Bu mashqni asosan 5-7-sinflarga qo`llash maqulroq.
Bu mashq bilan o`quvchining zehnini baholash mumkin.
Bu metodda fanga mos sur’atlarni tanlash kerak.
Bu sur’at zoologiya fanida qo`llash uchun.
“Yalpi fikriy hujum” metodi
Bu matn bialogiya faniga mo`ljallangan. Bu usulda sinfni 6ga bo`lamiz va 3 xil mavzu beramiz. Berilgan rasm bo`yicha ilmiy va badiiy matn tuzing.
Matnlarni o`quvchilar o`qib berishadi va eng yaxshi yozilgan ilmiy va badiiy matn guruhdan tanlab olinadi. Matn yozishga 15 daqiqa vaqt ajratilishi kerak.
«Qora quti » metodi
O`quvchilarni 6ta guruhga bo`lamiz. Har bir guruhga bittadan topshiriq beramiz. Qaysi guruh topshiriqni aniq va to`gri bajarsa u guruhdan bir kishi o`qituvchi vazifasini bajaradi. “o`qituvchi”har bir guruhga berilgan so`zlarga o`ntadan misol yozishni buyiradi. Bu jarayon o`qituvchi tomonidan ham sinchkovlik bilan kuzatib boriladi.
«3/3» («4/4», «5/5», ...) metodi
Morfologiya kursini yakunlashga doir mashqlar bajarish.
II.Ikkinchi guruh- morfologik birliklarning ma’nosini izohlaydi;
III. Uchinchi guruh- har bir morfologik birlikka kamida 2tadan misol aytadi.
Bu mashqni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Morfologiya bo`limiga oid tushunchalarni ajratib, ularning ma’nosini sharhlang.
«Qizil va yashil rangli kartochkalar bilan ishlash » metodi
o`qituvchi tahsil oluvchilarining soniga ko`ra har bir tahsil oluvchi uchun qizil va yashil rangli kartochkalar hamda mavzuga oid savolnoma tayyorlanadi;
– savolnomadan “ha” yoki “yo`q” tarzida javob berish mumkin bo`lgan savollar o`rin olgan;
–tahsil oluvchilarga qizil rangli kartochkalarning “tasdiq”, yashil rangli kartochkalarning “inkor” ma’nosini anglatishi uqtirib o`tiladi;
– tahsil oluvchilar o`qituvchi tomonidan berilgan savollarga “tasdiq” yoki “inkor” ma’nolarini anglatuvchi kartochkalarni ko`rsatish asosida javob qaytaradilar.
“Aql charxi” o`yini
Bu o`yinda o`quvchilarning topqirligi,chaqqonligi asosiy rol o`ynaydi.
O`quvchilar rasm orasidan raqam qidirishadi. Raqam qidirish uchun 60 sekunt vaqt beriladi.
Sinf o`quvchilari 2ga bo`linadi. Har bir guruhda bitta-bittadan o`quvchi chiqib raqam izlaydi.
Shart oxirida ko`p raqam topgan guruh g`olib bo`ladi.