Matn lingvistikasi



Yüklə 386,98 Kb.
səhifə50/71
tarix29.11.2022
ölçüsü386,98 Kb.
#71108
növüУчебное пособие
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71
Matn lingvistikasi

Chin sevish
Hind ixtilolchilari turmushidan oling‘an
5 pardali ishqiy-hissiy fojiadir
Kimsalar:
Nuriddinxon – faylasuf tabiatli, 35 yashar o‘qumish(li) bir yigit (Hindning o‘rtaholli kishilaridandir).
Ahmadxon – 25 yashar o‘qumish(li) bir yigit (Nuriddinning inisi).
Sarvarxon – o‘qumish(li) bir yigit (Nuriddinning o‘rtog‘i).
Zulayho – 16 yashar, o‘qumish(li) bir qiz. (…)
Voqea Hindistonning Dehli shahrida
Birinchi parda
Erta bilan Uchmox ko‘runishli bir bog‘cha. O‘rtada bir uzun masoning tegrasinda o‘rinduqlar qo‘yulg‘an. Og‘och taginda qo‘yilg‘on bir o‘rindig‘da Zulayho qizil ipakli bir ko‘ylak bilan o‘tiribdir. Qo‘linda kichkina bir bitik (Fitrat).
O‘tkir Hoshimov kichik hajmli «Bolalik – poshsholik» deb ataladigan qatralarida ham remarka usulidan foydalanganligini ko‘rish mumkin:
Yulduz.Uch yashar.
- Nima eysan, Yulduz, nokmi, shokoladmi?
- Nokolad!
Jahongir. Olti yashar.
-Ayajon. Nega dadajonning sochlari yo‘q?
-Dadajoning ko‘p o‘ylaydilar-da, o‘g‘lim. Dadajon aqllilar!
-Bo‘lmasa, nega sizning sochingiz ko‘p?
-O‘chir ovozingni, zumrasha!
Nazorat uchun savol va topshiriqlar

1. Badiiy matn deb nimaga aytiladi?


2. Matnning tarkiblanishi va gapning tarkiblanishi o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik haqida ma’lumot bering.
3. Badiiy nutq uslubi deganda nimani tushunasiz?
4. Badiiy nutqning qanday ko‘rinishlari bor?
5. Muallif nutqi va qahramonlar nutqi qaysi xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi?
6. Dialogik va monologik nutq, ichki, tashqi va parallel nutq deganda nimani tushunasiz?
7. Remarka va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari haqida ma’lumot bering.
BADIIY MATNNI TAHLIL QILISH METODOLOGIYASI

Badiiy matnning lisoniy tahlili qilish metodologiyasi dialektik tafakkur qonuniyatlariga asoslanadi. Metodologiya so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib, metodos - yo‘l, usul va logos - ta’limot demakdir. Boshqacha qilib aytganda, insonning nazariy va amaliy faoliyatini to‘g‘ri uyushtirish, tashkil etish haqidagi ta’limotdir. Dialektik tafakkur narsa va hodisalarning mohiyati ularning bir-biri bilan aloqadorligi va rivojlanishi falsafiy qonunlar, tushunchalar (kategoriyalar) tizimi yordamida ochib beradi. Dialektikaning qonun va tushunchalari voqelikdagi narsa va hodisalarning eng umumiy aloqasini aks ettirib, insonda narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borish va ongli tahlil qilish imkoniyatini yaratadi. Lekin mazkur qonuniyatlar muayyan badiiy asarga tatbiq qilinganida uning xususiy tomonlarini hisobga olish zarur. Shundan kelib chiqib, badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida quyidagi tamoyillarga tayanib ish ko‘rilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi degan fikrdamiz:
1. Shakl va mazmun birligi tamoyili.
2. Makon va zamon birligi tamoyili.
3.Xususiylikdan umumiylikka o‘tish tamoyili.

Yüklə 386,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin