Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi



Yüklə 3,96 Mb.
səhifə99/157
tarix28.12.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#201032
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   157
6,20 mavzulr slayd

Nomlanishia

Tarkibi %, massadab

AISI/SAE yoki ASTM raqami

UNS bo’yicha belgilanishi

Uglerod

Marganets

Qolganlar

Qora metallar (kam uglerodli po’latlar)

1010

G10100

0,10

0,45




1020

G10200

0,20

0,45




A36

K02600

0,29

1,00

0,20 Cu (min)

A516, turi 70

K02700

0,31

1,00

0,25 Si

Yuqori mustaxkamli kam uglerodli po’latlar

A440

K12810

0,28

1,35

0,30 Si (max)
0,20 Cu (min)

A633, turi Ye

K12002

0,22

1,35

0,30 Si. 0,08 V.
0,02 N. 0,03 Nb.

A656, turi I

K11804

0,18

1,60

0,60 Si. 0,1 V.
0,20 Al. 0,015 N.

Izoh: a – (AISI) Amerika temir va po’lat instituti, (SAE) Avtomobil sanoatining injenerlar uyushmasi, (ASTM) Amerika materiallarni sinash uyushmasi, bundan tashqari (UNS) yagona belgilar sistemasi ham qo’llaniladi.
b – bundan tashqari material tarkibida R - 0,04%,S - 0,05%, Si 0,30% bo’ladi.


9.1 b. Jadval. Ko’p qo’llaniladigan qora va o’tachidamli kamuglerodli po’latlarning mexanik tavsiflari.

AISI/SAE yoki ASTM raqami

Mustaxkamlik chegarasi, MPa (kfunt/dyuym2)

Oquvchanlik chegarasi, MPa (kfunt/dyuym2)

Plastikligi, %EL (50 mm asosga 2 dyuym)

Asosiy qo’llaniladigan sohalari

Qora metallar (kam uglerodli po’latlar)

1010

325 (47)

180 (26)

28

Avtomobil kuzovi detallari, mixlar, simlar

1020

380 (55)

210 (30)

25

Quvurlar, konstruktsiyalar, po’lat listlar

A36

400 (58)

220 (32)

23

(ko’prik va bino) konstruktsiyalari

A516, turi 70

485 (70)

260 (38)

21

Past haroratda va bosim ostida ishlovchi idishlar

Yuqori mustaxkamli kam uglerodli po’latlar

A440

435 (63)

290 (42)

21

Boltlar yoki parchinlar bilan birlashtiriladigan konstruktsiyalar

A633, turi Ye

520 (75)

380 (55)

23

Past haroratda ishlovchi konstruktsiyalar

A656, turi I

655 (95)

552 (80)

15

Traktor korpuslari va temiryo’l vagonlari

Qora metallarning tarkibi va mexanik xossalari 9.1 a va b jadvalida keltirilgan.


Ushbu materiallarning mexanik xossalari asosan quyidagi oraliqlarda bo’ladi: oquvchanlik chegarasi 275 MPa (40000 funt/dyuym2), mustaxkamlik chegarasi – 415 dan 550 Mpa gacha (60000 – 80000 funt/dyuym2), plastikligi – 25%EL.


O’rta uglerodli po’latlar
Bu guruhdagi po’latlar tarkibida 0,25 dan 0,6 % gacha uglerod bo’ladi. Bu po’latlarning mexanik xossalarini termik ishlash yo’li bilan oshirish mumkin, toblash va bo’shatish orqali strukturasini austenit shakliga keltirish mumkin. Ular doim bo’shatish amali bajarilgandan so’ng ishlatiladi, bunda ulurning strukturasi bo’shatilgan martensitdan tashkil topadi. Qora o’rta uglerodli po’latlar termik ishlash orqali mustaxkamlanishi mumkin va juda tez sovutish orqali toblanib mustaxkam qatlam xosil qila oladi, biroq qatlam qalinligi unchalik yuqori emas.
Bu po’latlarga xrom, nikel va molibden qo’shilishi oqibatida ular, termik ishlovga moyil bo’la boshlaydi, buning natijasida ulardan turli mustaxkamlikka va plastiklikka ega materiallar tayyorlash mumkin bo’ladi.
Bu guruh materiallari temiryo’l g’ildiraklari, traktorlar, tishli g’ildiraklar, tirsakli vallar va yuqori mustahkamlikni, yeyilishbardoshlikni, zarbiy qovushoqlikni talab qiluvchi turli mashina qurilmalarini yasashda qo’llaniladi.
Bu guruhga tegishli bir nechta materiallarning tarkibi 9.2.a jadvalda keltirilgan.
Bu yerda qotishmalarning nomlanish printsipiga biroz sharx berish lozim. Po’lat va boshqa qotishmalarning klassifikatsiyasi va spetsifikatsiyasi uchun javobgarligi (AISI) Amerika temir va po’lat institutiga, (SAE) Avtomobil sanoatining injenerlar uyushmasiga, (ASTM) Amerika materiallarni sinash uyushmasiga yuklatilgan1. 1Hozirgi vaqtga qadar standartashtirish bo’yicha xalqaro tashkilotlar yagona po’lat markalarining tizimini yaratmagan. SHuning uchun bu yerda po’latlarni markalash borasida Rossiyaning printsiplari bilan tanishib o’tamiz. Bu tizim anchagina qiyin, shuning uchun quyida namunalar keltirilmadi. Legirlanmagan konstruktsion po’latlar GOST 380-94, legirlanganlari esa GOST 4543-71 standartlari bo’yicha belgilanadi.
Po’latlarni markalashda Rossiya harfli-belgilar sistemasidan foydalanadi. Legirlovchi elementlar rus alfavitining xarflari bilan belgilanadi: X – xrom, N – nikel, V – volfram, M – molibden, F – vanadiy, T – titan, Yu – alyuminiy, D – mis, G – marganets, S – kremniy, K – kobalt, TS – tsirkoniy, R – bor, B – niobiy. A xarfi marka o’rtasida kelsa tarkibida azot borligini, agarda oxirida kelsa po’latning yuqori sifatli ekanligini bildiradi.

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   157




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin