Мавзу : Билиш жараёнларинг инсон рухиятига таъсири


Muloqot mavzui va yo`nalishiga ko`ra



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə4/4
tarix23.08.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#63219
1   2   3   4
Safarova Nafisa psixologiya40

Muloqot mavzui va yo`nalishiga ko`ra
Ijtimoiy yo`naltirilgan ( keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan).
Guruhdagi predmetga yo`naltirilgan (mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki biror topshiriq bajarish jarayonidagi muloqot).
Shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o`z muammolarini yechish maqsadida o`rnatgan munosabatlari).
Pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o`rtasida amalga oshiriladigan murakkab o`zaro ta’sir jarayoni).
Har bir muloqot turining o`z qonun-qoidalari , ta’sir usullari va yo`l-yo`riqlari borki, ularni bilish har bir kishining, ayniqsa, odamlar bilan doimo muloqotda bo`ladiganlarning burchidir
Muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi quyidagicha:
Muloqotning kommunikativ tomoni ― muloqotlarga kirishuvchilar o`rtasidagi ma’lumot almashinuvi jarayoni.
Muloqotning interaktiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning xulq-atvoriga ta’siri.
Muloqotning perseptiv tomoni ― muloqotga kirishuvchilarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog`liq bo`lgan murakkab psixologik jarayon.
Muloqotning har bir tarkibiy qismi bilan alohida tanishib chikamiz.
Muloqotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar g`oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― bu til.
Yozma-ogzaki, monologik-dialogik nutq.
Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qizikishlariga, bir-birlariga bulgan munosabatlariga,maqsadlariga bevosita bogliq bo`ladi. O`qituvchi-o`quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi.
Monologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati― fikrlarning mantiqan tugal bo`lishi, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Odamlarning muloqot jarayonida so`zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglardan ham foydalanadilar. Mimika, ko`z qarashlar, to`xtashlar ifodalari va hokazo. Buyuk rus yozuvchisi L.Tolstoy odamlarda 97 xil kulgu turi, 85 xil ko`z qarashlar turi borligini kuzatgan. Andreyevaning yozishicha, odam yuz ifodalari, nigohlarining 2000 ga yaqin ko`rinishlari bor.
Bu noverbal muloqot vositalarining milliy va hududiy xususiyatlari bor. Masalan o`zbek xalqining muloqot jarayoni boy, o`zaro munosabatlarning bevosita xarakteri unda shunday vositalarning ko`proq ishlatilishi bilan bogliq. Bolgarlar biror fikrni tasdiklamoqli bo`lishsa, boshlarini chayqashadi, inkor etmokchi bo`lishsa, bosh siltashar ekan.
Noverbal muloqatda suhbatdoshlarning fazoviy joylashuvlari ham ahamiyatga ega: Masalan, ayollar hissiyotga berilganligi uchun bir – birlari bilan yaqin turib gaplashar ekanlar, erkaklar o`rtasida masofa bo`lar ekan.
O`quvchilarni partada orqama – ketin o`tkazgandan ko`ra doira shaklida o`tkazilsa, ularda javobgarlik hissi yuqoriroq bo`lar ekan, emotsiyalar almashgani uchun ham guruhdagi psixologik vaziyat ijobiy bo`lib, bolalarning predmetga va bir – birlariga munosabatlari ancha yaxshi bo`lar ekan.
Demak ta’lim – tarbiya jarayonini tashkil etishda muloqotning barcha vositalariga, ayniqsa, nutqqa e’tibor berish kerak. Bolalarni ilk yoshlik choglaridanoq nutq madaniyatiga o`rgatish, nutqlarini o`stirish choralarini ko`rish zarur. Pedagog ham nutq madaniyatiga ega bo`lishi kerak.
Muloqotning interaktiv tomoni – kishilarning birgalikdagi f aoliyatda bir – birlariga amaliy jihatdan ta’sir etishlari. Hamkorlikda ishlash, bir – birlariga yordam berish, bir – birlaridan o`rganish, harakatlar muvofiqligiga erishish kabi qator qobiliyatlarni namoyon qilish mumkin.
Odamlarning turli sharoitlarda o`zlarini tutishlari xulq – atvorlarining boshqarilishi ma’lum psixologik qonuniyatlarga bog`liqligini ko`rish mumkin. Bunga sabab jamiyatda qabul qilingan turli normalar, qonun qoidalardir. Chunki o`zaro muloqot va o`zaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti – harakatlar obrazlari kishilar ongiga singib tasavvurlar, xislatlar orqali boshqa birovni tushunishga harakat qilish, o`zini boshqa birov bilan solishtirish, masalan: 1 – martda uchrashuvga ketayotgan yigitning holatini uning o`rtogi yoki akasi tushunishi mumkin.
Refleksiya – muloqot jarayonida suhbatdoshning pozitsiyasida turib, o`zini tasavvur qilishdir, o`ziga birovning ko`zi bilan qarashga intilishdir. Masalan: guruhdoshingizdan biriga ko`ylagi yarashmaganini aytish mumkin, 2-chisiga aytsam kuyyapti deb o`ylaydi deysiz.
Stereotipizatsiya – odamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o`rnashib qolgan, ko`nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish, bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to`gri yunalishini ta’minlasa, ba’zan xatoliklarga sabab bo`ladi. Masalan: qizlarning shim kiyib yurishi yoki velosiped minishi. Ko`pchilik bunday qizlarni odobsiz deb o`ylaydi, bu notugri, albatta.
Ba’zan kishini tashqi qiyofasidan uning xarakterini aniqlaydi. M: shunday tajriba o`tkazilgan: talabalarga turli qiyofadagi kishilarning rasmi ko`rsatilgan, ular iyagi katta kishilar kuchli irodaga ega, peshonasi keng odamlar-aqlli, sochi qattiq odam- qaysar , bo`yi past odam- hokimiyatga intiluvchi, chiroyli odam- o`ziga bino qo`ygan yoki nodon bo`lishini aytganlar. Bular albatta, to`g’ri emas. Lekin kishilarning ongida avloddan avlodga o`tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Natijada odam haqida tushunchaning shakllanishida u qaqida bo`lgan ma’lumot katta rol o`ynaydi.M: Bodalyova talabalarning 2 guruhiga bir odam portretini ko`rsatib, uni 1-guruxga –jinoyatchi, 1-guruh talabalariga esa olim deb tanishtirgan.
1- guruhdagilar uning ko`zlarini- yovuz, beshavqat desa;
2- gurugdagilar uning ko`zlarini- dono, muloyim deyishgan.
Odamlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, o`zini tutishi, hissiy holati, ovozi, qiliqlari, yurishi va x.k. ishlarining ichida odamning so`z muloqot manba’i suhbatdoshiga eng ko`p ma’lumot beradi.
Odamning bir -birlarini to`g’ri anglashlari idrok( asosiy bilish) soshasiga aloqador, bir-birlarini tushunishlari esa ularning tafakkur sohasiga aloqador, murakkab jarayondir. Boshqa odamni to`g’ri tushungan shaxs uning hissiy holatiga ko`ra olgan hissoblanadi. Ya’ni unda empatiya- birovlarning his- kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan biladi.Yuksak ongli, madaniyatli, « ko`pni ko`rgan» shaxsgina boshqalarni to`g’ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin.
Psixoliklar turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va har bir vaziyatda ulardan o`tkir didlik, odob, kishilarning psixologiyasini bilgan holda ularni to`g’ri tushunish malakasi talab qilinadi. Bo`lg’usi psixolog bu borada quyidagi qonuniyatlarni bilishi kerak:
1.Birinchi ko`rgan odam haqida faqat birlamchi tasavvurgina bo`lishi mumkin.
2. Biror kishi haqida berilgan malumotga asosan muayyan fikr hosil qilish oson, lekin uni o`zgartirish qiyin.
3. Intellekt juda yuqori bo`lsa ham, juda past bo`lsa ham boshqa odamni tushunish qiyin.
4.Maxsus tayyorgarlik bo`lishi kerak.Tajribada 5-kurs psixologlari bilan rassomlarni odamlarga bergan bahosi solishtirilgan, rassomlarni bergan bahosi aniqroq bilib chiqqan.
1. Bitta odamning baholash topshirig’i berilganda og’riqni boshdan kechirayotgan odamlar unda johillik sifati bor deb baholaganlar, yaxshi holatda bilganlarida esa xuddi isha odamni yaxshi sifatlarga ega deb aytganlar-demak, biror kishiga baho berish- odamning emotsional holatiga ham bog’liq ekan.
2. Shaxsning ochiqligi- ya’ni ochiq, samimiy odamning bergan bahosi bilan tund, pismiq odamning baholari o`rtasida sifat jihatidan farq.
Aktiv holat. Bu - agar kreslo yoki divan kabi mebel bo’lsa, unga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so’ziga  qiziqishni bildiradi
Samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o’ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o’zining har bir so’ziga uni ham ko’ndirishning samarali yo’lidir
O’ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o’zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish
Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar sozlardir.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar: tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.
Noverbal ta’sir - Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa va signallar kiradi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bo`lg’usi pedagog -psixologlardan psixolik bilimdonlik talab etiladi. Buning ijtimoiy- psixolik treninglar yordamida amalga oshiriladi. Odamlarda muloqot malakalari hosil qilinib, ular turli ijtimoiy sharoitlarda o`zini to’g’ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha aytganda, trening muloqotga o’rgatishdir. Muloqotga o’rgatish hozirgi zamon kishisining turli ishlab chiqarish va muomala sharoitlarida to’g’ri moslashishga yordam beradi.
Buning uchun maxsus tayyorgarlik guruhlari yoki trening guruhlari tashkil etishni psixologlar taklif etishgan.
G’arbda shu maqsadda T- guruhlar tashkil qilinib, muloqot jarayonida qiyinchilik his etayotgan kishilar taklif etilgan. Ijtimoiy pisixologik treningning asosiy usullari- guruhiy munozaralar, rolli o’yinlar, psixolik sezgirlikni oshiruvchi treninglardir. Trening guruh a’zolari 7-15 kishigacha bilib mashg’ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom etadi.
Ularning muloqot manbaida o’zini «o’zgalar» o‘rniga qo’yish, ularning ichki olamini to’g’ri tushinish qobiliyati va istagi tarbiyalanadi.
Ijtimoiy psixologik treninglarga quyidagi metodik talablar qo’yiladi:
1. Munozara yoki o’yinlar jarayonida ar bir ishtirokchi vaziyatni yoki rolni faol o’zlashtirib, shar bir holatdan o’zi uchun xulosa chiqarishga olib kelish zarur.
2. T- guruhlarda muloqotning nutq shakllaridan tashqari, nutqsiz-noverbal shakllari ham keng qo’llanishi, ya’ni har bir ishtirokchi (o’rganuvchi) har bir harakat, ritmning mohiyatini ham tushunib uni hayotda ishlatishga ham erishish zarur.
3. Har bir ishtirokchi kundalik yuritib, uni har galgi mashg’ulotlardan so’ng o’ziga his- kechinmalari, muammolarni yechishdagi shaxsiy ishtiroki, tasavvurlarini odilona yozib borishi muhimdir.
4. T- guruhga qatnashish ixtiyoriy bo’lganligi uchun, har bir a’zo mashg’ulotlarni qoldirmaslikka harakat qilishi zarur,- chunki bu a’zolarning o’zaro munosabatlariga, guruhning muhitiga bevosita ta’sir qiladi.
1. Mashg’ulotlar maxsus xonalarda, shovqin surondan xoli yerda tashkil etilishi, shinam bo’lishi kerak.
2. Mashg’ulot o’tkazuvchi trener- maxsus tayyorgarlikdan o’tgan, xushmuomala, did bilan kiyingan, o’z kayfiyati yoki o’yinga shaxsiy munosabat bilan mashg’ulotlarning tabiiy kechishiga xalaqit bermasligi, sabr-toqatli, madaniyatli bo’lishi zarur.
Mashg’ulotlarni «yumaloq stol» yoki «to’rtburchak» stol atrofida gilam ustida, ba’zan tik turgan holda ham o’tkazish mumkin.
Hozirgi davrda T- guruhlar rahbarlarni muloqotga tayyorlash, ma’sul shaxslarni qayta tayyorlash kurslarida, psixologlar davrasidagina o’tkazilmoqda. Muloqotdagi bilimdonlik barcha mutaxassislarga zarur.
Amaliy psixolog xox maktabda bo’lsin, xox sanoat korxonasida yoki boshqa o’quv yurtida bo’lmasin, mahalliy sharoitni chuqur o’rgangan xolda, u yerdagi rahbariyat bilan kelishib, T- guruhlar tashkil etmog’i va ham o’zining, ham atrofdagilarning bilimdonligini oshirib bormog’i zarur.
Fan amaliyotga - degan tamoyil bugungi kunda har qachongidan ham dolzarb masalaga aylangan. Chunki yoshlarni mustaqil davlatimiz ma’naviy negizlarini teran anglashga o’rgatish va ularni ma’rifatga chorlash jarayonida qator tadbiqiy vazifalarni amalga oshirishni taqazo etadi.
Ilm-fan taraqqiyotini uzoq davri shu bilan tavsiflanadiki, olimlar va tadqiqotchilar ko’proq nazariy masalalarni hal qilish, umumiy qonun qoidalarni sharxlash, tushuntirish orqali jamiyat va insoniyat taraqqiyotini yoritishga o’rganishlari ko’p uchraydi. Bu qoida pedagogika va psixologiya fanlariga ham tegishli.
Dolzarb muammolardan biri- yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga ruhiy jihatdan tayyorlashdir. Ma’naviyat sohasidagi islohotlar yoshlarda o’z xalqining madaniyati, Vatanning o’tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to’g’ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bo’ladi va bu- ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s.
4. www.expert.psychology.ru 
5. www.psycho.all.ru 
Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin