Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


–rasm. Evtektik oq cho’yan strukturasi



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə31/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157
6,20 mavzulr slayd

7.1–rasm. Evtektik oq cho’yan strukturasi


Kulrang cho’yanlar. Kulrang cho’yanlarning qolipga quyilish xossasi yuqori bo’lganligi sababli ular quymakorlik cho’yanlari deb ham yuritiladi. Metall asosining tuzilishiga ko’ra kulrang cho’yanlar quyidagicha ajratiladi:

  • perlitli kulrang cho’yan;

  • perlit–ferritli kulrang cho’yan;

  • ferritli kulrang cho’yan.

Perlitli CCH21, CCH24, CCH25, CCH30, CCH35 kulrang cho’yanlari kuchli dastgohlarning staninasi, mexanizmlari, porshen, tsilindr, dvigatel bloklari, metallurgiya jihozlarining detallarini ishlab chiqarishda qo’l–laniladi.
Ferritli CCH10, CCH15, CCH18 kulrang cho’yanlari poydevor plitalari, qurilish ustunlari, qishloq xo’jalik mashinalari, dastgohlar, avtomobil va traktor detallarini ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Markada CCH–kulrang cho’yan, birinchi ikkita son cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasini bildiradi.
Bolg’alanuvchan cho’yanlar. Bolg’alanuvchan cho’yanlar oq cho’yanni maxsus usulda yumshatish orqali olinadi. Bolg’alanuvchan cho’yanda uglerod erkin holatda–bodroqsimon grafit shaklida bo’ladi. Ularning plastikligi kulrang cho’yanlarnikiga nisbatan yuqori. Metall asosiga ko’ra bolg’alanuvchan cho’yan ferritli va perlitli bo’ladi. Ferritli kulrang cho’yanning plastik xossalari yuqori bo’lganligi sababli mashinasozlikda keng ishlatiladi. Bolg’alanuvchan cho’yan olish uchun ishlatiladigan oq cho’yanning kimyoviy tarkibi quyidagicha bo’ladi:2,5–3,0% C, 0,7–1,5% Si, 0,3–1,0% Mn, 0,12% S, 0,18% R.
Yumshatish ikki bosqichda olib boriladi (7.2–rasm). Birinchi bosqichda quymalar 950–970°C da ushlab turiladi. Bu davrda ledeburit tarkibiga kiruvchi (Fe3C+A) tsementit parchalanadi va muvozanat holatdagi A+TS strukturasi hosil bo’ladi.

7.2–rasm. Oq cho’yan quymalarni yumshatish yo’li bilan bolg’alanuvchan cho’yan olish chizmasi

TSementitning parchalanishi natijasida diffuziya yo’li bilan bodroqsimon grafit hosil bo’ladi. SHundan keyin harorat evtektoid o’zgarishlar yuz beradigan oraliqqacha sovitiladi. Bu vaqtda austenit ferrit-grafitga parchalanadi. Yumshatishning ikkinchi bosqichi tugagandan so’ng cho’yan strukturasi ferrit va grafitdan iborat bo’ladi (7.3–rasm, a).


Agar evtektoid haroratida sovitish tezligi yuqori bo’lsa, perlitli bolg’alanuvchan cho’yan hosil bo’ladi (7.3–rasm, b).

a b d

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin