Miqdoriy analizdagi xatolar Miqdoriy analizdagi xatolar o’z harakteriga ko’ra:
1) sistematik xatolar
2) tasodifiy xatolar
3) qo’pol xatolarga bo’linadi.
1. Sistematik xatolar deb, kattaligi doimiy bo’lgan yoki ma’lum qonun bo’yicha o’zgaradigan xatolarga aytiladi. Sistematik xatolarni oldindan nazarda tutish va ularni yo’qotish, yoki tegishli tuzatishlar kiritish mumkin. Sistematik xatolarni quyidagi turlari mavjud.
a) Uslubiy xatolar. Bu xatolar qo’llanilayotgan analiz usuli hususiyatlariga bog’liq. Masalan: reaktsiyani miqdoriy jihatdan to’la bormasligi, cho’kmani qisman eruvchanligi, cho’kma bilan birga qo’shimcha begona ionlarning cho’kishi, cho’kmani parchalanishi, moddaning gigroskopik ekanligi va hokazo.
b) Ishlatilayotgan asbob va reaktivlarga bog’liq bo’lgan xatolar. Tarozi elkalarini teng emasligi, hajmi aniq o’lchovli idishlarning tekshirilmaganligi, tekshirilayotgan eritmaga begona qo’shimchalarning tushib qolishi va boshqalar.
v) Individual xatolar. Bu xatolar analitikning shahsiy hususiyatlariga bog’liq bo’lgan xatolar. Masalan: eritma rangining o’zgarish paytini aniq seza bilmasligi, tarozi yoki byuretka shkalasidan to’g’ri raqamni bilib olmasligi va hokazo.
2. Tasodifiy xatolar. Kelib chiqishi ma’lum bir qonuniyatga asoslanmay, kattaligi va ishorasi noma’lum bo’lgan xatolar tasodifiy xatolar deb aytiladi. Tasodifiy xatolar analitikning o’ziga bog’liq bo’lmagan tashqi omillar ta’sirida (haroratning o’zgarishi, havo namligini o’zgarishi, havoning iflosligi, honaning etarli darajada yoritilmaganligi, binoning tebranishi va hokazolar) sodir bo’ladi. Sistematik hotolardan farqli ravishda tasodifiy xatolarni biror tuzatma kiritish yo’li bilan yo’qotib bo’lmaydi. Faqat parallel aniqlashlar olib borish bilan tasodifiy xatoni kamaytirish mumkin.8 Qo’pol xatolar. Bunday xatolar jumlasiga torozida noto’g’ri tortish, byuretka shkalasi bo’yicha noto’g’ri hisoblash.
Miqdoriy aniqlashlarda yo’l qo’yilgan xatolarni quyidagicha ifodalash mumkin.
Absolyut xato. Aniqlanayotgan kattalikning haqiqiy miqdori bilan olingan natija o’rtasidagi farqning absolyut birliklarda ifodalangan qiymati absolyut xato deyiladi. Masalan: BaCl2 2H2O tarkibida 14,75% kristallizatsiya suvi borligi aniqlangan, haqiqatda BaCl2 2H2O tarkibida 14,70% kristallangan suvi bor. Demak, aniqlashning absolyut xatosi (D)
D = 14,70 - 14,75 = - 0,05% Nisbiy xato. Absolyut xatoning aniqlanayotgan kattalikka nisbati, nisbiy xato deyiladi va % da ifodalanadi.
ga teng