XULASA VA TAKLIFLAR 1. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligi uning ilmiytexnikaviy, ishlab chiqarish salohiyatini hamda kadrlarini faol va nofaol iqtisodiy tahdidlardan, masalan, davlatning samarasiz ilmiysanoat siyosatidan yoki tashqi muhitda yuzaga kelgan tahdidlardan himoyalanganligidir.
2. Korxonaning iqtisodiy xavfsizlik borasidagi strategiyasini puxta ishlab
chiqish va uni samarali amalga oshirish milliy iqtisodiyotning eng muhim dastagi bo’lgan korxonalarning barqaror o’sishi va rivojlanishi uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi.
3. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni
amalga oshirish uchun uning xavfsizligiga tahdid soladigan xavf-xatarlarni bilish kerak bo’ladi. Buning uchun korxonaning iqti/diy xavfsizligini ifodalaydigan parametrlarni o’rganish va ularni tahlil qilish kerak bo’ladi.
Korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadigan xavf-xatarlar
kelib chiqish manbalariga ko’ra ichki va tashqi tahdidlarga ajratiladi. Korxonaning iqtisodiy xavfsizligiga ta’sir ko’rsatadigan ichki tahdidlar asosan ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladi.
Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti xisoblanadi. Korporativ boshqaruvni tubdan o’zgartirish lozim. Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi, korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy xisobot shakllari qabul qilindi, ularni o’rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir kator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar xam kam emas. Moliyaviy tahlilni o’tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar , mutaxassislar .
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXAT Vahobov A., Jumaev N., Burxanov U. Xalqaro moliya munosabatlari. –T.:
Sharq,2016.-400b.
Abdullaeva Sh.Z. Bank ishi. Darslik. - T.:Iqtisod-moliya, 2010.
38.Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. Darslik. T.: Moliya., 2017 y.
I.Karimov I.A. 2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni
amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil
davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l
ochib berish – ustuvor vazifamizdir. 2014 yilda mamlakatimizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar
Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi 17.01.2015 yil
Internet saytlari. www.press-service.uz - O’zbekiston Respublikasi Prezidenti axborot markazi sayti .
www.gov.uz - O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rasmiy sayti
www.cbu.uz- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti
www.soliq.uz - O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi rasmiy sayti
www.mf.uz - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti