Mavzu -4: Matematika o‘qitish prinsiplari, matematika o‘qitish vositalari



Yüklə 168,55 Kb.
səhifə2/9
tarix25.12.2023
ölçüsü168,55 Kb.
#196802
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4-Mavzu (1)

Tarbiyaviylik prinsipi o‘quvchilarga fanga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish, yangi bilimlarni o‘zlashtirishga harakatini, ularni egallash va mustaqil kengaytira olishga o‘rgatishni o‘z ichiga oladi, shu bilan birga ularda tafakkurni shakllantirish, matematik tushuncha va tasavvurlar bilan boyitish, xotira va diqqatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarbiyalash kabi ishlarni amalga oshirishni talab etadi.

Bu prinsip o‘qitishda o‘quvchida ziyraklik, topqirlik, aqllilik xislatlari bilan birga iroda, chidam, qo‘yilgan maqsadga erishishda sabot, puxtalik va aniqlik, shuningdek vatanga muhabbat kabi hamda rostguylik, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalash ham matematika darslarida amalga oshirilish imkoniyatlari mavjudligini ifodalaydi.

  1. Ko‘rgazmalilik prinsipi matematika o‘qitishning eng muhim prinsiplaridan biri bo‘lib, u o‘quvchilarning chuqur va puxta bilim olishlari uchun asosiy sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. Ko‘rgazmalilik matematika o‘qitishda quyi sinflarda keng qo‘llanilishi bilan birga ayniksa geometriya o‘qitishda keng foydalaniladi. Bu prinsipni chex pedagogi Ya.A.Komenskiy asoslagan, rus pedagogi K.D.Ushinskiy esa ko‘rgazmalilik bolalar ruhiy xususiyatlariga javob beradi deb hisoblagan. U o‘quvchilar tasavvurlar doirasini kengaytiradi, ta’limda konkretlilik, qiziquvchanlik va fikrlashni rivojlantiradi.

  1. Onglilik, faollik va mustaqillik prinsipini amalga oshirish quyidagi shartlarni bajarishni talab etadi: o‘quvchilarning fan ma’lumotlarini, o‘quv materialini egallashi, uni chuqur fikrlay olishi, bilimlarni yangi sharoitlarda amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi, bilimlarni ishonchga, amalda qo‘llanmaga aylanishi sifatida tushuniladi.

  2. Puxtalik prinsipi o‘quvchilarning ta’limni muvaffaqiyatli davom ettirishlari uchun, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni qobiliyatlarini rivojlantirish amaliy faoliyatga tayyorlash uchun zarur.


  3. Yüklə 168,55 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin