Mavz: oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shUG‘ullanuvchilarning psixologik muammolari


Biznes faoliyatini amalga oshirish shart-sharoitlari ichki va tashqi sharoitlarga bo‘linadi



Yüklə 373,5 Kb.
səhifə28/46
tarix10.05.2022
ölçüsü373,5 Kb.
#57136
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
BMI Maxmudova

Biznes faoliyatini amalga oshirish shart-sharoitlari ichki va tashqi sharoitlarga bo‘linadi:

  • ichki sharoitlar - kapital yoki sarmoya egalari, menedjerlar va yollangan mehnat tadbirkorlari o‘rtasidagi munosabatlardan tashkil topadi;

  • tashqi muhit yoki sharoitlar - biznes faoliyatini tashkil etuvchilar bilan davlat va ijtimoiy tashkilotlar, tuzilmalar, xom’ashyo yetkazib beruvchilar, kreditorlar va iste’molchilar o‘rtasidagi aloqadorlik, bog‘liqlik, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri bilan ifodalanadi.

Demak, yosh mutaxasis kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shugullanishida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur psixologik muammolarga duch kelar ekanki, ularni bartaraf qilishga shay turishi talab qilinar ekan Ular:

  • Murakkab bozor munosabatlariga psihologik tayor turishi

  • Ishlab chiqarishdagi jamoaga yangi ish o’rinlariga moslashish, ko’nikish ayniqsa raxbar topshirigini jamoada talab darasida bajarish. Masalan; Raxbar bilan muxandislar talablari.

  • Hamkasblarining ishlarini idrok qilish, o’rganish.

  • Rasmiy va norasmiy raxbarlar ta’siriga berilish, bo’ysinish

  • Mehnat faoliyatida sifat va sonni ortirish.

  • Ijtimoiy va xususiy foydani o’ylash.

  • O’zgarayotgan ishlab chiqarishga moslashish.

  • Korxonaga bogliq shaxsiy manfaati to’grisida fikr yuritish kabilardir.

  • Bitiruv malaka ishimizda anashu masalalarni tadqiqot qilishga xarakat qildik.

O‘zbekiston mustaqilligining dast­labki kunlaridanoq mamlakatimizda iqtisodiyotning g‘oyat muhim sohasi bo‘lmish kichik biznesni rivojlantirishni rag‘batlantirishga, xususiy tadbirkorlik huquqlarining kafolatlari va kuchli himoya tizimini mustahkamlashga katta e’tibor berib kelinmoqda.

Buning boisi shuki, ijtimoiy yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotida kichik biznes muhim o‘rin egallaydi. Eng avvalo, kichik biznes bozor konyukturasi o‘zgarishlariga tez moslasha olishga, iste’molchilarning talab-ehtiyojlari qanday o‘zgarishiga qarab ish tuta bilishga qodirdir. Kichik biznes raqobatchilik muhitini shakllantiradiki, busiz bozor iqtisodiyotining rivojlanishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, kichik biznes yangi ish o‘rinlari jadallik bilan barpo etilishini, aholining bandlik darajasi o‘sishini va uning daromadlari oshib borishini ta’minlaydi. Uchinchidan, kichik biznes ichki bozorni tovarlar va xizmatlar bilan boyitishning muhim manbai hisoblanadi.

Respublikamizda kichik biznesning roli va ahamiyatini e’tiborga olgan holda uni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan aniq-ravshan chora-tadbirlar izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Keyingi yillarda tadbirkorlik sub’ektlarini “bir darcha” orqali tezlik bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi hamda bir necha turdagi soliqlarni to‘lash o‘rniga kichik biznesni yagona soliq to‘lovi shaklidagi soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi joriy etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkalari 2008 yilda 10 foizdan 8 foizgacha, 2009 yildan boshlab 7 foiz, 2010 yilda esa 4 foizgacha pasaytirildi. Yangidan tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kreditlash tizimi yaratildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bank - “Mikrokreditbank” tashkil etildi. Tadbirkorlar huquqlarining himoya qilinishini ta’minlash borasidagi huquqiy normalar mustahkamlandi, tadbirkorlik sub’ektlarining xo‘jalik faoliyatiga nazorat qiluvchi idoralarning aralashuvini keskin qisqartirish choralari ko‘rildi.



Xususan, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni egallashtirishga qarshi kurashish Departamentining Buxoro viloyati bosh­qarmasi tadbirkorlari tomonidan 2009-2010 yillar davomida jami 423 ta profilaktika tadbirlari amalga oshirildi. Bunday tadbirlar natijasida tadbirkorlarga 597,0 million so‘mlik kreditlar ajratilishida, 11 ta kichik korxona va 220 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Jumladan, Andijon shaxrida yashovchi fuqaro Zulfiya Xalimova oily ma’lumotli psiholog mutaxasissligiga ega. Biroq shu bilan chegaralanib qolmay uyda hususiy datbirkorlik bilan shug’ullanmoqda. U o’z faoliyatini qonuniy yo‘lga qo‘yish va yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun xususiy tadbirkorlik bilan shug’ullanmoqda.

Mustaqillikning ilk kunlaridanoq Prezidentimiz tomonidan asosiy e’tibor inson omiliga qaratilib, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy jabhalarda barqaror sur’atlar bilan rivojlanishi, aholi farovonligini izchil va muntazam ravishda oshira borish, qishloq va shaharlarimizning yanada obod bo‘lishi va yangicha qiyofa kasb etishi borasida g‘oyat ulkan yutuqlar qo‘lga kiritildi. Xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi mavqeini yuksaltirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sog‘lom avlodni dunyoga keltiruvchi onalar salomatligiga e’tibor, yoshlarning har tomonlama yetuk va yuksak ma’naviyatli insonlar bo‘lib kamolga yetishlari, sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti kabi masalalar davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga aylandi. Davlat va jamoat ishlarida xotin-qizlar faolligi oshdi, ijtimoiy-madaniy, iqtisodiyot, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik sohalarida ularning o‘rni sezilarli darajada ortdi. Bugun o‘zbek ayoli ishlab chiqarish, ilm-fan, tadbirkorlik, san’at, sport, hunarmandchilik, qo‘yingki, barcha sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqda. Xotin-qizlar davlat va jamoat tashkilotlari, korxona, tashkilot va muassasalarga rahbarlik qilmoqdalar. Respublikamizda xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoyalash, ayollarning jismoniy, ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar o‘z samarasini bermoqda. Mamlakatimizda tizimli ravishda bir-birining uzviy va mantiqiy davomi sifatida amalga oshirib kelinayotgan Davlat dasturlarida ham xotin-qizlar manfaatlari yo‘naltirilgan tadbirlarga alohida e’tibor qaratib kelinayotganligi ularga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin ifodasidir. Respublikada eng yirik jamoat tashkiloti hisoblangan kasaba uyushmalari faoliyatida ham xotin-qizlar va ularning mehnat sohasidagi huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash masalasi alohida o‘rin tutadi. Bunda kasaba uyushmalari faoliyatining asosini tashkil etuvchi jamoa shartnomalari va kelishuvlar, ularni amalga oshirish mexanizmi hisoblangan ijtimoiy sheriklikning ahamiyati nihoyatda kattadir.

Shu bois O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashining yaqinda bo‘lib o‘tgan II majlisida kasaba uyushmalarining ijtimoiy sheriklik sohasidagi faoliyatini takomillashtirish, ijtimoiy sheriklar va ijro hokimiyati bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu yo‘nalishdagi ishlarda amaliy natijalarga erishish, kasaba uyushmalari faoliyatiga zamon talablaridan kelib chiqib, yangicha yondashgan holda faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bunda biz uchun mamlakatimiz rahbarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 12 noyabrda o‘tkazilgan qo‘shma majlisidagi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi» mavzuidagi hamda 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlab 2011 yil 21 yanvarda o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzalarida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar dasturulamal bo‘ldi. Federatsiya kengashining xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi xotin-qizlarning mehnat huquqlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash, reproduktiv salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlar va ularning farzandlarini sog‘lomlashtirish, ishlovchi ayollarning malakasini oshirish ishlarida faol ishtirok etish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, xotin-qizlarni dam oldirish, ma’naviy saviyalarini yuksaltirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish hamda bu orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq tadbirlar ham komissiya ish rejasidan alohida o‘rin egallagan. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi xotin-qizlarning bandligi borasidagi ishlarda, xususan, kasanachilik yo‘nalishi imkoniyatlaridan keng foydalanish va albatta, bunda bosqichma-bosqich samaradorlikka erishishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidan bormoqda. Shuningdek, kam ta’minlangan, ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan, nogiron ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlari himoyasini kuchaytirish hamisha e’tiborimizda bo‘lib qolmoqda. Yana bir muhim masala, bu — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilida joylarda barpo etilayotgan yangi ish o‘rinlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning mehnat sohasidagi huquqlari va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasidir. Ularga xavfsiz va yetarli ish sharoitlari yaratilishi, kasbiy malakalarini oshirish ishlariga ko‘maklashish endilikda xotin-qizlar bilan ishlash komissiyalarining doimiy diqqat markazida bo‘ladi. Kezi kelganda, kasaba uyushmalari faoliyatini mustahkamlashda xotin-qizlarning alohida o‘rin tutishini ta’kidlash joiz. Binobarin, a’zolarimizning 3 million 300 ming nafarga yaqini, ya’ni 48,9 foizini ayollar tashkil etadi. Biz bugun kasaba uyushmalarida zaxira kadrlar tizimini takomillashtirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratmoqdamiz. Zaxira kadrlar safida xotin-qizlar vakillarining yetarli darajada bo‘lishi zamon talablaridan biri bo‘lib, kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi Bugungi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tomonidan davlat hokimiyati, prokuratura, sud organlari bilan aloqalarni mustahkamlash, huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda tadbirlar ishlab chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mehnat sohasida ayollarni huquqiy jihatdan himoya qilish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Davr o‘zgarmoqda va albatta, hayot tarzimizga ham o‘z o‘zgarishlarini kiritmoqda. Kasaba uyushmalarining yuridik xizmati tomonidan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yilida sohada faoliyat ko‘rsatayotgan insonlar, ayniqsa, tadbirkor ayollar va yosh tadbirkorlarga o‘z faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishlari, boshlab qo‘ygan ishlarida muayyan natijaga erishishlari uchun huquqiy maslahatlar berishni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ham aslida shundan. Joylarda boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish instituti bo‘lgan mahalla bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan ishlarimiz ayollarning jamiyatdagi va oiladagi mavqeini, yosh avlodni tarbiyalash, ijtimoiy hayotning barcha sohasidagi yuksak roli va qo‘shayotgan hissasini oshirishga xizmat qilishiga shubha yo‘q. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi o‘rtasida ilk bor qabul qilingan 2011-2012 yillar uchun qo‘shma tadbirlar rejasi tadbirkorlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini yetarli darajada himoya qilish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Ombudsman, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash hamda xalq ta’limi vazirliklari bilan bamaslahat amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Mehnat jamoalarida kasaba uyushmalari tomonidan tegishli soha mutaxassislari, olimlar, shoir va yozuvchilarni taklif etgan holda Ma’naviyat soatlarini tashkil etish ishlari yo‘lga qo‘yilganligi ham tahsinga loyiq, albatta. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, avvalo, har bir kasaba uyushma a’zosiga respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan islohotlar va bu borada qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish va chuqur anglab yetishlariga har tomonlama ko‘maklashish, davlatimiz siyosati zamirida inson manfaatlari himoyasi yotganligini targ‘ib qilishdir. O‘zbekiston Respublikasining «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha tasdiqlangan ekspert guruhiga rahbarlik qilish vazifasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisiga topshirilganligi ham davlatimiz rahbari va Hukumatining eng yirik jamoat tashkiloti hisoblanmish kasaba uyushmalariga bo‘lgan ishonch va e’tibori namunasi ekanligini chuqur hurmat va mas’uliyat bilan e’tirof etish zarur. «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili» Davlat dasturini amalga oshirish sohasida eng muhim ustuvor vazifalar bajarilishiga har jihatdan ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tomonidan ishlab chiqilgan dasturda ham asosiy e’tibor inson omiliga qaratilgan. Mazkur dastur doirasida amalga oshiriladigan ishlarda Xotin-qizlar masalasi alohida o‘rin egallagan bo‘lib, Xususan, kichik biznes va Xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga huquqiy, uslubiy yordam ko‘lami kengaytiriladi. Sanoat tarmoqlarida kichik biznes va Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznes sub’ektlarining jamoa-shartnomaviy munosabatlar bilan qamrab olinishi darajasini oshirish, imzolanadigan jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali kichik biznes sub’ektlariga aloqador kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar farzandlariga o‘quv qurollari Xarid qilish Xarajatlarini qisman qoplash masalalari bilan ham jiddiy shug‘ullaniladi. Shuningdek, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarida mehnatni muhofaza qilishning me’yor va qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va ularga mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish, soha tadbirkorlaridan 1100 nafarini kasaba uyushmalari sanatoriylarida imtiyozli ravishda sog‘lomlashtirish, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida kichik biznes vakillari va tadbirkorlarning 4320 nafar farzandini imtiyozli ravishda kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan sog‘lomlashtirish kabi masalalar ham dasturdan o‘rin olgan. Ta’kidlash joizki, dastur doirasida korxona, tashkilot, muassasalar ishchi- tadbirkorlari va tadbirkorlar o‘rtasida Vatanimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan Respublika «Salomatlik» spartakiadasi va kichik biznes bilan shug‘ullanayotgan ilg‘or tadbirkorlarning mamlakatimizning qadimiy shaharlariga uyushtiriladigan sayohatlariga ham xotin-qizlar keng jalb etiladi. Ayollar oila farishtalari, ro‘zg‘or sarishtalaridir. Bugungi kunda kasaba uyushmalarining joylarda keng quloch yoyayotgan tashabbusi — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligiga har bir kasaba uyushma faoli tomonidan 20 tupdan ko‘chat ekish, yangidan-yangi go‘zal bog‘lar barpo etish tadbirlarida ham xotin-qizlarimiz o‘zlarining dono va tadbirkorona maslahatlari, nozik didlari bilan munosib hissa qo‘shmoqdalar.

Oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilarini ishga joylashtirish maqsadida kasaba uyushmalari tomonidan joylardagi kasaba uyushma organlari va kasb-hunar ta’limi markazi boshqarmalari hamkorligida «Usta-shogird» yo‘nalishi amalda joriy etilmoqda. Bu, birinchidan, o‘g‘il-qizlarimizni ish bilan ta’minlashga, qolaversa, ularning malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga xizmat qiladi. Maqsadimiz aniq, u ham bo‘lsa, mehnatkashlarning, shu jumladan, xotin-qizlarning jamiyatdagi muhim yangilanish va o‘zgarishlarda faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ish bilan ta’minlanish, ijtimoiy-iqtisodiy himoyalarini kuchaytirish borasida yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirishga munosib hissa qo‘shishdir.

Ma’lumki, O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari yetarli darajada yaratilgan. Lekin ulardan tashqari tadbirkorlikni rivojlantirishning qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy asoslari ham yaratilgan. Bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini ayniqsa, qishloq joylarda rivojlantirish yo‘li bilan yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, bozor infratuzilmasini shakllantirish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, xizmat ko‘rsatish ayniqsa, bank, auditorlik, konsalting, vositachilik, bank faoliyatidan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib borishini talab qiladigan hizmatlar hajmini keskin oshirish, axolining ko‘pchiligi tadbirkorlik, biznes ishlari bilan shug‘ullanish, xoxishini yaratish va ularni bozor iqtisodiyotiga jalb qilib, boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish maqsad qilib qo‘yilgan. Shuning uchun:

I. 1995 y. 28 avgustda Vazirlar Maxkamasining "O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qullab-quvvatlash Davlat dasturi" qabul qilindi.

Ushbu dasturda davlat yordamining shakllari va xillari, mutasaddi tashkilotlar, kichik biznesga yordam berish uchun mablag‘ olish manbalari ko‘rsatilgan.

Kichik biznesni rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash shakllari va turlari nihoyatda Xilma-Xildir. Ularni quyidagi guruxlarga ajratish mumkin:



  • Davlat - huquqiy yordami;

  • Tashkiliy va boshqaruv yordami;

  • Moliyaviy-iqtisodiy yordam;

  • Moddiy-texnikaviy yordam;

  • Ijtimoiy-psixologik yordam.

II. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qoshida «Iqtisodiy isloxotlar, tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha boshqarmalararo Kengash»i ishlab turibdi. Uning vazifasi O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini beradi, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash shakllarini belgilaydi, kichik biznesning umumiy g‘oyasini (ideologiyasini) yaratadi. Bu Kengash tadbirkorlik sohasini rivojlantirish strategiyasini, yo‘nalishini, qullab-quvvatlash usullari, shakllarini belgilaydi.


Yüklə 373,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin