Adaptatsiya jarayonini shakllantirish imkoniyatlari
tadbirkorlarni kasbga bo’lgan talablar asosida ishga qabul qilish adaptatsiya jarayoninig yengil o’tishini ta’minlovchi shartlardan biridir.
Tashkilot rahbari yangi tadbirkor adaptatsiyasini iloji boricha qisqa fursatda va salbiy asoratsiz o’tishiga ko’maklashishi lozim. Bu sohada ilg’orlab ketgan ayrim tashkilotlar ham bo’lib, ularning boy tajribasini tatbiq etish tashkilot mehnat samaradorligini oshirishdagi yana bir qo’shimcha omildir. Masalan, Rossiyadagi “Svetlana” HJda yangi tadbirkorlar adaptatsiyasini nazorat etish bo’yicha alohida dastur mavjud bo’lib, unga binoan bu jarayon tizimli ravishda olib boriladi. Xususan, ma’lum vaqt oralig’ida tashkilotdagi yangi tadbirkorlar tomonidan nazorat savolnomalari to’ldiriladi va adaptatsiya darajalari aniqlanadi. Odatda bu ish bilan kadrlar bo’limi, kasbga munosiblik bo’limi mutaxassislari shug’ullanadilar. Mana shu so’rovlar asosida ish sharoitlariga o’rta yoki past darajada moslashayotgan tadbirkorlar aniqlanadi. Keyingi bosqich sifatida adaptatsiya jarayoniga salbiy ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi. Bu jarayonga endi tashkilotning yuqori bo’g’in va maxsus bo’limlar tadbirkorlari jalb etiladi. Adaptasiya jarayoni muvaffaqiyatli o’tishiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish bo’yicha alohida chora tadbirlar majmuasi ishlab chiqiladi. So’nggi bosqich sifatida ushbu tadbirlarning samarasi tekshirib ko’riladi. Bu sanab o’tilgan bosqichlar adaptatsiyani tadqiq etish jarayonining asosiy qismlari bo’lib, bu tadbirlarga yosh tadbirkorning mehnat ko’rsatkichlaridan manfaatdor bo’lgan barcha rahbarlarning qatnashishi ko’zda tutiladi.
Moslashish davri ba’zi korxonalarda kasb talablarini o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lsa, boshqa tashkilotlarda adaptasiya muddati tashkilotning butkul hayot tarzi bilan uyg’unlashib ketishni nazarda tutadi. Bu borada iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar korxonalarida amalga oshirilayotgan kadrlar siyosatidan kelib chiquvchi tadbirlarni eslab o’tish ham o’rinlidir. Masalan, ko’pgina yapon kompaniyalarida yuqori axloq me’yorlariga ega bo’lish tashkilotning doimo diqqat markazida turadi. xususan, “Masusita elektrik” kompaniyasida tadbirkorga texnik malaka, korporasiya falsafasi, maqsadi va siyosati bilan sug’orish uchun 8 oy vaqt ajratiladi. Bu moslashuv davri bo’lib, aynan shu vaqt oralig’ida yangi tadbirkor kompaniya qadriyatlari, xulq me’yorlari va madaniyatini o’zlashtiradi. Bunday tarbiya korXona rejalari va iqtisodining ochiq-oydinligi bilan birgalikda olib boriladi, hamda tadbirkorda tashkilot hayotida faol qatnashish motivasiyasini shakllantirishga qaratiladi.
Rahbar tadbirkorning yangi mehnat sharoitiga moslashishiga ko’mak ko’rsatar ekan, adaptasiya jarayoni quyidagi asosiy bosqichlardan iboratligini nazarda tutishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |