Mavzu : mantiqiy elementlar va sxemalar


Tranzistori –tranzistorli mantiqiy elementlar



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə16/17
tarix25.04.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#102282
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Mavzu mantiqiy elementlar va sxemalar

Tranzistori –tranzistorli mantiqiy elementlar


TTM ning oddiy bazaviy elementi, 3.27a- rasmga binoan diod hossalarini va tranzistorli kuchaytirgichni biriktiruvchi, ko‘p emitterli tranzistordan foydalanish hisobiga tezlikni ortirishga, iste’mol qilinayotgan quvvatni kamaytirishga va mikrosxemalarni tayorlash texnologiyasini mukammallashtirishga imkon yaratadi
TTM ning baza elementi VA-YO‘Q mantiqiy amalini ham bajaradi. Signalning quyi darajasida (mantiqiy nol) VT1 ko‘p emitterli tranzistorning hech bo‘lmaganda bitta chiqishida oxirgisi to‘yingan holatda bo‘ladi, VT2 esa yopiq. Sxemaning chiqish qismida yuqori darajali kuchlanish mavjud bo‘ladi (mantiqiy bir). Signalning yuqori darajasida barcha kirishlarda VT1 aktiv invers rejimda ishlaydi, esa to‘yingan holatda bo‘ladi. Bu yerdai tavsiflangan TTM baza elementi, tayorlanish texnologiyasi sodda bo‘lganiga qaramasdan, to‘sqinqa bardoshliligi quyiligidan, yuklash qobiliyati kichikligi va sig‘imiy kuchlanish bilan ishlashda tezligi kichikligi sababli keng qo‘llanilmaydi. Uni, 3.29b-rasmga binoan, yuqori to‘sqinqa bardoshlilik va katta yuklash qobilyati talab qilinmaganda, ochiq kollektorli mikrosxemalarni ishlab chiqarishda ishlatish maqsadga muvofiqdir rasmga muvofiq, oldingi sxema bilan taqqoslaganda TTMning baza elementi yaxshilangan parametrlarga ega. Biroq sxemadagi chiqishlarning birikishi mumkin emas.



3.29a-rasm 3.29b-rasm
Xulosa
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma`lumotlarni obrazlar ko’rinishida taqdim etish va fikrlash jarayonini tashkil etish o’quvchilarning aqliy rivojlanish darajasini yuqoriga ko’taribgina qolmasdan, an`anaviy o’qitish o’rtasidagi nisbatni o’zgartirishga ham olib keladi. An`anviy o’qitish metodikasida o’quv materiallari asosan matn va formulalar ko’rinishida berilib, o’quv materiallarini namoyish imkoniyati deyarli mavjud emas. O’quvchilarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o’zlarining modelini yaratish masalasi yuklanmaydi. Bu ma`noda AT asosida o’quv materiallarini obrazli ko’rinishda taqdim etishda ularga har xil ko’rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish o’quvchilarning o’quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraktsiyalash kabi muhim sifatlarini rivojlantiradi.
Mantiqiy algebraning ahamiyati uzoq vaqt davomida inkor qilib kelinadi, chunki uning usul va uslublaridan o‘sha davrning fan va texnikasi uchun amaliy foyda yo‘q edi. Biroq elektron asosdagi (bazadagi) hisoblash texnikasi vositasini yaratish uchun prinsipial imkoniyat paydo bo‘lganida Bul tomonidan kiritilgan amallar katta foyda berdi. Ular avval boshdanoq faqat ikkita mohiyat: rost va yolg‘on bilan ishlashga mo‘ljallangan. Ular ikkilik kod bilan ishlash uchun qanchalik qo‘l kelganini tushunish qiyin emas. Bu kod zamonaviy kompyuterlarda ham faqat ikkita signal: nol va bir bilan taqdim etilgan.
Elektron hisoblash mashinalarini yaratishda Jorj Bul taklif qilgan mantiqiy amallarning hammasi emas, balki to‘rtta asosiy amali: VA (kesishma), YOKI (birlashtirish), EMAS (inkor) va YOKINI ISTESNO ETUVChI zamonaviy kompyuterlar protsessorlarining hamma turlarida qo‘llaniladi.
Xulosa qilganda hozirgi vaqtda ma’lumotlarning ko’pligi va keskin suratda ko’payish, o’zgarish tufayli EHMlarning roli va o’rni, ularning rivojlanishi axborot jamiyati uchu eng kerakli bo’lgan texnologik vosita hosoblanadi.
Shu yerda raqamli hisoblash mashinalarning xususiyatlardan biri algoritmik universalligini ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Raqamli hisoblash mashinasining algoritmik universalligi – raqamli hisoblash mashinalarning inson faoliyatining har qanday sohasiga tegishli bo’lgan hisobiy va mantiqiy masalalarni echa olish qobiliyatidir. Bunga mashina bajara oladigan amallar to’plami tarkibiga raqamli axborotni o’zgartiruvchi har qanday algoritmni amalga oshira oladigan amallarni kiritish, ishlanadigan axborotni etarlicha aniqlikda uzlukli ko’rinishda ifodalash va uni raqam shaklida o’zgartirish yo’li bilan erishiladi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin