Nazorat savollari
Materiallar sinfi va ularning tasnifi.
Qattiq jismlar odatda nechta asosiy guruxga bo’linadi?
Metallar va ularning turlari aytib bering.
Metallarning mashinasozlikdagi ahamiyati qanday.
Zamonaviy fan yutuqlari asosida yangi materiallar olish istiqbollari nimalarni o’z ichiga oladi.
5-mavzu. Metall va nometall materiallarni mashinasozlikda qo’llanilishi
Reja:
1.Materialshunoslik va materiallar qo’llanilishi.
2.Materialshunoslik nima uchun kerak va materiallar qo’llanilishi texnologiyasini o’rganish nima uchun zarur.
3.Progressiv materiallar.
4.Yangi materiallar yaratishning zarurligi.
Tayanch iboralar: materialshunoslik, yangi materialar, texnologiya, progressiv materiallar, metallar, nometallar, materiallarni tanlash, materiallarni qo’llash.
Metallar va nometall materiallarning mashinasozlikda keng ko’lamda qo’llanilishiga doir misollar.
5.1. MATERIALSHUNOSLIK VA MATERIALLAR QO’LLANILISHI
Ba’zida “Materialshunoslik va materiallar qo’llanilishi” bo’limini ikkita mustaqil bo’lim: “Materialshunoslik” va “Materiallarni qo’llash texnologiyasi” bo’limlariga bo’lish foydalidir. Materialshunoslik deganda materiallar tarkibi va tuzilishi (strukturasi) oralig’idagi mavjud bog’liqlikni o’rganish tushuniladi. Materiallar qo’llanilishi texnologiyasiga nimalar ta’luqli, ayrim xollarda asosiy tushunchadagiga ko’ra tarkib va tashkil etuvchilar oralig’idagi bog’liqlikka ko’ra ushbu materiallardan mahsulot yaratish imkoni tushunilsa, boshqa bir tarafdan avvaldan belgilangan tarkib yig’indisi bog’liqligida material strukturasini tashkil etish tushuniladi. Materialshunoslik soxasida ish olib borayotgan olimlarning vazifasi yangi materiallar yaratish yoki sintezlash, bir vaqtning o’zida muxandis, texnolog va konstruktorlarning maqsadi kabi mavjud materialdan yangi mahsulot yaratish uchun foydalanish va u yoki bu funktsional talablar uchun mavjud materiallarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu yo’nalishda oliy ma’lumotga ega bo’lgan ko’pgina mutaxassislar ikkala yo’nalishdagi o’quv dasturi bo’yicha malaka oshiradilar va o’qitiladilar.
“Struktura” ushbu bosqichda keltirilgan atama bir muncha noaniq bo’lib, uni chuqurroq chuntirib o’tish talab etiladi. Qisqacha aytganda material strukturasi deb uning ichki elementlar joylashish xarakteriga aytiladi.
Subatom strukturasi – bu elektronga ega yadro bilan o’zaro aloqadosh yagona atom. Strukturaning atomar darajasi atom yoki molekulalarning o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi. Keyingi bo’limlarda atomlarning katta guruxlari xaqida so’z boradi. Natijada aglomeratlar yuzaga keladi, bunday struktura “mikroskopik” deb ataladi, ya’ni mikroskop orqali to’g’ridan to’g’ri kuzatish orqali o’rganiladi. Ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan strukturalar “makroskopik” deb ataladi.
“Xossa” atamasi mufassal ko’rib chiqilishi kerak. Barcha materiallar ishlatilish jarayonida tashqi ta’sirga uchraydi, buning natijasida bir qator reaktsiyalar yuzaga keladi. Agar na’munaga kuch ta’sir ettirilsa buning natijasida deformatsiya yuzaga keladi. Agar silliqlangan metall yuzaga nur yo’naltirilsa u xolda u qaytadi. Material tarkibi – bu uning o’ziga xosligi va tashqi ta’sirga nisbatan bardoshliligidir. Umumiy qilib aytganda material tuzilishi, uning o’lchami va mahsulot shakliga nisbatan mustaqil bo’lishi kerak.
Nazariy jihatdan qattiq materiallarning barcha asosiy xossalarini oltita guruhga bo’lish mumkin, bular – mexanikaviy, elektrikaviy, termik magnitli, optik xossalar va materialning uzoq muddatli turg’unligi.
Har bir material tarkibi belgilangan ko’rsatkichlarga ega, bunda uning tashqi ta’sirga qarshilik kuchi xarakterlanadi. Mexanik xossa deb kuch ta’sirida yuzaga keladigan deformatsiyalar bog’liqligi asosan taranglik va mustaxkamlik chegarasi tushuniladi. Elektrik xossa – bu elektr o’tkazuvchanlik va dielektrik doimiylikdir, material qarshiligini chaqiruvchi faktor esa elektr maydon xisoblanadi. Qattiq jismlarning termik xossasi issiqlik o’tkazuvchanlik va issiqlik sig’imi koeffitsienti orqali xarakterlanadi. Magnit xossasi materialning magnit maydonida yuzaga kelgan reaktsiyalarni aniqlaydi. Optik xossalar elektromagnit nurlanish yoki nur oqimi ta’sirida aniqlanadi, sinish ko’rsatkichi esa ushbu xossaning xarakteristikasi xisoblanadi. Materialning uzoq muddatli turg’unligi – uning ustunligi kimyoviy reagentlarga qarshilik ko’rsatkichidir. Keyingi bo’limlarda materiallarning barcha oltita xossalari navbatma navbat ko’rib chiqiladi.
Yuqorida keltirilgan “struktura” va “xossa” atamalariga qo’shimcha ravishda yana ikkita material tavsifi fan va muxandislik ko’rsatmalarida muxim o’rin egallaydi. Bular “Qayta ishlash texnologiyasi” (processing)va “Foydalanish tavsifi” (performance). Agar keltirilgan barcha tushunchalar birlashtirilsa unda material xossasi mahsulot tayyorlash (qayta ishlash) texnologiyasiga bog’liq bo’ladi. Foydalanish xarakteristikasi material tarkibiga bog’liq. SHu o’rinda texnologiklik, tuzilish, xossa va foydalanish xarakteristikasi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni 5w.1 rasmda keltirilgan sxemada ko’rish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |