«Tadbirkor» tushunchasini birinchi marta XVIII asr boshida iqtisodiyot nazariyasiga kiritgan olim ingliz iqtisodchisi R.Kantilon bo‘lgan. U ma’lum bo‘lgan baholarda birovlarning tovarlarini sotib olib o‘zinikini ham o‘ziga noma’lum bo‘lgan bahoda sotuvi noma’lum va belgilanmagan miqdorda daromad oluvchi kishini tushungan. Bu yerda -tavakkalchilik tadbirkorning eng asosiy ko‘rsatkichi deb hisoblangan. XVIII asrning oXiri - XIX asrning boshlaridagi fransuz iqtisodchisi J.B.Sey tadbirkorni o‘z hisobiga va tavakkalchilik bilan ish boshlab qandaydir mahsulotni o‘z foydasi uchun ishlab chiqaruvchi shaXs deb tushungan.
Uning ta’kidlashi bo‘yicha, tadbirkor ishlab chiqarish omillari - kapital, mehnat, tabiiy resurslardan oqilona, o‘rniga qo‘yib foydalanadi. Tadbirkor Sey tadbirkorning o‘ziga xos xususiyatlarini, uning daromadini xarakterini yetarli darajada batafsil yozgan edi.
Dostları ilə paylaş: |