“Матн лингвистикаси” фани бўйича ўқув қўлланма яратилмоқда


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə5/80
tarix14.06.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#130040
növüУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
MATNLINGVISTIKASI (1)

Nazorat uchun savol va topshiriqlar



  1. L.M.Losevaning matnga bergan ta’rifi qanday?

  2. I.R.Galperinning matnga bergan ta’rifi qanday?

  3. Z.Y.Turayevaning matnga bergan ta’rifi qanday?

  4. M.Hakimovning matnga bergan ta’rifi qanday?

  5. R.A.Karimovaning matnga bergan ta’rifi qanday?

  6. O.V.Dolgovaning matnga bergan ta’rifi qanday?

  7. Diskurs termini nimani anglatadi?

  8. O.L.Kamenskayaning matnga bergan ta’rifi qanday?

  9. Amerika tilshunoslari Kats va Fodor konsepsiyasiga ko‘ra matn nima?

  10. O‘zbek tilidagi matn muammolari bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlarning matnga bergan ta’rifi qanday?

  11. M.Yo‘ldoshevning matnga bergan ta’rifi qanday?



MATN BIRLIKLARI (KOMPONENTLARI)

Tabiiyki, har qanday butunlik kabi matn ham uni tarkib toptiruvchi unsurlardan, muayyan birliklardan iborat bo‘ladi. Tilshunoslikda qanday birliklar matnni shakllantirishi yoki matnni bo‘laklarga ajratganda qanday birliklar aynan matn birligi deb hisoblanishi borasida ancha-muncha munozaralar mavjud. Bir qarashda, matn birliklarini tayin etish, belgilash u qadar ham qiyin ish emasday tuyuladi. Ammo aslida unday emas, shuning uchun ham bu masalada matn lingvistikasi tadqiqotchilari orasida juda ko‘p va farqli qarashlar mavjud.


Biz matnga ta’rif berganda, ikki asosiy belgiga, ya’ni bog‘lanishlilik va yaxlitlikka alohida e’tibor berdik. Tabiiyki, bog‘lanishlilik va yaxlitlik gaplar o‘rtasida va gaplarning mazmuniy-grammatik birligi asosida yuzaga keladi. Deyarli barcha matn tadqiqotchilari bu ikki belgini hech vaqt nazardan qochirgan emas. Ayniqsa, g‘arb tilshunoslari tomonidan matnga berilgan ta’riflarda gaplarning ketma-ket bog‘lanishi, gaplar zanjiri matnda asosiy jihat ekanligi, busiz matn yuzaga kela olmasligi muntazam ta’kidlanadi. Masalan, golland tilshunosi S.Dik “gaplarning matniy zanjirida koordinatsiyaning oliy shakli”ni ko‘radi.71 Boshqacha qilib aytganda, mustaqil gaplarning oliy darajadagi koordinatsiyasi (albatta, muayyan axborotni ifodalash maqsadi bilan) mahsuli o‘laroq matn shakllanadi. Oliy darajadagi koordinatsiya, aniqki, ayni matn deyiladigan butunlik, yaxlitlikni paydo qiladigan gaplar o‘rtasidagi barcha jihatlardan, ya’ni semantik, sintaktik, kommunikativ, estetik va yana boshqa barcha jihatlardan uyg‘unlikdir, muvofiqlashuvdir. Gaplarning ana shunday o‘zaro uyg‘unligi, muvofiqlashuvining natijasi sifatida matn mavjud bo‘ladi. Ana shu bir-ikki mulohazadan kelib chiqib, matnning asosiy birligi gapdir degan xulosaga kelish mumkin. Ammo gapni matn birligi sifatida baholash tilshunoslikda u qadar keng tarqalgan emas. Aksincha, bu borada bahsli yondashuvlar anchagina.
Aksariyat tilshunoslar gapni matn birligi emas deb hisoblaydilar. Masalan, I.R.Galperin gap emas, balki bir qator gaplarni birlashtiradigan nisbatan yirik butunlik – frazadan katta butunlik matn birligi bo‘la olishini aytadi. U gap ana shunday butunlikda konstituent sifatida ishtirok etishini, frazadan katta butunlikning tarkibiy qismi bo‘lgan gap bir paytning o‘zida yaxlit matnning ham tarkibiy qismi bo‘la olmasligini ta’kidlaydi.
Ayni shu frazadan katta butunlikni matnning asosiy birligi sifatida baholash deyarli barcha tilshunosliklarda keng tarqalganligini ta’kidlash mumkin.
O‘zbek tilshunosligida ham mazkur tushunchani ifodalash uchun bir qator farqli terminlar qo‘llanmoqda. Masalan, A.Mamajonov dastlab “yirik sintaktik birlik”72 terminini qo‘llagan bo‘lsa, keyinroq muntazam ravishda “superfrazali sintaktik birlik”73 terminidan foydalanadi. Matnning stilistik muammolariga alohida e’tibor bilan qaragan I.Rasulov va H.Rustamovlar esa “murakkab sintaktik butunlik” terminini ma’qul ko‘radilar.74 O‘zbek matnidagi ana shunday birliklarni monografik tarzda tadqiq etgan M.Abdupattoyev “supersintaktik butunliklar” terminini qo‘llashni maqsadga muvofiq deb hisoblaydi.75 Biz ham hodisa mohiyatini anchayin to‘g‘ri va xolis aks ettiradigan atama sifatida ana shu “supersintaktik butunlik” terminini ma’qul ko‘ramiz.
M.Abdupattoyev mazkur nomzodlik dissertatsiyasida o‘zbek tilidagi matnda supersintaktik butunliklarning mohiyati, sintagmatik va semantik-uslubiy xususiyatlarini ilmiy asosli ravishda ko‘rsatib bergan. Shuni ham aytish kerakki, tadqiqotchi supersintaktik butunliklarning matn tarkibidagi chegaralarini belgilash, ularni ajratish prinsiplarini (semantik, grammatik va kompozitsion-stilistik) ishlab chiqqan. Shu asosda matndagi bir kichik mavzuning tugallanib, yangi bir mavzuga o‘tilishi supersintaktik butunlikning strukturasini belgilovchi omillardan biri ekanligini, bu butunlikni tashkil etuvchi nisbiy mustakil gaplar orasida mustahkam semantik-grammatik aloqa mavjudligini, ayni shu aloqa supersintaktik butunlikning semantik-struktural yaxlitligini ta’minlashini juda to‘g‘ri ta’kidlagan.
Tabiiyki, supersintaktik butunlikning shakllanishida gaplar ishtirok etadi, buni hech kim inkor etmaydi. Lekin ikki yoki undan ortiq gapning o‘zaro birikib, muayyan bir butunlikni shakllantirishi shunchaki bir oddiy jarayon emas, balki benihoya murakkab va serqatlam hodisadir. Ana shunday gaplar yig‘indisini yaxlitlashtiradigan bir qator omillar mavjud. Ayni shu masala borasida fikr yuritgan tadqiqotchilarning aksariyati (I.R.Galperin, O.I.Moskalskaya, Z.Y.Turayeva, L.M.Loseva, A.Mamajonov, M.To‘xsanov, M.Abdupattoyev va ko‘plab yana boshqalar) yagona kichik mavzuning mavjudligi, shu asosda gaplar mazmunining umumiyligi va o‘zaro uyg‘unligi, semantik-grammatik va kommunikativ yaxlitlik kabi jihatlarni ana shunday omillar sifatida qayd etadilar. Masalan, quyidagi parchada mazkur omillarning barchasi mavjud, shuning uchun ham uni alohida supersintaktik butunlik deyish mumkin: Kishi ortiqcha qo‘rqqanda gangib a’zosi harakatsiz va og‘riq holga tushadirkim, albatta, buni biz qattiq qo‘rqqandan deb bilamiz. Darhaqiqat, bizning qarshimizga yo‘lbars chiqsa, biz qattiq qo‘rqamiz, chunki bizni o‘lim kutadir, inson uchun dunyoda o‘limdan qo‘rqinch narsa yo‘q. Binoan alayhi biz bundagi qo‘rquvni tabiiy hisoblaymiz. Ammo qizig‘i shundakim, biznidunyo baxti kutganda, bizga saodat bashorati berilganda nega biz o‘lim kutgandagi holga tushamiz va uzviy tashkilotimiz birinchidagi holatni kechiradir (A.Qodiriy, “O‘tgan kunlar”).
Aytish mumkinki, supersintaktik butunliklarning matn birligi ekanligi haqida hech bir munozara yo‘q. Ular, shubhasiz, matning asosiy birligidir.
Ayrim tilshunoslar matnda supersintaktik butunliklar tarkibiga kirmaydigan yakka gaplar ham mavjudligini aytadilar va ularni “erkin” gaplar sifatida baholaydilar, shu asosda erkin gaplarni supersintaktik butunliklar qatorida matn birliklari deb hisoblaydilar. A.Mamajonov va M.Abdupattoyevlar ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydilar va o‘zbek tili matnidagi ana shunday erkin gaplarni tahlil qiladilar, Said Ahmadning “Ufq” romanidan olingan shunday misol beradilar:

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin