Reja: Kirish 1. Muloqot va shaxslararo munosabatlar. 2. Muloqot kishilarning o`zaro munosabatga kirishish jarayoni 3. Muloqot ma’lumot almashinuvi jaryoni. 4. Muloqotning interaktiv va perseptiv tomoni. 5. Tadbikiy ishlar va ilmiy izlanishlarning zarurligi. 6. Yoshlarni yangi demokratik munosabatlarga tayyorlash. Xulosa Foydalanilgan adabitotlar ro`yxati
Kirish MTTda konfliktli holatlar va ularni hal etishda tarbiyachining o’rni. Tarbiyachilik kasbiga hos muomala va muloqot. Guruhlardagi ijobiy ahloqiy- psixologik muhit.Bolalar o’rtasida o’zaro ijobiy munosabatlarni rivojlantirish, bolaning tengdoshlari bilan, tarbiyachining hamkasblari va ota-onalar bilan yuzaga kelgan ziddiyat va muammolarni hal eta olish;
Shaxs insoniy munosabatlar tizimida
Shaxsning ijtimoiy psixologik qiyofasi masalasi bugungi kunda o‘ta muhimdir. Zero, har bir shaxsning jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga munosabati, ularni idrok qilishi va anglash darajasi, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatining tabia- ti, xulqidagi ijtimoiy yo‘nalishlar katta ahamiyatga egadir. Ayniqsa bolaning voyaga yetishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi, ya’ni ijtimoiy munosabatlar muhitiga kirib borishi, uning shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ma’lumki, shaxsning ijtimoiylashuvi asosan maktab yillariga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun maktab oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalardan biri bolaning kamoloti uchun sharoit yaratish, uning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiyaning eng ma’qul usullarini joriy etishdir. Layoqatini ilk yoshligidan aniqlash, iqtidorini har taraflama o‘stirish, testlar vositasida bilimlarini oshirish va hokazo. Shaxs — ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining eng asosiy sababi uning doimo insonlar davrasida, ular bilan o‘zaro ta’sir doirasida bo‘lishini anglatadi. Bu shaxsning eng yetakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Muloqot — shaxsning individual rivojlanishi jarayonida namoyon bo‘ladigan birlamchi faoliyat turlaridan biri bo‘lib, u insondagi kuchli ehtiyojlardan biri — inson bo‘lish, odamlarga o‘xshab gapirish, ularni tushunish, sevish, o‘zaro mu- nosabatlarni muvofiqlashtirishga qaratilgan ehtiyojlar idan kelib chiqadi. Shaxs o‘z taraqqiyotini aynan shu faoliyat turini egallashdan boshlab, nutqi orqali (verbal) va nutqsiz vositalar (noverbal) yordamida boshqa faoliyat turlarini mukammal egallashga zamin yaratadi. Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishini, bir-birlariga turli xil ma’lumotlar uzatishini, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning muloqotga kirish qo-biliyati bilan bevosita bog‘liq. Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud bo‘lib, dastlabki bosqich odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T. Shibutaning «Ijtimoiy psixologiya» kitobida «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi», — deb yozgan edi. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchiliklarni boshidan kechiradi, deyish mumkin. Demak, boshqalar bilan muloqot muloqotning ikkinchi bosqichidir. Uchinchi bosqich avlodlar o‘rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o‘z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo‘ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg‘or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan avlodga uzatadilar. Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o‘rtasida ro‘y beradigan fikrlar, his- kechinmalar, tashvish-u quvonchlar almashuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lgani sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgani sari taraflar o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladi-ki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki «yarimta» jumladan ham ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi. Ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig‘izligi reaksiyalari, bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Masalan: oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning barcha a’zolari o‘rtasida emas, uning ayrim a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin (ona-bola, qaynona-kelin va h.k.). O‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlarning bu munosabatlardan ko‘zlaydigan asosiy maqsadlari o‘zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo‘lsa «jozibasi», betakrorligi shundaki o‘zaro bir xil o‘ylashlari va gapirishlari mumkin emas. Har qanday faoliyatdan zerikish, charchash mumkin, faqat odam muloqotdan ayniqsa uning norasmiy, samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihat- dan rag‘batlantiriladilar. XXI asr bo‘sag‘asida odamning eng tabiiy muloqotga ehtiyoji uning sirlaridan xabardor bo‘lish va o‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga ehtiyoji yanada oshdi va buning qator sabablari bor. Birinchidan, axborotlarning ko‘pchiligi aynan inson faoliyatiga aloqador ma’lumotlarni saralash u bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Ikkinchidan, turli kasblar faoliyat sohasida ishlayotgan odamlar guruhining ko‘payishi, ular o‘rtasida munosabatlar va aloqaning dolzarabligi, axborotlarning tig‘iz sharoitda oddiygina muloqotni emas, balki professional bilimdonlik asosidagi muloqotni talab etadi. Uchunchidan, oxirgi paytlarda kasb-hunarlar soni shunday ortdiki, ular sotsionomik guruh kasblar deb atalib urarda «odam-odam» dialogi faoilyatning samarasini belgilaydi. Masalan: pedagogik faoliyat, boshqaruv tizimi, turli xil (servis) marketing xizmatlari va boshqalar shular jumlasidandir.