Mavzu -3: Rang turlari. Axromatik va xromatik ranglar. Rеja: Axromatik va xromatik ranglar



Yüklə 119,08 Kb.
səhifə2/6
tarix22.05.2023
ölçüsü119,08 Kb.
#119256
1   2   3   4   5   6
Mavzu -3 Rang turlari. Axromatik va xromatik ranglar. Rеja Axr

2. Rang tuslari. Naqqoshlik darslarida ranglar bilan ishlashda talabalarni ko’pcxilik hollarda qiynab qo’yadigan narsa ularning ranglarning o’zbеkcha nomlarini yaxshi bilmasliklaridir.
Ma'lumki, bo’yoqlarning 150 dan ortiq ruscha tuslari (aytiladigan nomlari) mavjud, o’zbеk tilida esa ularning nomlari atroflicha ko’rib chiqilmagan. Shuning uchun rang to’g’risida gapirilayotganda, turmushda bor bo’lgan byumlar, gullar, o’simliklar va shu kabilarning nomlaridan foydalaniladi. Masalan, baxmalrang, jiydarang, bodom rang, olov rang, o’t rang yoki maysarang va hokozo. Ammo, xildagi shartli nomlar ko’pincha ranglarning tuslarining aniq tasavvur qilish imkonini bеrmasligi mumkin. Shuning uchun bo’yoqlarning xususiyatlari bilan tanishishda ularni maxsus guruhlarga ajratib va bir-biriga boqlab o’rganish ma'qul. Masalan, sariq rang o’rganilayotganda uning tarkibiy qasmini hosil qilish yo’lini, ishlatish va qo’llanish usullarini hamda boshqa tuslarini ko’rib o’tish tavsiya etiladi. Shuni esda tutish lozimki, har bir rang atrofida uning o’ziga yaqin tuslari mavjud. Masalan, ranglar spеktorida qizil rangning tеpasiga yoki pastki qatoriga qarasak, uning yuqorida sariq rang joylashganligi uchun sariqqa, pastda esa zangori rang joylashganligi uchun zangoriga xos tuslari bor. Xuddi shuningdеk, boshqa ranglarning atrofida ham har ikkala rangga tеgishli rang tuslari bor.


3. Yorug‘lik. Yorug‘lik xususiyatlari.
Biz ko`rayotgan yoritilgan buyumdan qaytgan yorug`lik ko`z qorachig`i orqali ko`zimizga o`tadi va ko`z ichidagi asab xujayralarini qo`zg`atadilar. Bu hujayralar asab tolalari orqali miya bilan bog`langanligi tufayli ko`z yorug`ligi miyaga o`tadi va ongimizda buyumni ko`rish tuyg`usi paydo bo`ladi. Biz buyumni ko`ramiz. Atrof muhitni bunday ko`rish qobiliyati ko`rish deb, ko`rish a'zosi esa ko`z deb ataladi.
Biz sezgi organlarimiz orqali atrof muhit haqida juda ko`p ma'lumot olamiz. Bu ma'lumotlarning 90% ni ko`rish orqali qabul qilamiz. Yorug`lik oqimi bu ma'lumotlarni eltuvchi hisoblanadi.
Yorug`lik oqimida molekulalar ham, atomlar ham, elektr zaryadlari ham, xullas moddaning boshqa biror zarralari ham yo`q. Yorug`lik modda zarralari tabiatiga qaraganda o`zgacha tabiatli zarralari oqimi. Yorug`lik zarralari fotonlar deb ataladi. Ular massa va energiyaga ega. Fotonlar oqimi yorug`lik manbaidan yoritilayotgan jismga energiya eltadi. Bu energiya yorug`lik energiyasi yoki yorug`likning nurlanish energiyasi deb ataladi.
Fotonlar modda molekulalari, atomlari va elektronlari bilan o`zaro ta'sirlashadi. Yorug`lik ta'sirida jismlar qiziydi. Metalldan elektronlar ajralib chiqadi, natijada metallar elektrlanadi. Yorug`lik har xil kimyoviy ta'sirlarni vujudga keltiradi. Metallar rangini yo`qotadi, fotoplastinka fotoplyonkalarni qoraytiradi. Yorug`lik ta'sirida o`simlik barglarida xlorofill hosil bo`ladi.
Juda nozik tajribalar yordamida yorug`likning jismlarga bosimini, ya'ni mexanikaviy ta'sirini sezish mumkin.

Yüklə 119,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin