Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya deganda tadbirkorning mehnat jamoasidagi mavjud munosabat tizimiga moslashishi, jamoaga xos bo’lgan norma va qoidalar hamda unga guruh tomonidan belgilangan rolni va mavqeni qabul qilish jarayoniga aytiladi. Bunday moslashuvning muvaffaqiyatli o’tishi tadbirkorning xarakter xislatlariga, uning muloqotga moyilligiga, hayotiy tajribasi va dunyoqarashining yangi sharoitga mos kelishiga bog’liq. Guruhning ahilligi, uning madaniyat darajasi bu xildagi adaptatsiya jarayoninig muvaffaqiyatli o’tishi garovidir.