Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə90/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   157
6,20 mavzulr slayd

1.2. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlarini o’tkazishda quyidagi didaktik tamoyillarga amal qilinadi:
amaliy mashg’ulotlarining maqsadini aniq belgilab olish;
o’qituvchining innovatsion pedagogik faoliyati bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uyg’otish;
talabada natijani mustaqil ravishda qo’lga kiritish imkoniyatini ta’minlash;
talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash;
amaliy mashg’ulotlari nafaqat aniq mavzu bo’yicha bilimlarni yakunlash, balki talabalarni tarbiyalash manbai hamdir.
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
1.“Materialshunoslik” kafedrasining moddiy-texnika bazasi bilan tanishish.
2. 60720600- Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi davlat ta’lim standarti bilan amaliy jihatdan tanishish.
3. 60720600- Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo’nalishi o’quv rejalari bilan amaliy jihatdan tanishish.
4. 60720600- Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi bakalavriat ta’lim yo’nalishida o’qitiladigan kafedra fanlarining namunaviy va ishchi dasturlari bilan amaliy jihatdan tanishish.
5. Metallar va ularning turlari bilan amaliy jihatdan qo’llanilishini o’rganish.
6. Nometall materiallar va ularning turlari bilan amaliy jihatdan qo’llanilishini o’rganish.
7. Temir-uglerod qotishmalarning xossalarini o’rganish.
8. CHo’yanlar va ularning turlarini o’rganish.
9. Po’latlar va ularning turlarini o’rganish.
10. Rangli metallar va qotishmalar turlarini o’rganish.
11. Nometall materiallar va ularni turlarini o’rganish.
12. Asbobsozlik materiallar va ularning turlarini o’rganish.
13. Qattiqlik o’lchovchi priborlar bilan tanishish.
14. Turli xil mikroskoplarni tuzilishi bilan tanishish.
15. Materialshunoslikda qo’llaniladigan pechlar bilan tanishish. Uglerodli po’latlarning termik ishlashining ular tuzilishiga va mexanik xossalariga ta’siri.
16. Materiallarni tadqiqot qilish usullarini o’rganish.
17. Materiallarni yeyilishini o’rganish.
18. Metallarni korroziyasini o’rganish.

Amaliy mashg’ulotlar mulьtimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi lozim. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.





Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin