Rasm 5.1. Materialshunoslik va materiallar qo’llash texnologiyasida mavjud predmetlarning to’rtta asosiy tashkil etuvchilari.
Rasm. 5.2.
Alyumin oksididan tayyorlangan uchta ingichka disklar surati. Disklar yozuv betiga ularning optik xossalarini farqlash uchun joylashtirilgan. CHapdagi disk – shaffof (u o’ziga tushayotgan nurning xammasini o’tkazadi). Markazdagi disk – yarim shaffof. Bu shuni anglatadiki u tushayotgan nurni qisman qaytaradi. O’ngdagi disk – butunlay shaffof emas. Unga tushayotgan nur oqimi qaytariladi. Optik xarakterdagi ko’rsatilgan farqlar disk tayyorlash uchun belgilangan texnologiyada ishlatiluvchi material tarkibining tadqiq qilish natijasi xisoblanadi. Na’munalarni R.A.Lessing tayyorlagan, suratlar S.Tanne tegishli.
|
|
Butun qo’llanmada biz ko’rsatib o’tilgan to’rtta komponent, mahsulot tuzilishi, uning ishlab chiqarilishi, belgilangan materiallarning ishlatilishi kabi bog’liqliklarga alohida e’tibor qaratamiz. Materialshunoslikda keltirilgan to’rtta xossa – qayta ishlash texnologiyasi, tarkib, tuzilish va foydalanish koeffitsienti orasidagi bog’liqlikni aks ettirish uchun 1.2 rasmda uchta ingichka disklar surati keltirilgan. Ko’rinib turiptiki ushbu uchta diskning optik xossasi (nur o’tkazuvchanligi) turlicha. CHap tarafda joylashtirilgan disk juda ham shaffof (unga yo’naltirilgan nur oqimi to’laligicha diskdan o’tadi). SHu vaqtning o’zida markazdagi disk – yarim shaffof, o’ng tarafdagisi – umuman shaffof emas. Uchala diskning bari bir xil alyuminiy oksidi materialidan tayyorlangan. Faqatgina chapdagi na’muna biz monokristal deb atovchi materialdan tayyorlangan shu sababli ushbu xossa uning shaffofligini ta’minlaydi. Markazdagi disk ko’pgina mayda monokristallardan tayyorlangan va bir butun qilib yig’ilgan. Mayda kristallar orasidagi chegara yozuv betidagi nuroqimining bir qismini o’tkazadi. Bundan ko’rinib turibdiki ushbu disk jilosiz yoki yarimshaffof bo’ladi. Va nixoyat o’ng tarafda ko’rsatilgan na’muna xam katta bo’lmagan kristallardan tayyorlangan ammo unda katta miqdorda bo’shliq va g’ovaklar mavjud. Ushbu g’ovaklar jadal ravishda nurni tarqatadi aynan shu sababli disk shaffofligini yo’qotadi. SHu sababli kristallar va teshiklar chegarasi orqali aniqlanuvchi material shaffofligi keltirilgan uch xil na’munada turlichadir. Bundan tashqari ushbu uch xil na’muna turli texnologiyalarda tayyorlangan. Natijada disklarning foydalanish xarakteristikasi, materialning optik xossalariga ko’ra ishlash sharoitini aniqlash bo’yicha ular turlichadir.
Dostları ilə paylaş: |