5.2 PROGRESSIV MATERIALLAR Yuqori texnologik mahsulotlardan foydalanish uchun mo’ljallangan (xay-tek) materiallarga ba’zan shartli ravishda “progressiv” materiallar atamasi qo’llaniladi. Yuqori texnologiyalar deganda odatda zamonaviy murakkab printsiplarda ishlovchi mahsulot yoki uskunalar tushuniladi. Bu kabi mahsulotlar sirasiga turli elektron uskunalar, xususan raqamli video-audio kameralar, CD/DVD pleyerlari, kompьyuterlar, optik tolali tizmlar bundan tashqari kosmik yo’ldoshlar, aerokosmik va raketa texnologiyalari uchun qurilmalar kiradi.
Progressiv materiallar sezilarli darajada o’zi bilan yuqorida qayd etilgan oddiy moddalarni bundan tashqari yetakchi tasnifga ega yangi materiallarni xam taqdim etadi. Ushbu materiallar metall, keramika yoki polimer bo’lishi xam mumkin, biroq ularning qiymati odatda juda yuqori. Progressiv materiallar sirasiga yana yarimo’tkazgichlar, biomateriallar va biz “kelajak materiallari” deb atovchi moddalar kiradi. Bular “aqlli” materiallar deb ataluvchi nanotexnologiya mahsulotlaridir, ular xaqida quyida so’z yuritiladi. Ushbu sinfga oid materiallarning xossalari va ishlatilish soxasi – masalan lazerlar tayyorlash uchun mo’ljallangan materiallar, integral sxemalar, axborotni magnit saqlovchilar, optik tolali va suyuq kristalli displeylar xam keyingi bo’limlarda ko’rib chiqiladi.
Yarimo’tkazgichlar Yarimo’tkazgichlar elektr xossalariga ko’ra elektr o’tkazuvchan materiallar (metallar va metall qotishmalar) va izolyatorlar (keramika va polimerlar) orasida oraliq o’rinni egallaydi. Bundan tashqari yarimo’tkazgichlarning elektrik xarakteristikasi begona atomlarning minimal miqdoriga nisbatan juda nozik. Yarimo’tkazgichli materiallarni yaratish integral tizim rivojini olib keldi, natijada oxirgi uchta o’n yillik oralig’ida elektronika va kompьyuter texnikasida o’zgarishlar amalga oshirildi.
Biomateriallar Biomateriallar inson tanasi uchun implantant sifatida qo’llaniladi, zararlangan a’zo yoki terini almashtirish uchun mo’ljallangan. Ushbu turdagi materiallar zaxarli moddalar ajratmasligi va inson terisiga mos bo’lishi zarur (rad etuvchi reaktsiya chaqimasligi lozim). Barcha aytib o’tilgan modda turlari –metallar, keramika, polimerlar va yarimo’tkazgichlar, biomateriallar sifatida ishlatilishi mumkin. Na’muna o’rnida sun’iy bo’ksa bo’g’imlarini tayyorlash uchun ishlatiladigan bir qancha biomateriallarni keltirish mumkin. Quyidagi savollar biomateriallar uchun tayyorlangan maxsus bo’limda ko’rib o’rganiladi.