Mikell P.Groover., Fundamentals of Modern Manufacturing Materials, Processes, and Equipment John Wiley and Sons inc USA 2010
7.Amaliy mashg’ulot Temir-uglerod qotishmalarning xossalarini o’rganish. Atom strukturasi va qattiq jismlardagi bog’lanishlar. Ishdan maqsad: Fe-Cholat diagrammasini o’rganish, ikki qotishma uchun sovish egri chizig’ini chizib, ularda sodir bo’ladigan strukturali o’zgarishlarni va berilgan haroratda fazalarning miqdoriy nisbatini aniqlsh. Masalani qo’yilishi: fe-c holati diagrammasi asosida fazalar miqdorini aniqlash. Kerakli jihozlar: Laboratoriya ishi bajarishda asbob-uskuna va namunalarga xojat yo’q. Bu laboratoriya ishi ishi aqliy mashg’ulotdir. Ishni bajarish uchun namuna: Ma’lumki Fe-C holatdiagrammasi-harorat va uglerod miqdoriga qarab qotishmalarning holatini ko’rsatuvchi grafikdir.Grafikdagi chiziqlar qotishmadagi fazalarni doirasini oblastini chegaralaydi.
Faza-bu qotishmaning bir jismi bo’lib qolgan qismdan chegara sirtlari bilan chegaralanadi va undan o’tganda moddaning kimyoviy tarkibi tuzilishi va xossasi keskin o’zgaradi. Masalan, qattiq va suyuq faza.Demak, holat diagrammasidagi chiziqlar fazaviy o’zgarishlarning kritik nuqtasidir.15