Mavz: oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shUG‘ullanuvchilarning psixologik muammolari


III. Oliy Majlis ixtiyoridagi «Iqtisodiy isloxotlar va



Yüklə 373,5 Kb.
səhifə29/46
tarix10.05.2022
ölçüsü373,5 Kb.
#57136
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46
BMI Maxmudova

III. Oliy Majlis ixtiyoridagi «Iqtisodiy isloxotlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash Qo‘mita»si tadbirkorlikning xuquqiy asoslarini yaratadi va uni takomillashtirib (to‘ldirib, tuzatib) boradi. Qonun doirasida tadbirkorlar manfaatlarini himoyalash vazifalarini bajarib boradi.

IV. Vazirlar Mahkamasi qoshida kichik va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish bo‘yicha «Respublika Muvofiqlashtirish Kengashi» faoliyat ko‘rsatadi. Uning ixtiyorida 5 ishchi guruhi yaratilgan.

V. Davlat mulkini boshqarish va Tadbirkorlikni qullab-quvvatlash bo‘yicha «Davlat Mulk Qo‘mitasi» ham iqtisodiyotni va tadbirkorlik shakllarini yaratishning yagona siyosatini amalga oshirish bo‘yicha juda ko‘p muommalarni hal qiladi. Bulardan tashqari tadbirkorlarni o‘z-o‘zini qullab-quvvatlashning bir qancha shakllari yaratilib rivojlanib bormoqda.

Masalan, xunarmandlar uyushmasi, dehqon-fermer xo‘jaligi uyushmasi, ishbilarmon ayollar uyushmasi, turizm tashkilotlari assotsiatsiyasi va boshqalar.

O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksidagi soliq imtiyozlari ham kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashning muhim choralaridan hisoblanadi.


2.2. Oliy ta’lim muassasasini bitirib kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan Sshug’ullanish usullari

Inson u yoki bu yangi sharoit bilan to’qnash kelar ekan, yangi vaziyatga moslashish va unumli faoliyatni ta’minlash psixikaning asosiy vazifalaridan biridir. Psixologiya fanida bunday moslashish adaptasiya deb atalib, bu ibora yangi sharoitga xos bo’lgan shartlarni inson tomonidan o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Fanda qabul qilingan adaptasiya atamasidan foydalangan holda ushbu mavzuimizni bayon etamiz. Mehnat sosiologiyasi va psixologiyasida mehnat adaptasiyasining uchta o’zaro bog’liq tomoni farqlanadi: kasbga moslashish; moslashuvning psixofiziologik jihati va ijtimoiy-psixologik adaptasiya.

Adaptasiyaning kasb bilan bog’liq jihati tadbirkordan bajariladigan ishga qo’yiladigan talablarni o’zlashtirishni taqozo qiladi. Mehnat adaptasiyasining psiXofiziologik jihatiga korxonadagi mehnat sharoitining psixofiziologik va tibbiy-gigiyenik tomoni kiradi. Ijtimoiy-psixologik adaptatsiya deganda tadbirkorning mehnat jamoasidagi mavjud munosabat tizimiga moslashishi, jamoaga xos bo’lgan norma va qoidalar hamda unga guruh tomonidan belgilangan rolni va mavqeni qabul qilish jarayoniga aytiladi. Moslashuvning asosiy mohiyati insonning o’z atrofidagi shart-sharoit, ijtimoiy muhit talablarini qabul qilishi va o’zlashtirishida namoyon bo’ladi. Mazkur ta’rif tashkilot miqyosida tahlil etilganda tadbirkorning o’zi bajarishi lozim bo’lgan faoliyat bilan tanishishi hamda yangi muhit talabiga mos ravishda o’z xulqini o’zgartirib borishini nazarda tutamiz. Tashkilotda tadbirkorlar adaptasiyasi ishga yangi kelgan yoki o’zgargan mehnat sharoitlariga ko’nikishi lozim bo’lgan mutaxassisga tegishli deb qaraladi. Xususan, tadbirkorning yangi mehnat jamoasiga qanchalik tez moslashishi uning samarali mehnat faoliyatini erta boshlab yuborishidagi asosiy omildir. Hozirga kelib tashkilot yangi tadbirkorning moslashuvi uchun juda qat’iy shartlar qo’yyapti. Chunki ushbu sohadagi qiyinchilik quyidagi sabablar orqali belgilangan: (a) adaptasiya davri ancha qisqa vaqtni talab etadi; (b) tashkilotga yangi texnologiyalarning joriy etilishi ularni o’zlashtirishda ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi; (c) ustoz-shogird tizimining shakllanmaganligi; (d) hatto bir mehnat bo’limi, guruh ichidagi raqobatning mavjudligi. Sanab o’tilgan va shu kabi muammolar adaptatsiya jarayoni o’tishidagi asosiy qiyinchilikdir. Bundan tashqari qator tashkiliy-iqtisodiy va ijtimoiy omillar ham borki, ular yangi tadbirkorning ishga moslashuvini qiyinlashtiradi va ular o’z mohiyatiga ko’ra obyektiv omillar toifasiga kiradi. Bular qatoriga noqulay ish sharoitini, mehnatning og’irligi, tadbirkorlar o’rtasida majburiyat va huquqning noaniq taqsimlanganligi, tadbirkor malakasining kasb talablariga mos kelmasligi, bajariladigan mehnatni ta’minlovchi resurslar yetishmasligi, rag’batlantirish va haq to’lash tizimidagi xatolar, adolat tamoyilining buzilishi va boshqa sabablar kiradi.

Tashkilotda tadbirkorlar adaptasiyasiga yetarli e’tibor bermaslik korxona uchun nafaqat tashkiliy qiyinchiliklar, balki moddiy zarar ham olib keladi. Aniqlanishicha, ish paytidagi baxtsiz xodisalar yangi kelgan ishchilarda tajribalilariga nisbatan ko’p sodir bo’ladi. Ishdan bo’shayotganlar orasida ishga joylashganiga olti oydan kam vaqt bo’lgan tadbirkorlar ko’pchilikni tashkil qiladi.

Mehnat sotsiologiyasi va psixologiyasida mehnat adaptatsiyasining uchta o’zaro bog’liq tomoni farqlanadi: [1] Kasbga moslashish; [2] Moslashuvning psixofiziologik jihati va [3] Ijtimoiy-psixologik adaptasiya. Quyida mana shu adaptatsiya turlari haqida ma’lumot berib o’tamiz.


Yüklə 373,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin