1-rasm. ERIni shakllantirish jarayoni.
ERIning umumiy tan olingan sxemasi (modeli) uchta jarayonni o‘z ichiga oladi:
Elektron hujjatni ERI bilan shakllantirish jarayoni 1-rasmda keltirilgan bo‘lib, avval yuboriluvchi maʼlumotning xesh-funksiya qiymati hisoblanadi. So‘ngra elektron raqamli imzo algoritmiga ko‘ra jo‘natuvchi tomon yopiq kaliti orqali maʼlumot imzolanadi.
ERIni tekshirishda jo‘natuvchi tomon ochiq kaliti orqali hisoblangan xesh-funksiya qiymati va maʼlumot xesh-funksiya qiymatlari solishtiriladi. Quyidagi 2-rasmda. ERIni tekshirish jarayoni keltirilgan.
Turli ERI algoritmlarini shakllantirish va uning haqiqiyligini tekshirish amallari ularning matematik funksiyalari orqali farqlanadi.
Ushbu maqolada mavjud ERI algoritmlarining matematik funksiyalari muammolar murakkabligiga ko‘ra sinflangan (1-jadval):
- Faktorlash muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Elliptik egri chiziqli diskret logarifm muammosining murakkabligiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Parametrlar algebrasiga asoslangan ERI algoritmlari.
- Turli muammolarga (masalan. kvadratik chegirma, n moduli bo‘yicha kvadrat ildizga) asoslangan ERI algoritmlari. Quyidagi 1-jadvalda ERI algoritmlari muammolar murakkabligi bo‘yicha sinflangan.
Dostları ilə paylaş: |