Mavz: oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shUG‘ullanuvchilarning psixologik muammolari



Yüklə 373,5 Kb.
səhifə21/46
tarix10.05.2022
ölçüsü373,5 Kb.
#57136
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
BMI Maxmudova

Nemis iqtisodchisi V.Zombart (XIX asr oxiri - XX asr boshlarida) ko‘rsatishi bo‘yicha tadbirkor - bu zabt etuvchi, tavakkalchilikka tayyor turish qobiliyatiga ega bo‘lgan, ma’naviy erkin, g‘oyalarga boy, shijoatli va o‘z so‘zini o‘tkazadigan, tashkilotchi, birgalikda bajariladigan ishga ko‘pgina kishilarni birlashtiradigan shaXsdir.

Tadbirokorlik nazariyasiga muhim xissa qo‘shgan avstriya iqtisodchisi I.Shumpeterdir. Shumpeter fikricha tadbirkorlik eng avvalo iqtisodiy sohada namoyon bo‘lsa ham, bu xodisa ko‘proq ijtimoiy-iqtisodiy xodisa bo‘lmay, balki psixologik voqelikdir. Keng ma’noda kishining tadbirkorlik xolati - bu tashabbuskorligi, novaterligi, manfaatdorligi, ishga eskicha emas, yangicha yondoshishdir.

Shumpeter tadbirokorlik faoliyatining uch asosiy tomonini ajratadi:

1. Xokimlikka, xukmron bo‘lish va erkinlikka intilish;

2. Kurashishga xoxish va muvaffaqiyat uchun muvaffaqiyatga intilish;

3. O‘z ishidan xursand bo‘lish, xuzr qilish, lekin bunday xolat uning xatti-harakatlarini belgilovchi vosita bo‘ladi.



Shumpeter iqtisodiy omillarning axamiyatini inkor etmay, uni tan olib aytadiki, xususiy mulk va foyda tadbirkorlikni ifodalovchi xususiyatar bilan yonma-yon bir qatorda turadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, nazariyachi iqtisodchi-olimlar tadbirokrlikka to‘la-to‘kis tafsilot berganlar va unga psixologik tomonlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy-iqtisodiy voqelik deb qaraganlar.

Shunday qilib, turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan tadbirkorga turlicha ta’riflar berib kelingan:

- Tadbirkor - bu yangi texnologiya, yangi ishlab chiqarish va yangi xizmat

ishlarini ishlab chiquvchi novator.


Tashabbus ko‘rsatuvchi, ishbilarmon, ijtimoiy-iqtisodiy meXanizmni tashkil - etuvchi inson.

Tadbirkor va biznesmenning faoliyati natijalari turlicha tugallanadi. Tadbirkor o‘z qobiliyati hisobiga tadbirkorlik daromadini olsa, biznesmen kiritgan kapitalidan foyda oladi.

Tovarlar va tovarlashgan xizmatlarni yaratish bozor iqtisodiyoti uchun birlamchi bo‘lganidan uning asosini tadbirkorlik tashkil etadi. Tadbirkorlik - iqtisodiyotning suyangan tog‘i-yu, ishongan bog‘i, harakatga keltiruvchi kuchi hisoblanadi. Tadbirkorlik-kishilar (mulkchilik sub’ektlari)- ning moddiy va pul mablag‘larini (kapitalni) amalda xo‘jalik oborotiga tushirib, daromad topish uchun mo‘ljallngan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik umuman pul topish emas, balki yaratuvchilik faoliyati orqali daromad olishni bildiradi. Tadbirkorlik ish yuritmay turib, kapital hisobidan tekin daromad ko‘rib, uni parazitlarcha o‘zlashtirishni inkor etadi.



