“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


BADIIY MATN VA UNI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə48/80
tarix14.06.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#130040
növüУчебное пособие
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80
MATNLINGVISTIKASI (1)

BADIIY MATN VA UNI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR


Badiiy matn badiiy asar mazmunini ifodalagan, funksional jihatdan tugallangan, tilning tasvir imkoniyatlari asosida shakllangan, o‘zida turli uslub ko‘rinishlarini muallif ixtiyoriga ko‘ra erkin jamlay oladigan, kishilarga estetik zavq berish xususiyatiga ega bo‘lgan g‘oyat murakkab butunlik hisoblanadi. Badiiy matnda boshqa uslub matnlarida bo‘lganidek qat’iy mantiq, soddalik, tushunarlilik, normativlik kabi qonuniyatlarga to‘la-to‘kis amal qilinavermaydi. Unda badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalaniladi. Ta’sirchanlik birinchi planga ko‘tariladi. Ohangdor, jozibador so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi. Tasvirlanayotgan voqelikda uyg‘un bir musiqa, ichki bir garmoniya sezilib turadi. Insonni ruhan to‘lqinlantirish, yig‘latish, kuldirish, xayolot olamiga etaklash, o‘yga cho‘mdirish, estetik tafakkurini shakllantirish, voqea-hodisalarga teran, boshqacha nazar bilan boqishga o‘rgatish kabi ko‘plab imkoniyatlarni o‘zida mujassam qilgan. Badiiy matn, ma’lumki, badiiy uslub talablari, qoliplari asosida shakllantiriladi, shuning uchun unda poetik, romantik, tantanavor ifoda shakllaridan keng foydalaniladi. So‘zlarning tanlanishi, gap tuzilishi, leksik – semantik, ritmik – intonatsion birliklarning qo‘llanishi ham mazkur uslub talablaridan kelib chiqadi. Badiiy matnning lisoniy xususiyatlaridan eng muhimi ham shundaki, unda emotsional bo‘yoqdor so‘zlarga, sheva so‘zlariga, tarixiy va arxaik so‘zlarga, jargon va argolarga, ko‘chma ma’noli so‘zlarga, ma’nodosh, shakldosh, o‘xshash talaffuzli va zid ma’noli so‘zlarga, shuningdek ibora, maqol-matal va aforizm kabi birliklarga keng o‘rin beriladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday matn o‘ziga xos sistemadir. Buni o‘zaro bir-birini taqozo qiladigan halqalar majmuiga o‘xshatish mumkin: tovush(harf)lar → so‘zlar → iboralar → gaplar → abzats → bo‘lim, qism, boblar.
Matn tarkibidagi bu uzvlarning o‘zaro munosabati gapdagi so‘zlarning bir-biri bilan bo‘lgan munosabatiga o‘xshaydi. Lekin matnning tarkiblanishi gapdagi tarkiblanishdan tubdan farq qiladi. Gapning sintaktik qolipi turg‘unlashgan, asrlar davomida shakllangan, hamma uchun qulay foydalaniladigan va deyarli o‘zgarmas bo‘ladi. So‘zlovchi yoki muallif o‘z niyatiga ko‘ra mazkur qoliplardan ixtiyoriy ravishda foydalanaveradi. Matndagi holat bundan boshqacharoq. Matnda so‘zlar orasidagi munosabatdan ko‘ra gaplar o‘rtasidagi aloqadorlik muhim hisoblanadi. Agar gaplararo ham mazmunan ham shaklan aloqadorlik mavjud bo‘lmasa, matn butunligi haqida ham gapirish mumkin emas. Badiiy matndagi kompozitsion butunlik tushunchasi makon va zamon muvofiqligi, ifoda va qolip uyg‘unligi, hamda motivatsion yaxlitlik tushunchalari bilan uzviy bog‘liq. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida bunday bog‘liqliklarga alohida e’tibor qaratish lozim.
Voqelikni badiiy idrok etish va uni ifodalashning asosiy vositasi badiiy uslub hisoblanadi. Badiiy uslub insonning fe’l-atvorini, uning ichki dunyosini, ruhiy holatlarini, tabiatdagi turli voqea – hodisalarni tugal, butun murakkabligi bilan ifodalash imkoniyatini o‘zida mujassam qilganligi bilan ham diqqatga sazovordir. Badiiy nutq uslubining eng xarakterli xususiyati tasviriylik va emotsionallik hisoblanadi. Agar ilmiy uslub umumlashgan tushunchalarni qat’iy qolipga solingan, maxsus terminlar va formulalar bilan anglatsa, badiiy uslub o‘z zahirasidagi so‘zlar yordamida inson qalbi va tabiatining eng nozik nuqtalarigacha tasvirlash imkoniyatiga ega. Badiiy uslubda muallif asarning estetik ta’sirini kuchaytirish maqsadida tilning tasviriy vositalaridan unumli va ijodiy foydalanadi, shuningdek, o‘zi ham yangi so‘z va ifoda shakllarini yaratadi. Shuning uchun ham bu uslubda yozuvchilar mavjud so‘zlarni ishlatish bilangina chegaralanib qolishmaydi. Mahoratli yozuvchilar uchun mavjud tildagi so‘z zahirasi har doim cheklangan imkoniyat hisoblanadi. O‘zlari yangidan-yangi individual so‘z va iboralar ijod qilish payida bo‘lishadi. Badiiy nutqda til betakror qiyofa, fe’l-atvor, voqelikka mos manzara yaratishga, yuksak obrazlilikni namoyon qilishga xizmat qiladi. Boshqa uslub materiallari badiiy nutqda muallif maqsadiga binoan erkin holda ishlatilishi mumkin. Bu uslubda har bir yozuvchi voqelikni badiiy idrok etish ko‘lami, ijodiy salohiyati, ifoda mahorati, matnni kompozitsion shakllantirish tarziga qarab bir-biridan farqlanadi. Shunga ko‘ra, badiiy nutq uslubi boshqalariga qaraganda keng imkoniyatlarga ega, o‘ta qamrovdor va tasviriy ifoda vositalariga boy nutq ko‘rinishi hisoblanadi. Badiiy matn badiiy nutq uslubida yaratiladi.
«Badiiy nutq asar ichida muallif tomonidan qay tarzda hikoyalanishiga qarab yozuvchining fikrlash doirasi, yozish uslubi, falsafiy mushohadasi haqida tasavvur hosil qilamiz. Muallif bayon jilovini badiiy-estetik niyatga ko‘ra goh o‘z qo‘lida ushlab turadi, goh personajlar qo‘liga tutqazadi, goh o‘zga hikoyachiga topshiradi. Natijada kitobxonni zeriktirmaydigan, realizmning mundarijasini kengaytira oladigan ko‘pqirrali tasvir-hikoya nutqi – polifonik nutq paydo bo‘ladi».170 Badiiy asar matnida muallif nutqi va qahramonlar nutqi farqlanadi. Qahramonlar nutqi ichki yoki tashqi, dialogik yoki monologik nutq ko‘rinishlarida bo‘ladi. Muallif nutqi badiiy asar tilining muhim qismi hisoblanadi. Unda qahramonlarga, voqelikka nisbatan yozuvchi munosabati ifodalangan bo‘ladi. Muallif nutqi ikki xilda ifodalanadi:

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin