Tarbiyaviylikprinsipio‘quvchilarga fanga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga harakatini, ularni egallash va mustaqil kengaytira olishga o‘rgatishni o‘z ichiga oladi, shu bilan birga ularda tafakkurni shakllantirish, matematik tushuncha va tasavvurlar bilan boyitish, xotira va diqqatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarbiyalash kabi ishlarni amalga oshirishni talab etadi.
Bu prinsip o‘qitishda o‘quvchida ziyraklik, topqirlik, aqllilik xislatlari bilan birga iroda, chidam, qo‘yilgan maqsadga erishishda sabot, puxtalik va aniqlik, shuningdek vatanga muhabbat kabi hamda rostguylik, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalash ham matematika darslarida amalga oshirilish imkoniyatlari mavjudligini ifodalaydi.
Ko‘rgazmalilikprinsipi matematika o‘qitishning eng muhim prinsiplaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Ko‘rgazmalilik matematika o‘qitishda quyi sinflarda keng qo‘llanilishi bilan birga ayniksa geometriya o‘qitishda keng foydalaniladi. Bu prinsipni chex pedagogi Ya.A.Komenskiy asoslagan, rus pedagogi K.D.Ushinskiy esa ko‘rgazmalilik bolalar ruhiy xususiyatlariga javob beradi deb hisoblagan. U o‘quvchilar tasavvurlar doirasini kengaytiradi, ta’limda konkretlilik, qiziquvchanlik va fikrlashni rivojlantiradi.
Onglilik, faollik va mustaqillik prinsipini amalga oshirishquyidagishartlarnibajarishnitalabetadi:o‘quvchilarning fan ma’lumotlarini, o‘quv materialini egallashi, uni chuqur fikrlay olishi, bilimlarni yangi sharoitlarda amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi, bilimlarni ishonchga, amalda qo‘llanmaga aylanishi sifatida tushuniladi.
Puxtalik prinsipio‘quvchilarning ta’limni muvaffaqiyatli davom ettirishlari uchun, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni qobiliyatlarini rivojlantirish amaliy faoliyatga tayyorlash uchun zarur.