Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


SHteyndan xomaki mis olish



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə39/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157
6,20 mavzulr slayd

SHteyndan xomaki mis olish. 1866–yilda muhandis V.A. Semennikov tomonidan xomaki misni maxsus gorizontal konvertorlarda suyuq shteyndan havo haydash yo’li bilan olish usuli yaratilgan.
Konvertorda o’tadigan jarayonni ikki bosqichga ajratish mumkin.
Birinchi bosqichda konvertorga haydalayotgan havo kislorodi temir va mis sulfidlarini oksidlaydi. Hosil bo’lgan temir (II) –oksid kvarts bilan birikib shlak paydo qiladi:
2Fe2S + 3O2 = 2FeO + 2SO2 + Q
2FeO + 2SiO2 = 2FeOSiO2 + Q

Jarayonda ajralayotgan shlak yig’ilishi bilan konvertor og’zidan kovshga chiqariladi. Konvertorga esa yangi shteyn va flyus kiritiladi.


Ikkinchi bosqichda konvertordagi mis sulfid haydalayotgan havo kislorodi bilan reaktsiyaga kirishib misni qaytaradi:
2Cu2S + 3O2 = 2Cu2O + 2SO2 + Q
Cu2S + 2Cu2O = 6Cu + SO2 – Q

Bosqich 2–3 soat davom etadi. Olingan misda oz bo’lsada, boshqa elementlar bo’lganligi uchun uni xomaki mis deyiladi.


Xomaki misni tozalash (rafinlash). Agar xomaki misning tarkibida juda oz miqdorda Au, Ag kabi nodir metallar mavjud bo’lsa hamda olinadigan metalldan bekorchi qo’shimchalar miqdoriga u qadar katta talab qo’yilmasa, alangali pechda havo haydash yo’li orqali mis tozalanadi.
Misni elektrolitik tozalash. Bu usulda juda toza mis olish bilan birga uning tarkibidagi nodir metallar ham ajratiladi. Bu jarayon ichki devori maxsus elektrolit quyilgan qo’rg’oshin list yoki viniplast bilan qoplangan yog’och yoxud beton vannalarda olib boriladi.
Mis qotishmalari. Misning rux, qalay, qo’rg’oshin, temir, marganets va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalari mis qotishmalari deyiladi. Mis qotishmalari yuqori mexanik hamda texnologik xossalarga ega hamda korroziyabardosh, yeyilishga chidamlidir. SHu bois ulardan sanoatda keng miqyosda foydalaniladi.
Latunlar. Latunlar gruppasi deb mis bilan ruxdan iborat qotishmalarga aytiladi. Ba’zan bunday latun (kotishma)larni jezlar deb xam yuritiladi. Texnik latun¬lar tarkibida rux mikdori 48—50% ga yetadi.
GOST 15527-70 buyicha mis-ruxli latunlarning olti navi (markasi) mavjud- L96, L90, L85, L80, L70, L68, L62. Bunday markalashniig ma’nosi shundaki, L xarfi latunlar va kotishmaning nomini bildirsa, rakamlar kotishma tarkibidagi mis mitsdorini bildiradi. Maxsus (murakkab) latunli qotishmalar, ya’ni mis bilan ruxdan boshka elementlar (legirlovchi sifatida) kushilgan bo’lsa, u xolda tegishli elementlarni bildiruvchi xarflar va tegishli rakamlar bilan markalanadi. masalan, LS 74-3, LO 70- I, LAN 59-3-2, LMts 58-2 va xokazo. Markalardagi birinchi rakam misning, undan keyingi sonlar esa tegishli elementlarning % xisobidagi urtacha mikdorini kursatadi.
Latunlarga kushiladigan asosiy legirlovchi ele¬mentlar ruscha nomlarining birinchi Harflari buyicha ifodalanadi; kalay—O, rux—TS, Qo’rgoshin—S, temir— J, marganets—Mts, nikelь—11, kremniy—K, alyumi¬niy—A va xokazo. Masalan, maxsus latun qotishmalaridan LMts 58—2 navdagi (markadagi) Mts marganetsni, 58 razami mis mikdorini, 2 esa marganets mikdo¬rini bildiradi, tsolgani (umumiysn 100% bo’lishp ke rak), ya’ni 40 protsent rux bo’ladi.
Latun markasining oxirida L xarfi bo’lsa, uning kuymabop latun ekan-lignni bildiradi, masalan LK 80-ZL, LAJ 0-1-1L va xokazo. Markasining oxirida L xarfi bulmagan latunlar derformatsnyabop latunlardir.
Kuymabop latunlardan sanitariya-texnik sistemalar uchuy turli armaturalar, kranlar, aralashtirgichlar, podshipnik vtulkalari, korroziyabardosh detalь va boshkalar kuyiladi.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin