Mavzu : iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalar 1-§. Iste’mol va jamg‘armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi


-§. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar



Yüklə 171,1 Kb.
səhifə5/10
tarix18.09.2023
ölçüsü171,1 Kb.
#145119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3-§. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar

Investitsiyalar yalpi sarflarning asosiy tarkibiy unsurlaridan biri hisoblanadi. Investitsiyalar darajasi jamiyat milliy daromadi hajmiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi, milliy iqtisodiyotdagi ko‘plab mutanosibliklar investitsiya hajmining o‘sish sur’atiga bog‘liq bo‘ladi. Investitsiyalar mamlakat miqyosida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ob’ektlari qurish, stanok, uskuna va shu kabi uzoq muddatli foydalaniladigan asosiy kapitallarni sotib olish, ishga tushirish bilan bog‘liq sarflarni bildiradi.


Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar - investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs - investor deyiladi.
Hozirgi davrda «…iqtisodiyotga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalarni keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoitni, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kengaytirish»1 alohida ahamiyatga ega.
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo‘lib aholi keng qatlamlari (ishchilar, o‘qituvchilar, vrachlar va boshqalar)ning jamg‘armalari hisoblanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg‘arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo‘lishi va bo‘lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg‘arma jamiyatdagi ko‘pchilik sub’ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. SHuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalar jamg‘armasi ham investitsiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu o‘rinda «jamg‘aruvchi» va «investor» bir sub’ektda mujassamlashadi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o‘z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg‘armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag‘lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag‘lar (aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari);
- davlat byudjeti mablag‘lari;
- chet elliklar mablag‘lari.
Mamlakatimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar davomida o‘zgarib bormoqda (5-jadval). Jumladan, yildan yilga davlat byudjeti mablag‘larining ulushi kamayib, chet el investitsiyalari va kreditlari hamda aholi mablag‘larining ulushi oshib bormoqda.



Yüklə 171,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin