Matn tavsifi va matn tiplari



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/55
tarix17.04.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#99298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Tarqatma material Х.Усманова (1)

 
 
Buyruq-istak mazmunli matnlar (Le texte injonctif – inyunktiv 
matn). Buyruq – istak yoki maslahat ohangi yеtakchilik qiladigan, 
buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli 
ta’qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq - istak mazmunli 
matn dеyiladi.
Bir narsani orzu qilaman. Bu dunyoda men qilgan yaxshi ishlardan 
aqalli bitta ko‘proq yaxshilik qilsang… Bu dunyoda men qilgan 
xatolardan aqalli bitta kamroq xato qilsang…(O‘. Hoshimov) Qush 
bo‘lib osmonda uchma. Toshbaqa bo‘lib, yerda sudralma. Daraxt 
bo‘l! Boshing – osmonda, oyog‘ing yerda bo‘lsin! (O‘.Hoshimov) 
Bandasining boshi – Ollohning toshi deydilar. Boshingga ko‘rgulik 
tushsa, noumid bo‘lma: bulut o‘tkinchi, Quyosh esa abadiydir… (O‘. 
Hoshimov)
 
 
 
 Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - eksprеssiv 
matnlar). Insonning ichki kеchinmalarini, voqеlikka salbiy yoki ijobiy 
munosabatini, o‘ziga xos pafos bilan ifodalagan matn hissiy ifoda 
mazmunli matn dеyiladi.
 
 
Erta bahor – chеksiz sog‘inchning ufqi. Muzga aylanishdan bosh 
tortgan isyonkor tomchilar yomg‘ir bo‘lib to‘kilmoqda. Yomg‘irning 
daraxtga, kurtakning tomchiga aytadigan «shiviri» yig‘ilganеy-



yig‘ilgan. Xo‘ngrab-xo‘ngrab, bo‘zlab-bo‘zlab dil rozini aytayotgan 
erta bahor buluti aslida osmon dardidan so‘z ochishga botingan asov 
g‘alayon. (Y.Akram)
6
 
BADIIY MATN QISMLARINI BOG‘LOVCHI VOSITALAR 
Maktab o‘qituvchisining so‘zi o‘ttiz bolaga yеtib boradi. 
Dorilfunun domlasining so‘zi yuz talabaga yеtib boradi. 
Notiqning so‘zi ming tinglovchiga yеtib boradi. 
Qalamkashning so‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobxonga yеtib 
boradi. Dеmak, uning So‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming 
hissa ortiqroqdir.(O‘. Hoshimov) 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin