“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Parsellyasiyaning yondosh hodisalardan farqi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə23/80
tarix14.06.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#130040
növüУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80
MATNLINGVISTIKASI (1)

Parsellyasiyaning yondosh hodisalardan farqi


Parsellyasiya va ilova konstruksiyalar bir qator o‘xshashliklarga ega bo‘lsa-da (xususan, har ikkisi ham asosiy gapdan keyin joylashadi, asosiy gapdan intonatsion ajratiladi va h.k.), ularni alohida-alohida hodisalar sifatida baholashga asos bo‘ladigan jiddiy farqlar mavjud: 1) parsellyativ konstruksiyalarda parsellyat hamisha alohida kommunikativ birlik maqomida bo‘ladi, ilovali konstruksiyalarda esa ilovaning kommunikativ birlik maqomida bo‘lishi shart emas, shuning uchun ham parsellyat asosiy gapdan hamma vaqt final tinish belgilari bilan ajratiladi, ilova esa asosiy gapdan final va nofinal tinish belgilari bilan ajratilaveradi; 2) parsellyasiya gapning funksional tomoniga, dinamik strukturasiga xos hodisa, ilova esa gapning statik strukturasiga xos hodisadir; 3) parsellyativ konstruksiyani leksik-grammatik tarkibni o‘zgartirmagan holda deparsellyasiyalash mumkin, ilova esa asosiy gap ichiga konstruksiyaning leksik-grammatik tarkibini o‘zgartirmagan holda kira olmaydi; 4) parsellyasiyada mavjud ma’lumotning muhim qismi ajratiladi, ilovada esa qo‘shimcha ma’lumot ifodasi ilova qilinadi; 5) parsellyasiyalangan va ilovali konstruksiyalardagi sintaktik jarayonlarning yo‘nalishi bir-biriga teskari: parsellyasiyadagi sintaktik jarayon harakati bazaviy gapdan o‘ngga yo‘nalgan, ilovali konstruksiyalarda esa sintaktik jarayon harakati bazaviy gap tomon, ya’ni chapga yo‘nalgan - markazga intilgan bo‘ladi.
Segmentatsiya ham, parsellyasiya ham ekspressiv sintaksisdagi o‘ziga xos usul bo‘lib, bir qator o‘xshashliklarga (har ikki hodisaning ham mohiyati yaxlit sintaktik butunlikni bo‘laklab, ikki yoki undan ortiq kommunikativ birlikka ajratishdan iborat; parsellyativ konstruksiya deparsellyasiyalana bilgani kabi segmentlangan konstruksiya ham desegmentatsiyalana oladi) ega, ammo ularni alohida-alohida hodisalar sifatida baholashga imkon beradigan farqlar mavjud: 1) segmentatsiya ta’kidlanmoqchi bo‘lgan bo‘lak (qism)ni asosiy gapning oldiga alohida kommunikativ birlik sifatida chiqarish, parsellyasiya esa ta’kidlanmoqchi bo‘lgan bo‘lak (qism)ni alohida kommunikativ birlik maqomida gapning oxiriga chiqarishdir; 2) segmentatsiya natijasida ajratilgan qism o‘zbek tilida asosiy hollarda atov gap maqomida bo‘ladi, parsellyasiya natijasida ajratilgan qism esa turli kommunikativ-sintaktik strukturali jumla bo‘lishi mumkin.
Parsellyasiya va parantezalar o‘rtasida ayrim o‘xshashliklar mavjud bo‘lsa-da, ularning shakllanish tamoyillari tamoman farqlidir, ya’ni parsellyasiyada mavjud gap ikki kommunikativ birlikka ajratiladi, biri gapdan tashqariga – gapning oxiriga chiqariladi, parantezada esa mavjud gap tarkibiga boshqa gap yoki nokommunikativ birlik kiritiladi. Parsellyat hamisha kommunikativ birlik bo‘lgani holda parantezaning hamisha ham kommunikativ birlik bo‘lishi shart emas.
Parsellyat kommunikativ birlik, ajratilgan bo‘lak esa mustaqil kommunikativ birlik emas. Ayni paytda ajratish gap strukturasining ichida, undan tashqariga chiqmaydi, parsellyasiya esa mohiyatan gapdan tashqariga chiqadi, ya’ni ajratilgan qism bazaviy gapdan tashqariga – gapning oxiriga chiqadi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin