Mavzuning ilmiy yangiligi. Ma’lumki, turli kishilarni bir xil sharoitlarga va vaziyatlarga qo‘yilganda ular turli muvafaqqiyatlarga erishadilar. Bunday paytlarda “qobiliyatlar” tushunchasiga suyanamiz va muvaffaqiyat asosini qobiliyat deb tushunamiz. Bu tushunchadan ba’zi layoqatli odamlarni yangilikni boshqalardan ko‘ra tezroq va yaxshiroq o‘zlashtirganlarini kuzatamiz.
Mavzuning nazariy axamiyati:Oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilarning psixologik muammolari yechimini topish bilan ijtimoiy psixologiya yuzasidan nazariy manbaalar yaratiladi. Iqtisodiy psixologiya, menejment psixologiyasi fanlariga o’quv uslubiy ko’rsatmalar bilan ta’minlanadi.