Umumiy energiya. Umumiy energiyani baholash oʻylab topilgan hayvon haqida tasavvur hosil qilish uchun ishlatilgan detallar, tana, bosh, dum, qanot miqdoriga qarab amalga oshiriladi. Tarkibiy qismlar va elementlar (eng zarurlaridan tashqari) qanchalik koʻp boʻlsa, energiya shunchalik koʻp hisoblanadi. Lekin buning aksi boʻlsa, bu energiyani tejash, organizmning astenikligi, oʻtkir somatik kasalliklardan dalolat beradi. Bu belgilarni chiziq xarakteri - zaif, toʻrsimon chiziqlar, qalamni bosmasdan, qogʻoz ustida shunchaki yurgizish orqali tasdiqlashi mumkin.
Chiziqlar qalin va bosib chizilgan boʻlsa, bu energiya tarzida emas, balki xavotirlanish sifatida baholanadi. Bunda ayniqsa, qattiq bosib chizilgan, hattoki varaqning orqa tarafidan koʻrinib turgan chiziqlarga e’tibor qaratilishi lozim. Bu, ya’ni rasm chizayotgan qoʻl muskullarining yuqori tonusi - kuchli xavotirlanishdan darak beradi. Shu bilan birga rasmdagi qaysi detalь, qaysi timsol shunday aks ettirilganligiga diqqat qilish zarur, chunki ular yordamida havotirlanish nima bilan bogʻlanganligini aniqlash mumkin.
Mazmuni va mavzusi jihatidan hayvonlar xavf soluvchi, neytral turlarga ajratilishi mumkin (masalan arslon, begemot, boʻri yoki qushlar, chumoli va olmaxon, it, mushuk kabilar), bu holda chizilgan hayvonlar rasmi - rasm chizayotgan shaxs namoyondasi; oʻzini rasmdagi hayvon bilan identifikatsiyalash; oʻz shaxsi va «Men» iga munosabat, oʻzining mavqei haqidagi tasavvurlar sifatida baholanadi.
Insonga oʻxshatib chizilgan ikki oyoq, odamlarga oʻxshatib kiyintirish - hayvon yuzi odamnikiga oʻxshash qilib, oyoq yoki panja, qoʻl sifatida tasvirlansa - bu infantillik, emotsional jihatdan yetilmaganlikdan dalolatdir.
Agressivlik darajasi - rasmdagi burchaklar xarakteri, miqdori va joylashuvi orqali ifodalanadi. Bunda burchaklarning tasvirdagi boshqa detallar bilan aloqasi ahamiyatli emas. Ayniqsa - tirnoq, tish, tumshuq kabi agressiya timsollariga e’tibor qaratish zarur. Shuningdek, jinsiy belgilar, ayniqsa, insonga oʻxshash figuradagi koʻkrak, yelin va shunga oʻxshash elementlarga e’tibor berish lozimki, ular insonning jinsga nisbatan munosabatini bildiradi. Aylana figurasi (ayniqsa ichi boʻsh) ichki dunyoning sirliligi, yopiqligi, odamovilik, atrofdagilarga oʻzi haqida ma’lumot berishni istamaslikni ifodalaydi. Bunaqa rasm odatda tahlil qilish uchun yetarli ma’lumot bera olmaydi. Shu bilan birga «hayvon»' tanasiga mexanik qismlar oʻrnatilishiga ham e’tibor berish talab qilinadi. Masalan, hayvon oyoqlari oʻrniga traktor yoki tank zanjirini chizish, 3 ta oyoq; bosh qismiga vint, koʻz oʻrniga elektr lampochkasi, tanaga turli klavish, antennalar oʻrnatish koʻproq shizofreniya bilan kasallanganlarda kuzatiladi.
Insonning ijodiy imkoniyatlari odatda figuradagi elementlarning oʻziga xosligi, uning murakkab tuzilishga egaligi bilan belgilanadi. “Tayyor” mavjud hayvonlarning elementlaridan tashkil topgan rasm, masalan, qanotli mushuk, patli baliq, panjali it - ijodiylikning mavjud emasligi sifatida talqin qilinadi. Figurani qurishda tayyor qismlardan emas, balki turli elementlardan foydalanish originallik ifodasidir.