Tadbirkorlik mulkiy munosabatlar doirasida yuz beradi. Mulkchilik turli - tuman bo‘lganidek tadbirkor ham bir xil emas.Tadbikorlikning muhim xususiyatlari (belgilari yoki tomonlari) quyidagilar:

  • mustaqillik;

  • tavakkalchilik;

  • mustaqil fikrlash;

  • o‘z kuchiga ishonish;

  • yaratuvchanlik, navatorlik kobiliyati;

  • tinimsiz izlanish;

  • tashabbus ko‘rsatib ishlash;

  • uddaburonlik.

  • mulkiy munosobatlarning ishtirokchisi bo‘lish, ishlab chiqarish omillarining barchasiga yoki ba’zi biriga va yaratilgan tovarlarga egalik qilish.

  • javobgarlikni xis etish.

  • iqtisodiy erkinlik, xo‘jalik faoliyati turini tanlash, uni resurslar bilan ta’minlash, oldi-sotdi ishlarini yuritish, ishlab chiqarishni boshqarishda erkinlik.

  • iqtisodiy xatti-harakatlar uchun ma’suliyatni o‘z zimmasiga olish: ish natijasiga javob berish, tavakkal qilib ish yurita olish, iqtisodiy xatarli ishga qo‘l urush.

  • foyda olishga intilish: foydaga erishish chora-tadbirlarini ko‘rish, olingan foydani o‘z bilganicha ishlatish.

  • tijorat siriga ega bo‘lish: biznesga oid va o‘zgalarga

  • raqobat kurashida qatnashish: bozorda amal qiluvchi qoidalarga rioya etgan holda halol raqobatda qatnashib, uning g‘irrom, yovvoyi usullaridan voz kechish.

  • halollik bilan ish yuritish, qalloblik, g‘irromlik va aldamchilikka moyil bo‘lmaslik. Obro‘ (imij)ga ega bo‘lish, boshqalarga ishonish va boshqalar ishonchini qozonib shon-shuxrat orttirish, firma nomini e’zozlab, unga putur yetkazmaslik, firmani obro‘sizlantirmaslik.

♦ tashqi muhit (soliq va boshqa tashkilotlar, o‘z tadbirkorlari va hokozalar) bilan yaXshi munosabat o‘rnatish.

Qadim-qadimdan xalqimiz xunarmadchilik, savdo-sotiq ishlari bilan mashg‘ul bo‘lib kelganlar. Masalan, ko‘pchilik, qandolatchilik, duradgorlik, maxsido‘zlik, etikdo‘zlik, misgorlik, chevarchilik, zargarlik, zardo‘ztlik, novvoychilik, to‘quvchilik, dehqonchilik, chorvochilik kabi kishilarning xilma-xil talablarini qondiradigan ishlar bilan band bo‘lib o‘z kasblari nom chiqarib kelganlar hatto kasblari laqablariga aylangan.

Tadbirkor hohlagan bankini tanlab ish ko‘radi, bir necha bankda o‘z pul mablag‘larini o‘z bilganicha ishlatishi, o‘z mablag‘ini naqd pul yoki naqd pulsiz schyotdan schyotga ko‘chirib olishi mumkin. Tadbirkor byudjet bilan ham erkin aloqada bo‘ladi. Belgilangan soliq summasini byudjetga to‘laydi, byudjetdan tegadigan pulni o‘zi o‘zlashtiradi. U hohlagan moliyaviy kompaniya yoki tashkilot faoliyatida ishtirok etadi. Tadbirkorlik uchun qulay muhit - bu yagona iqtisodiy maydonning, jumladan, yagona pul maydonining mavjud bo‘lishidir.

Biznes - biror faoliyat (ish) yuzasidan bo‘lgan munosabat, aniqrog‘i ishbilarmonlarning iqtisodiy munosabatlaridir. Biznesning uch turi ajratiladi:



  1. savdo - vositachilik

  2. ishab chiqarish biznesi

  3. Xizmat ko‘rsatish asosidagi biznes.

Ishlab chiqarish biznesida ularning ikki tipi ajratiladi:

  1. Traditsion tipdagi tadbirkor. Bunday tadbirkor har doim talab qilinadigan mahsulotni ishlab chiqaradi.

  2. Novator - tadbirkor. U yangi texnologiyalardan foydalanish asosida iXtirolarni ishlab chiqarishga qo‘llaydi va avval ma’lum bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishni yangi usullar yordamida amalga oshiradi. Bunda yangi ishlab chiqarishlar, tarmoqlar yaratilishi mumkin.

Biznes - munosabat sifatida bir qator belgilarga ega: bizneschilar o‘z manfaatlariga ega, foyda olishga intiladilar, hatto xatarli ishga qo‘l urishga ham tayyor, tashabbuskor, ishning siru-asrorlarini biladigan, o‘zaro iqtisodiy aloqalar madaniyatini egallagan bo‘ladilar. Ularning aloqalari hamma ishtirokchilar uchun naf keltiradi. Biznesmen - kapital egasi, mulkdor, mulkini kupaytirishga intiluvchi shaXs.

Biznes - bu ruhsat etilgan, jamiyat a’zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug‘ullanib, pul daromad topishni bildiradi. Biznes keng ma’nodagi qonuniy yo‘l bilan daromad topishga qaratilgan faoliyatdir. Biznesning mohiyati ayriboshlashdadir. Pulni tovarga va yanada ko‘proq pulni, ya’ni foydasi bilan qaytgan pulni tovarga ayirboshlash biznesning mohiyatini ko‘rsatadi: P–»T–P–»T Biznes ishbilarmonlik munosabati sifatida o‘z sub’ektlari (ishtirokchilari)ga ega, ya’ni yakka tartibda biznes bilan shug‘ullanuvchi kishilar, tadbirkorlar jamoasi va uyushmasi, yakka iste’molchilar birlashmalari va nihoyat, davlatning iqtisodiy idoralariga ega. Tadbirkorik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining «Tadbirkorlik sub’ektlari» deb atalgan 4-moddasida biznesning (tadbirkorlikning) sub’ektlari deb quyidagilar ko‘rsatilgan:



  • Xususiy tadbirkorlar;

  • Tadbirkorlar jamoasi va tadbirkorlik assotsiatsiyasi;

  • Mahsulot (xizmatlar, ishlar)ni iste’mol qiluvchi yoki ulardan foydalanuvchi aloxida va ko‘pchilik (jamoa) shaklidagi iste’molchilar va shuningdek iste’molchilar uyushmasi va assotsiatsiyalari;

  • Kontrakt asosida yollanib mehnat faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlar va kasaba uyushmalari;

- Bitim tuzishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etuvchi davlat, tuzilmalari (tadbirkorlarga xukumat buyurtmalarini berishda, baho belgilashda, maxsus ishlar va boshqalarni bajarishda imtiyozlar xajmini, tartibini aniqlashda).

Tadbirkorlik ob’ekti bo‘lib ishlab chiqarish omillarini samarador kombinatsiyasini okilona ishlab chiqish va natijada maksimal darajada daromad olish hisoblanadi.

Biznesga bozor orqali talab-ehtiyojni qondiruvchi faoliyat ham kiradi. Iste’molchilar (xaridorlar)ning biznesda ishtirok etishdan manfaati tovar va Xizmatlarni sotib olishlaridir. Tadbirkorlik biznesidan farqliroq iste’molchi biznesida hamma fuqarolar qatnashadi, ularning talab-ehtiyojlarini bozor orqali qondirish zarurati faol tadbirkorlikni talab qiladi. Tadbirkorlik biznesning bir qismi, u tovarlar ishlab chiqarish va xizmat turlarini ko‘rsatish yo‘li bilan daromad topishdir. Biznesga tadbirkorlikdan tashqari boshqa yo‘l bilan, masalan pul yoki qimmatbaho buyumlarni bankka qo‘yib, daromad topish yoki ijaraga berib pul topish kabilar kiradi, lekin bu faoliyat sohalarida yaratuvchilik yo‘q, ya’ni hech bir narsani yaratmay, u boylikdan boylik undirishdan iborat Xolos.




Yüklə 373,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin