Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


Alyuminiy oksidlaridan alyuminiy olish



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə42/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   157
6,20 mavzulr slayd

Alyuminiy oksidlaridan alyuminiy olish
Alyuminiy oksididan alyuminiy elektroliz yo’li bilan olinadi. Jarayonni boshqarish uchun elektrolizyorga 94–90 % kriolit, 6–-10 % giltuproq kiritilib, tok zanjiriga ulanadi. Bunda zanjirdan 4–10 V li 7500–15000 A tok o’tadi va elektrolit 950–1000°C haroratgacha qizib suyuqlanadi.
Katodga borib alyuminiy kationlari zaryadsizlanadi va vanna tubiga suyuq alyuminiy yig’iladi. Yig’ilayotgan alyuminiy har 3–4 sutkada chiqarib turiladi.
O’rtacha 1 tn alyuminiy olish uchun 2 tn alyuminiy oksidi, 0,1 tn kriolit, 0,6 tn anod massasi va 17000–18000 kVT/soat energiya sarflanadi.
Davlat standartlariga ko’ra ishlab chiqarilayotgan alyuminiylar uch guruhga ajratiladi:

  • I guruhga juda sof alyuminiy kiradi, sofligi 99,999 % dan kam bo’lmaydi va A–999 ko’rinishda markalanadi;

  • II guruhga sof alyuminiy kiradi va A–995, A–99, A–97, A–95 ko’rinishda markalanadi;

  • III guruhga texnik sof alyuminiy kiradi va A–85, A–8, A–7, A–6, A–5, A–0, A–E va A ko’rinishda markalanadi.

A markali alyuminiyda qo’shimchalar miqdori 1 % gacha yetadi.
Alyuminiy qotishmalari. Alyuminiyni Cu, Si, Mg, Mn va boshqa elementlar bilan hosil qilgan birikmalari alyuminiy qotishmalari deyiladi. Alyuminiy qotishmalari puxtalik, texnologik xossalarining yaxshiligi, korroziyabardoshlik, texnik ishlovga moyillik kabi o’ziga xos xossalarga ega. SHu bois ular mashinasozlik, samolyotsozlik, aloqa (radiotexnika, EHM, kompyuter va ofis jihozlari va shu kabilar) va energetika (kabelь ishlab chiqarish) sanoatlarida ko’p ishlatiladi.
Kimyoviy tarkibiga qarab alyuminiy qotishmalari duralyuminiy, avial va siluminlarga ajratiladi.
Magniy va uning qotishmalari
Magniy yengil metall hisoblanib, 650°C haroratda suyuqlanadi, uning solishtirma og’irligi 1,77 g/cm3 ga teng.
Asosiy magniy rudalariga quyidagi birikmalar kiradi:

  • magnezit;

  • dolomit;

  • karnallit;

  • bishofit.

Magnezit minerali MgCO2 tarkibli qo’sh mineral bo’lib, uning 28,8 % Mg qolgani esa Si, Fe, Al, Sa oksidlari bo’ladi. Magnezitning yirik konlari Ural va boshqa joylarda bor.
Dolomit minerali MgCO3 SaSO3 tarkibli qo’sh karbonat bo’lib, uning tarkibida 13,5% Mg bor. Bundan tashqari, kvarts, kalsit gips va boshqa qo’shimchalar ham uchraydi. Dolomitning yirik konlari Ural, Ukraina va boshqa joylarda mavjud.
Karnallit minerali MgClKC16N2O magniy va kaliyning suvli xloridi bo’lib, 8,8 % Mg va boshqa qo’shimchalardan iborat. Karnallitning yirik konlari Ural va boshqa joylarda bor.
Bishofit minerali MgC16N2O magniyning suvli xloridi bo’lib, uning tarkibida 12 % Mg bor. Bu birikmalarda ham turli qo’shimchalar mavjud. U dengiz va ko’llarda uchraydi.
Rudalardan magniy olishda elektroliz va termik usullardan foydalaniladi.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin