Mavz: oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shUG‘ullanuvchilarning psixologik muammolari



Yüklə 373,5 Kb.
səhifə35/46
tarix10.05.2022
ölçüsü373,5 Kb.
#57136
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
BMI Maxmudova

Adaptatsiyani amalga oshirish. Bu yangi tadbirkorni yangi lavozimga va jamoada mavjud shaxslararo munosabatlar tizimiga moslashtirish jarayonidir. Bu bosqich doirasida yangi tadbirkorning faol harakat qilishi, o’z-o’zini turli jabhalarda sinab ko’rishiga imkoniyat yaratish lozim. tadbirkorning erishayotgan muvaffaqiyatlari haqida ma’lumot yig’ib boriladi va faoliyati yuzasidan unga zarur tavsiyalar beriladi.

Faoliyat ko’rsatish. Shu bosqichda adaptatsiya jarayoni tugaydi va tadbirkor mustaqil ravishda o’z faoliyatini davom ettiraveradi. Bunda tadbirkor uning mehnat faoliyati yo’nalishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni o’zi yengib o’tish kuchiga ega bo’ladi. Odatda, tadbirkorning korxona talab va muhitiga qo’pol moslashuvi 1,5 – 5 yillar atrofida amalga oshadi. Adaptatsiya jarayoniga ko’mak ko’rsatish sharoitida esa bu jarayon bir necha oylarda muvaffaqiyatli o’tishi mumkin. Adaptatsiya jarayonini bu tarzda qisqartirish tashkilot uchun moddiy jihatdan ham ma’lum darajada foyda beradi. Ayniqsa bu ko’rsatkich tashkilotga ko’p yangi tadbirkorlar qabul qilingan sharoitda o’z samarasini beradi.

Yangi tadbirkor adaptatsiya jarayonining muvaffaqiyatli o’tishida ayniqsa rahbarning o’rni katta. tadbirkor tashkilot qadrityalarini o’zlashtirar ekan, o’z rahbarini namuna sifatida ko’radi. Adaptatsiya jarayoninig boshlang’ich paytlarida rahbardan shaxsan olingan yo’riqnoma va tavsiyalar tadbirkorning esida doimiy saqlanadi. Yangi tadbirkor bilan birinchi hafta davomida va bir oydan so’ng suhbat o’tkazish juda muhimdir. Bunda tadbirkor to’qnash kelayotgan muammolar hal etiladi, kerakli maslahatlar beriladi va tadbirkorni ruhiy qo’llab-quvvatlash amalga oshiriladi. Mana shunday tadbirlar orqali tadbirkor tashkilotga Xos xususiyatlarni o’rganib, o’zlashtirib boradi.




Yüklə 373,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin