“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə30/80
tarix14.06.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#130040
növüУчебное пособие
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
MATNLINGVISTIKASI (1)

Paronim so‘zlar

Paronimlar (para-yonida + onyma-nom) deb fonetik tarkibi boshqa-boshqa, talaffuzdagina o‘xshash, yaqin bo‘lib qolgan so‘zlarga aytiladi. Abzal (asli afzor-asbob, egar-jabduq) – afzal (lafz so‘zining ko‘pligi), xalos (ozod bo‘lish) – xolos (faqat), xush (yaxshi, yoqimli) – hush (insonning sezish, idrok etish qobiliyati). «Paronimlarga asoslangan uslubiy figura paronomaziya deb yuritiladi. Badiiy adabiyotda paronomaziyadan ifodalilik, ohangdorlikka erishish, komik effekt yaratish, so‘z o‘yini hosil qilish kabi maqsadlarda foydalaniladi». Badiiy adabiyotda o‘xshash so‘z (paronim)lar qahramonlar nutqini individuallashtirish, ularning ma’naviy hamda lisoniy saviyasini ko‘rsatish uchun ham ishlatiladi. Quyidagi parchada paronimlardan komik effekt yaratish maqsadida foydalanilgan. Qahrmon kompot (mevalardan tayyorlanadigan sharbat) va kompost (chiqindilardan achitib tayyorlanadigan organik o‘g‘it) paronim so‘zlarining ma’nosini bilmaganligi uchun kulgili vaziyatga tushadi: «Aylanib yurib to‘rtinchi brigada dalasida janjal ustidan chiqib qolibman. Bo‘lim boshlig‘i O‘rmon aka bilan brigadir Rahimjon aka nima to‘g‘risidadir qo‘llarini paxsa qilishib bahslashmoqda edi. Meni ko‘rishi bilan bo‘lim boshlig‘i:


- O‘rtoq agronom sizdan bir iltimosim bor,-deb qoldi.
- Agar malol kelmasa, mana bu Rahimjonga, uning a’zolariga kompost to‘g‘risida gapirib bersangiz. Bular haligacha hech narsa tushunmas ekan.
- Marhamat,-dedimda, u yoq-bu yoqqa qarab olgach, leksiya o‘qishga tushib ketdim:
- O‘rtoqlar, kompot juda foydali ichimlik, uni asosan mevadan tayyorlashadi. Mevalarning xili qanchalik ko‘p bo‘lsa, u shuncha shirin bo‘ladi. Bizning Farg‘ona tomonlarda kompotni o‘rik, shaftoliqoqi va olchaning qurug‘idan tayyorlashadi. Xullas, kompot ichmabsiz, dunyoga kelmabsiz... Gapimni tugatmasimdan o‘tirgan odamlar sharaqlab kulib yuborishdi. (X.To‘xtaboyev)
Said Ahmad o‘zining «Sinovchi uchuvchi» deb nomlangan hajviyasida ham o‘xshash talaffuzli so‘zlar vositasida paronamaziyani yuzaga keltirgan: Muxbir (mikrofonga). Aziz radio tinglovchilar! Har bir korxonaning mahsuloti sifatini aniqlaydigan o‘z sinovchilari bo‘ladi. Masalan: yangi samolyotni birinchi uchirib beradigan uchuvchini sinovchi-uchuvchi deydilar... Mana, qarshimizda turgan barvasta qomatli, qarashi burgut nigohini eslatadigan, butun vujudidan kuch-g‘ayrat, sadoqat, vafo sezilib turgan kishi mana shu zavodning sinovchi-ichuvchisidir...
Birinchi parchadagi paronamaziyada ikkita o‘xshash so‘zning qahramon tarafidan farqlanmasligi, ya’ni ikkita alohida so‘z ma’nolarining qorishtirilishi natijasida kulgili holat yuzaga kelgan. Ikkinchi parchadagi paronamaziyada esa qahramon kulgili vaziyatni yuzaga keltirish uchun atayin o‘xshash talaffuzli yangi konstruksiyani hosil qiladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin