Ishlab chiqarish sohasini tanlash
Siz o‘z vaqtingizni sharoitini yaxshi o‘rganib, o‘z o‘rningizni ham topdingiz deylik. Sizning endigina qadamingiz maxsus sohangizni tanlashdan iborat. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin:
O‘zingizning qandaydir ichki his-tuyg‘ularingizga ishongan holda;
Chuqur, izchil o‘rganishlar va tekshirishlar asosida.
Rejali, unumli strategik ishbilarmonlik katta pul yutuqlariga erishishga olib keladi.
Yakka yoki jamoa shaklidagi ishbilarmonlikni yuritish
Yakka ishbilarmonlik shundan iboratki, biznesmen ham tavakkalchilikni, ham javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi.
Mabodo siz ehtiyotkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz, tavakkalchilik miqdorini kamaytirmoqchi bo‘lsangiz, javobgarlikni ayrim sheriklar bilan o‘zaro bo‘lishishingiz mumkin. Bu vaqtda siz jamoa ishbilarmonligini tanlaysiz.
Tashkilotingizning qanday shaklda bo‘lishini tanlash juda katta ahamiyatga ega. Sizning faoliyatingiz na faqat o‘zingizning hohishingizga, yashash muhitingizga, balki jamiyatingiz faoliyatiga, talablariga ham javob berishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |