Tadbirkorning muhim vazifalaridan yana biri - biznes faoliyati bilan shug‘ullanayotganida korxona faoliyati yo‘nalishini belgilovchi asosiy qarorlarni qabul etishdek murakkab vazifalarni o‘z zimmasiga olishdir.
Tadbirkor - kommersiya asosida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini yoki xatto biznesni tashkil etishning yangi shakllarini kundalik hayotga kiritib boradi.
Tadbirkor - tavakkalchilik bilano‘z ish vaqti, mehnati, ishidagi obro‘si, shuning bilan birga o‘zining shaxsiy va o‘z kompanentlari yoki aksionerlarining sarflagan mablag‘larini garovga qo‘yib ish olib boradi.