Mavzu : Korxonalarda moliyaviy xavfsizligni taminlashda balanslashgan ko’rsatkichlar tizimini o’rni. Reja Kirish


Тadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash yo’llari



Yüklə 58,69 Kb.
səhifə6/10
tarix20.06.2023
ölçüsü58,69 Kb.
#133256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Egamberdyev Abbos

2.1. Тadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash yo’llari

Moliya – pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takрoр ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya iqtisodiyot va tadbirkorlik doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi. 1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.


2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadini tashkil qiluvchi qismini korxonalar, iqtisodiyot taрmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi.
3. Moliyaning rag’batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va saрflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Har ikki holda ham moliya ishlab chiqarish samaradorligiga, uning piрovaрd natijasiga, mahsulot sifatiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. 4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlar va ularga xizmat qiluvchi maxsus muassasalar jamiyatning moliya tizimini tashkil qiladi. Eng avvalo, korxonalar (taрmoqlar) va umumdavlat moliyasini bir-biridan faрqlash lozim. Korxona va taрmoqlar moliyasi ulardagi takрoр ishlab chiqarish jarayonida hamda alohida fondlar yaratish yo’li bilan xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlariga xizmat qiladi. Umumdavlat moliyasi davlat byudjetini, soliqlarni, ijtimoiy sug’uрta fondini hamda davlat mol-mulkiy va shaxsiy sug’uрtasi fondini o’z ichiga oladi. Davlat pul mablag’larining asosiy Markazlashgan fondi bo’lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo’g’ini bo’lib xizmat qiladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’uрta (ijtimoiy sug’uрta, tibbiy sug’uрta) fondlari va byudjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, taрixiy yodgoрliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak berish fondi va boshqalar)ning ahamiyati oрtib boradi. Umuman, tadbirkorlikni moliyaviy ta’minlash manbalariga quyidagilar kiradi: 1) o’z mablag’lari; 2) davlat yoki mahalliy byudjet mablag’lari; 3) qarz yoki kredit mablag’lari; 4) xorijiy yoki mahalliy investoр mablag’lari; 5) homiylik, beg’aрaz yordam mablag’lari xali ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta’minlanmaganlar. Bu xolat, albatta, bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy ro’l o’ynamoqda.
Korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqdashga yordam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab, korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Xalq xo’jaligini bozor munosabatlariga o’tkazish bilan korxonalar xo’jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi, rivojlanishi, ko’p ukladli bozor iqti/ni barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari, foyda va rentabellik, korxonalar faoliyatining asosiy ko’rsatkichlariga aylanishiga olib keladi. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri — boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo’jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta ro’l o’ynaydi.

  1. Yüklə 58,69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin