Mavzu -3: Rang turlari. Axromatik va xromatik ranglar. Rеja: Axromatik va xromatik ranglar


Yorug‘lik yo‘nalishining o‘zgarishi. Yorug‘lik yo‘nalishining o‘zgarishi sabablari



Yüklə 119,08 Kb.
səhifə5/6
tarix22.05.2023
ölçüsü119,08 Kb.
#119256
1   2   3   4   5   6
Mavzu -3 Rang turlari. Axromatik va xromatik ranglar. Rеja Axr

3 .Yorug‘lik yo‘nalishining o‘zgarishi. Yorug‘lik yo‘nalishining o‘zgarishi sabablari. Yorug‘lik har xil jism va yuzalarda har xil tartibda tarqaladi. Xususan, yorug‘lik ba’zi yuzalarga tushirilganda sinib, o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi yoki ba’zilarga tushganda esa o‘sha predmet uni to‘la yutadi yoki ularni tartibsiz holda o‘zga tomonlarga yo‘naltirib yuboradi.
Ba’zi bir jismlar, shuningdek, metall jismlar nurni umuman qabul qilmasdan butunlay qaytaradi.
Nur tushish burchagi nur qaytarilish burchagiga tengdir. (12-rasm).
Tekis va silliqlangan yuzaga tushgan nur parallel tarzda sinadi. Notekis, ya’ni bo‘r, kley aralashmalik ranglarda bo‘yalgan yuzalarda diffuziyali nur (13-rasm) sinishi sodir bo‘lib, bu yorug‘likning remissiyalanishi deyiladi. Nurlar turli yuzalarga har xil burchak ostida tushadi. Shuning uchun nur sinishi hodisasi turlicha bo‘ladi. Ba’zi yuzalarda nurning asosiy qismi ichki molekulyar muhitga kirib (singib), faqatgina uning ichkarisini yoritib, tashqariga diffuziyalanib qaytadi.

13-rasm. Nurning 14-rasm Nurning bir qismi
diffuziyalanish hodisasi. jismning tanida absorbsiyalanadi.

Ba’zi jismlar nur dastalarini yutib yuboradi va uning molekulyar muhitida yo‘qolib, singib ketadi. Bunga absorbsiya hodisasi deyiladi. (14-rasm)


Nurlarning bo‘linishi. Nurlarni bo‘lish yo‘li bilan spektr olinadi. Spektr olish uchun shisha prizmaga kichik teshik orqali nur yuboriladi. Nur prizma orqali ekranga boshqarilganda unda spektr nurlari paydo bo‘ladi. Yorug‘likning turlicha sinishi oqibatida hamda uning to‘lqinlarini turlicha bo‘lishi oqibatida ekranda ranglar yo‘l-yo‘l bo‘lib tiziladi.
Ekranning yuqorisida uzun to‘lqinli-qizil, pastida eng qisqa to‘lqinli binafsha (фиалетовый) rangni ko‘rishimiz mumkin. Ularning o‘rtasida esa qolgan ranglar joylashadi.
Prizma yordamida ajratilgan muayyan uzunligidagi yorug‘lik to‘lqini monoxromatik yoki bir turli (misol uchun 500n.m.) yorug‘lik to‘lqini deb ataladi.
Aksincha uzunligi har xil bo‘lgan yorug‘lik to‘lqinlari xromatik yoki har turli yorug‘lik to‘lqinlari deyiladi.


Misol uchun:

To‘lqin uzunligi:

700 n.m.

600 nm

570 nm

510 nm

480 nm

420 nm

Rang

Qizil

oran. zarg‘aldoq

Sariq

yashil

ko‘k

binafsha

Berilgan yashil yorug‘likka nihoyatta qisqa enli qator tegishli bo‘lib, u 510 nm ni tashkil qiladi. Yashil yorug‘lik shuningdek 480 dan 570 nm miqdorida tuzilishi ham mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, muayyan uzunlikdagi yorug‘lik to‘lqini o‘z rangiga ega bo‘lib, faqatgina rang taassurotidan yorug‘lik oqimi tarkibi haqida xulosa qilib bo‘lmaydi.




Yüklə 119,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin