Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə54/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157
6,20 mavzulr slayd

Nazora savollari:



  1. Qattiq qotishmalar necha gruxga bo’linadi?

  2. Mineralokeramik materiallarga misollar keltiring.

  3. Metallokeramik materiallar ni tushintirib bering.

  4. Metallokeramik qattiq qotishmalarga nimalar kiradi?

  5. Quyma qattiq qotishmalar qanday olinadi?

  6. Uglerodli asbobsozlik po’latlarining markalanishi.

12- mavzu. Kompozitsion materiallar haqida umumiy ma’lumotlar
Reja:



  1. Kompozitsion materiallar.

  2. Dispers to’ldirgichli kompozitlar.

  3. Yirik zarrali to’ldirgichli kompozitlar

  4. Tolalar uzunligining ta’siri.



Tayanch iboralar: kompozitsion materiallar, noyob xossali materiallar, matritsa, faza, mayda zarra, yirik zarra, tola, qisqa tola, uzun tala.

Kompozitsion materiallar haqida dastlabki ma’lumot. Kompozitsion materiallarning mashinasozlikdagi ahamiyati. Kompozitsion materiallar turlari, umumiy xossalari hamda qo’llanilishi haqida ma’lumotlar.


20-chi asrning o’rtalaridan boshlab turli texnologiyalarda noyob xossalarni mujassamlagan materiallar zarur bo’ldi, buni esa ananaviy metall qotishmalar, keramika va polimerlarni qo’llaganda ta’minlab berolmayapti. Xaqiqatda, yuqori mustaxkamlikga ega materiallarni solishtirma og’irligi yuqori, mustaxkamlik va bikirlikni o’sishi esa zarbiy qovushqoqlikni pasaytiradi. Materiallarni talab qilingan turli xossalarini mujassamlash va imkoniyatlarini kengaytirish kompozitsion materiallarni (kompozitlarni) qo’llash bilan erishiladi1. Mujassam ta’sir etish printsipiga binoan xossalarni eng yaxshi birligi ikki va undan ko’proq materiallarni birlashtirish bilan erishiladi. Xarhil materiallarnibirlashtirishdan foyda turli kompozion materiallarni yaratish bilan erishiladi. Quyida turli tipdagi kompozitlar ko’rib chiqiladi, xususan, ko’p fazali metall qotishmalar, keramika va polimerlar. Masalan, perlitli po’latlar almashib turadigan α – ferrit va tsementitdan iborat mikrostrukturaga ega. Ferrit fazasi yumshoq va plastiklikga ega, tsementit – bikir va juda mo’rt. Perlitli po’latlarda erishiladigan xossalar (yuqori plastiklik va mustaxkamlik), tashkil etuvchi komponentlar xossalaridan ustundir.
Kompozion materiallarni tabiatda ham uchraydi. Masalan, daraxt mustaxkam va qayishqoq tselyuloza tolalaridan tashkil topgan, ular esa ligin deb nomlanadigan yumshoq muhit bilan birlashtirib bog’lab turiladi. Suyaklar ham mustaxkam, lekin deyarli yumshoq kollagen va qattiq mo’rt mineral moddadan tashkil topgan kompozitlardir.
Bu bobning anglatishicha kompozit deb tabiy usulda emas, balki sun’iy yaratilgan material tushuniladi. Undan tashqari, kompozitdagi alohida fazalar aniq ajralib turgan fazalar aro qatlam bilan chegaralangan mutlaqo xar hil materiallardir. SHunday qilib, ko’pchilik metall qotishmalar va keramika bu ta’rifga ta’luqli emas, chunki ulardagi ko’p fazali struktura tabiy holda xosil bo’ladi.
Olimlar va muxandislarni kompozitlarni yaratishdagi xarakatlari metall, keramika va polimerlarni sun’iy ravishda birlashtirib ekstraordinar xossali yangi avlod materiallarini yaratishga qaratilgan.
Aksariyat hollarda kompozitlarni olishdan maqsad asosiy mexanik xossalarni mujassamligini yaxshilash – xona va yuqori haroratlarda bikirlik, zarbiy qovushqoqlik, mustaxkamlikni.
Ko’pchilik kompozion materiallar ikki fazadan tashkil topgan. Ulardan biri matritsa deb nomlanadi, ikkinchisi dispers faza.Kompozitlarni xossalari ularni tashkil etuvchi komponetlar xossalariga, ularning nisbiy miqdoriga va dispers fazaning geometriyasiga bog’liq. “Dispers fazaning geometriyasi” deganda zarralar shakli, o’lchami, hajmdagi taqsimlanishi va fazodagi orintatsiyasi nazarda tutiladi. Ayrim dispers fazalar geometriyasining variantlari rasmlarda keltirilgan.






Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin