O’ta o’tkazgichlar (sverxprovodniki) Ba’zi metallar (30 xil elementlar) va qotishmalar (10000 xil) absalyut nolь haroratiga yaqin haroratda o’ta o’tkazgich holatiga o’tadilar.
Bunda nisbiy elektroqarshilik yo’q hisobida bo’ladi: =10-25Om*m. (O’tkazgichlarda eng kam qarshilik =10-15 Om*m)
Materialning o’ta o’tkazgich xolatiga uning xaroratiga (Tkr), fizik xossalariga, materialning tozaligiga,kristallik panjarasining nuqsonlik darajasiga bog’liq.
Eng ko’p tarqalgan o’ta o’tkazgich qotishmalariga quyidagilar kiradi: Nb-Zr; Nb-Ti; V-Ti;Ta-Ti. Markalanishi:65BTva 35BT(gost 10994-74).65BT da 22-26% Ti, 63-68% Nb va 8,5-11,5% Zr bor.Tkr=9,7K(-263,3ºS). 35BT da 60-64% Ti, 33,5-36,5% Nb, 1,7-4,3% Zr bor.
8.1.2. Radiattsiyaga chidamli (bardoshli) materiallar. Nur ta’sirida materiallarda struktura o’zgarishlari bo’ladi va material xossalarini (ayniqsa ishlatish vaqtida) nomaqul o’zgarishlarga olib keladi. Eng ko’proq ta’sir qiladigani neytron nurlaridir.
Radiatsiyaga chidamlilik (bardoshlik) bu-material struktura va xossalarini nurlanish sharoitida turg’unligidir. Nurlanish ta’sirida xosil bo’lgan struktura o’zgarishlari mexanik xossalarga va korrozion turg’unlikka ta’sir qiladi.
Nurlanish nuqtaviy va chizig’iy nuqsonlarni xosil bo’lishiga olib keladi. Nurlanayotgan material atomlari o’z o’rnilaridan surilib, tugunlar orasiga joylashib vakansiya nuqsonini xam xosil qiladilar. Bitta zarracha keltirib chiqargan vakansiyalar soni uni ko’rinishiga va energiyasiga bog’liq va yana nurlanayotgan material xossalariga bog’liq.
Ba’zi materiallarda yadro reaksiyalari o’tib gazsimon mahsulot ajraladi.
Nurlanishni rekristallanish xaroratidan pastda olib borilsa, bunga past xaroratli nurlanish deyiladi. Bunda struktura o’zgarishlari va metall xamda qotishmalarning mexanik xossalari, xuddi sovuq deformatsiya natijalariga o’xshaydi: ya’ni material puxtalanadi,lekin plastikligini yo’qotmaydi. Uglerodli po’latlar eng katta mustaxkamlikka ega,200Sda neytron nurlari oqimi φ=2×1023m-2 bo’lsa. Agar φ=3×1023m-2 bo’lsa, po’lat eng katta puxtalanadi.
Yuqori haroratli nurlanishda-rekristallanish haroratidan yuqori haroratda radiatsion normallash jarayoni o’tadi: materialni strukturalari va mexanik xossalari tiklanadi. Perlitli po’latlarni 250-450ºCda nurlatganda xossalari kam o’zgaradi, 450ºCdan yuqorida amalda o’zgarmaydi. Austenitli po’latlar 600ºCda turg’un. Alyuminiy va magniyni rekristallanish xarorati past. Ular 150ºCdan yuqorida radiatsiyaga bardoshli, alyuminiy plastikligi o’zgarmaydi, mustaxkamligi xatto ortadi xam.
Yuqori haroratli katta oqimli neytronlar bilan nurlanganda,ba’zi metallar (austenitli-xromli po’latlar va qotishmalar, Ni,Mo,Ti,Zr,Be asosidagi qotishmalar) ishadilar (“Raspuxanie”). Berilliy 800-900ºCda neytron potok φ=1024m-2 bilan nurlanganda xajmi 3-5% ga ortadi, austenitli po’lat 450ºCda oqim φ=1027m-2 bilan nurlanganda xajmi 10%ga ortadi.