’rish mumkin. Grafitning uchqur qirralari tashqaridan beriladigan yuklamalarni kontsentratsiya qiladi. Bu materiallarning siqilishga mustaxkamligi va plastikligi, cho’zishga mustaxkamlmgmga nisbatan kattaroq ko’rsatgichlarga ega. Kulrang cho’yanlarning bir necha markalarining mexanik ko’rsatgichlari jadvalda keltirilgan. Kulrang cho’yan bir qancha muxim xossalarga ega va amalda keng qo’llaniladi. U vibratsion energiyani yaxshi yatadi, jadvalda kulrang cho’yan va po’latlarning tebranishlarni so’ndirish xossalari keltirilgan.
SHuning uchun kulrang cho’yan staninalar va vibratsiyada ishlovchi og’ir qurilmalarni ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Bundan tashqari kulrang cho’yan yeyilishbardosh material. Kulrang cho’yan erigan xolida yuqori oquvchanlik xossasiga ega bo’ladi, bu esa qiyin konstruktsiyadagi detallarni olish imkonini beradi bunda og’ish koeffitsienti kam bo’ladi. Va oxirgisi bu eng muxim ko’rsatgichlardan biri kulrang cho’yan eng arzon material xisoblanadi.
CHo’yanlarning 8.4,a rasmda keltirilgan mikrostrukturalardan ko’rish mumkinki cho’yanlarni tarkibi va termik ishlash turiga ko’ra ularni o’zgartirish mumkin. Misol uchun kremniy miqdorini kamaytirish yoki sovutish tezligini oshirish tarkibda butunlay tsementitning oz miqdorda grafit bilan xosil bo’lishini ko’rish mumkin. Bunda mikrostrukturada grafit donalari perlit matritsaga cho’kgan bo’ladi. 8.5 rasmda turli tarkibdagi cho’yanlarning termik ishlash natijasida olingan tizimli qarshilik ko’rsatgichlari keltirilgan.
8.3.Rasm. Turli cho’yanlarning optik mikrofotografiyalari: a – kulrang cho’yan; to’q rangdagilari grafit donalari ⍺-ferrit matritsada joylashgan x500: b – shar ko’rinishli (plastik) cho’yan: to’q rangdagi sferik donalar grafitdir, ⍺-ferrit matritsada joylashgan x200: c – oq cho’yan: yarqin qismi tsementit, atrofi perlit fazadan tashkil topgan, bunda tsementit va ferrit qatlamlarining aralashmalari perlit ekanligini ko’rish mumkin x400: d – bolg’alanuvchan cho’yan: to’q ranglilari grafit rozetkalar (bo’shatilgan uglerod) ⍺-ferrit matritsada joylashgan x150: ye – kompakt grafitli cho’yan: to’q rangli chuvalchangsimon bo’laklar grafitdir, ⍺-ferrit matritsada joylashgan x100.
8.3.Jadval. Kulrang, sharli, quymakorlik va kompakt grafitli cho’yanlarning belgilanishi, mexanik xossalarining minimal ko’rsatgichlari, tarkibi va asosiy qo’llaniladigan soxalari.