Matnli ma’lumotlarni qayta ishlash. Formatlash, tahrirlash va chop etish. Tayanch iboralar



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə2/6
tarix18.04.2023
ölçüsü1,52 Mb.
#100146
1   2   3   4   5   6
Matnli ma’lumotlarni qayta ishlash. Formatlash, tahrirlash va ch

WORD muharriri imkoniyatlari:
 Matnlarni kiritish va tahrir qilish;
 Matnni chop etishda avval ekranda uning shaklini ko‘zdan kechirish;
 Hujjatlarning tayyor shakllari bilan ishlash ;
 Formatlash usullaridan foydalanish ;
 Xatlarni amaldagi qoidalar asosida tayyorlash;
 Blankalarni tayyorlash ;
 Jadvallar bilan ishlash;
 Zarur holda yordamchi ko‘rsatma berish;
 Formulalar yozish;
 Imloni tekshirish;
 So‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish;
 WINDOWS ilovalari ma‘lumotlaridan foydalanish;
 WORD Art yordamida reklamali matnlar tayyorlash;
 Diagrammalar va grafiklar, rasmlar va hokazolar chizish.
Word lentalari bilan ishlash.
Odatda Word matnli fayllarni o‘zining shaxsiy ikkilik formatida .docx kengaytmali fayl sifatida saqlaydi. Bu formatning matnli laxjasi RTF format (Rich Text Format) sifatida Microsoft firmasi tomonidan hujjatlashtirilgan va boshqa ayrim firmalarning matn protsessorlari tomonidan xam qo‘llash uchun qabul qilingan. RTF formati o‘zining matnli tuzilmasi bo‘yicha kompyuter viruslarini tarqatish nuqtai nazaridan qaraganda ancha xavfsizdir. Xozirda DOC formatidagi fayllar kompyuterlar orasida virus tarqatish vositasi bo‘lib hizmat qilmoqda. Bu protsessorning oxirgi laxjalari fayllarni gipermatnli formatlarda (.html yoki .htm) xam saqlash imkoniyatiga ega.
Word matn protsessorida hujjat bilan ishlashni osonlashtirishga xizmat qiladigan bir nechta lentalar (uskunalar panellari) ishlatiladi. Bu foydalanuvchilar uchun juda qulaydir. Lentalarni sozlash o‘zimizni qo‘limizda. Ayrim lentalar va ularning vazifalari bilan tanishamiz.

Rasm. Lentalar masala qo‘yilishiga qarab zarur funksiyalarni o‘z ichiga oladi.



Glavnaya lentasi o‘z ichiga formatlash usullarini, qidiruv tizimi va almashuv buferini o‘z ichiga oladi:

Vstavka menyusida jadvallar qo‘yish, kolontitul, formula va simvollar va boshqa grafik ob‘ektlar qo‘yish mumkin:
Dizayn menyusi lentasida sahifa parametrlarini sozlash, sahifa fonini o‘zgartirish va boshqa amallarni bajarish mumkin:


Ssilki menyu lentasida matnga izoxlar qo‘yish, mundarija bo‘limlari mavjud:

Rassilki bo‘limi lentasida quyidagi amallarni bajarish mumkin:

Retsenzirovaniye menyusi lentasida matndagi taxrirlash ishlarini bajarish mumkin:
Vid menyusi lentasida oyna ko‘rinishidagi kamchiliklarni o‘zgartirish mumkin, ishlash tartiblarini tanlash imkonlari mavjud:
Abzastlarni tekislash ―Formatirovanie‖ uskunalar paneli yordamida amalga oshirilishi mumkin. Odatda Word xamma abzastlarni chapga tekislaydi, bunda barcha satrlar bitta vertikal chiziqdan boshlanganday ko‘rinadi. Tekislashni sahifaning markaziga yoki o‘ng tarafiga, shuningdek bitta blok shaklida butun sahifa bo‘ylab ikki tarafga xam tashkil qilish mumkin.
Abzasta chegaralari va birinchi satr boshlanadigan joyni gorizontalg‘ chizg‘ich yordamida o‘rnatiladi. Abzasta chegaralarining asosiy kattaliklarini Format tavsiyanomasining Abzast bo‘limi yordamida xam o‘rnatish mumkin.
Odatda satrlar orasidagi masofa Wordda bir interval qilib belgilangan. Ya`ni, bu bitta satr balandligiga teng. Biroq u bir yarim, ikki va undan xam ko‘proq interval bo‘lishi mumkin. Satrlar orasdagi intervalni o‘zgartirish uchun Format tavsiyanomasining Abzast bo‘limidagi ―mejstrochnqy‖ maydonidagi ro‘yxatdan foydalanish mumkin.
Xar qanday qog‘ozda chop etilgan hujjat xoshiyalarga ega bo‘ladi. Word sahifaning xamma tarafidagi xoshiyalar kengligi uchun kattaliklarini o‘rnatish imkonini beradi. Buning uchun Fayl tavsiyanomasidagi Parametri stranitsa bo‘limi tanlanadi va talab qilingan kattaliklar mos maydonlarga kiritiladi.
Hujjatni imlo xatolarini tekshirish uchun klaviaturadagi F7 tugmasini yoki ―Standartnaya‖ uskunalar panelidagi mos belgi tasvirili tugmachasini bosish kerak.
WORD muharriri Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgi kunda WORD muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina Windows dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo‘yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo‘natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko‘zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin.
WORD muharririda ba‘zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning tavsifi quyidagicha:
Avtomatn – matn kiritilayotganda ayrim so‘z, ibora va jumlalarni bir necha bor yozishga to‘g‘ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug‘i ularni qayta yozadi.
Avtomuharrir – matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to‘g‘irlash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.
Asboblar paneli(lentalar) - tugmalar majmuidan iborat bo‘lgan panel. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega.
Formatlash – bu hujjat shaklini o‘zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta‘kidlanishi zarur bo‘lgan so‘z va iboralarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi masofalarni o‘zgartirish mumkin.
Avtoformat – mavjud shakllar asosida matnni formatlash.
Kolontitul – har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir ma‘lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hakozo bo‘lishi mumkin.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin