O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI
VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Mustaqil ish
Mavzu : Mehnat resurslari va xususiyatlari
Bajardi: Islomjon Isomov Tekshirdi: Bababekova N.
Toshkent-2022
Reja: 1. Mehnat resurslarining shakllanishi. 2. Mehnat resurslaridan foydalanish.
3. Korxonaning mehnat resurslari bilan ta'minlanishini tahlilqilishning ahamiyati.
Foydalanilgan resurslar
Mehnat resurslarining shakllanishi.
Mehnat resurslari deb o’zining aqliy va jismoniy mehnat bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar to’plamiga aytiladi. Bu ta’rifdan shu narsa kelib chiqadiki, mehnat resurslari o’ziga iqtisodiyotda mehnat bilan band bo’lgan kishilarni ham, mehnat bilan band bo’lmasa ham, mehnat qilishlari mumkin bo’lgan kishilarni qamrab oladi.
Qaror topgan statistik amaliyotga ko’ra, mehnat resurslari mehnatga qobiliyatli yoshdagi mehnat layoqatli fuqarolardan va mamlakat iqtisodiyotida ishlayotgan yosh va o’rta yoshdagi mehnat qobiliyatidagi kishilardan iborat bo’ladi. Ko’pincha yoshroq bo’lganlarni ishlovchi o’smirlar, katta yoshdagi kishilarni ishlayotgan pensionerlar, deb atashadi. Hozirgi vaqtda «mehnatga layoqatli yosh» ning quyi chegarasi 16 yosh, yuqori chegarasi erkaklar uchun 59 yosh va ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi. «Imtiyozli pensionerlar» avvalgi kasblarida yoki boshqa ishlarda ishlayotganlar o’z ishlarida davom ettirmoqdalar, shuning uchun ham ular mehnat resurslari tarkibida qoladilar. Ishlayotgan pensionerlar esa mehnat resurslarining tarkibidan chiqariladi.
Mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarning ma’lum qismini sira ishlamagan yoki sog’lig’i yomon bo’lganligi uchun ishlashdan to’xtagan kishilar tashkil etadi. Bu o’rinda gap I va II guruh nogironlari haqida bormoqda, davlat ularni pensiya bilan ta’minlab turadi. Bu kishilar mehnat resurslari tarkibiga kiritilmaydi. Biroq, I va II guruh nogironlarining ayrimlari (agar ishlab chiqarishda qulay sharoitlar yaratilsa) ishlashlari mumkin. Shuning uchun ham mehnatga layoqatli yoshdagi ishlashi mumkin bo’lgan davlat tomonidan pensiya yoshi belgilangan yoshgacha fuqarolar mehnat resurslariga kiradi (I va II guruh nogironlaridan ishlamaydiganlari bundan mustasno).
Rivojlangan mamlakatlarda “iqtisodiy jihatidan faol aholi” tushunchasi qaror topgan. Ularga mehnat bilan band aholi va ish qidirayotgan ishsizlar kiradi. Shuningdek, “fuqarolik jihatidan iqtisodiy faol aholi” tushunchasi ham tarqalgan bo’lib, unga harbiy xizmatchilar kiritilmaydi. Shunday qilib, mehnat resurslari o’zining mazmuniga ko’ra, “iqtisodiy faol aholi” tushunchasidan kengroqdir. Iqtisodiy faol aholidan tashqari, mehnat resurslari yana mehnatga layoqatli yoshdagi o’quvchilarni ham, shuningdek, ana shu yoshdagi uy bekalari va mamlakatning qolgan barcha aholisini, ya’ni ishsiz bo’lmasa ham, qandaydir sabablarga ko’ra, mamlakat xo’jaligida ish bilan band bo’lmagan aholini ham o’z ichiga oladi.
Mehnat resurslarini shakllantirish deganda mehnat resurslarining doimiy ravishda yangilanib turishi tushuniladi. Aftidan, “takror ishlab chiqarish” “shakllanish” so’ziga qaraganda to’g’riroq bo’lardi, lekin, odatiy bo’lib qolgan, hamda, barqaror bo’lib borayotgan atamalardan ham voz kechish to’g’ri emas.
Mehnat resurslari qanday shakllanishini aniqlash uchun, birinchidan mehnat resurslarini uchta yirik yosh guruhlari bo’yicha-mehnatga layoqatli kishilar, mehnatga layoqatli yoshdan kattaroq kishilarni; ikkinchidan, har bir guruh aholi soniga, uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni; uchinchidan, mehnat resurslari va aholining o’zgarishdagi tabiiy va mexanik o’zgarishdagi umumiy va o’ziga xos tomonlarini ko’rib chiqish lozim.
Mehnat resurslarini shakllantirish o'sib borayotgan iqtisodiyot ehtiyojlarini qondira oladigan malakali ishchi kuchini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ushbu jarayon bir necha bosqichlarni o'z ichiga oladi, jumladan:
1. Ta'lim va kadrlar tayyorlash: mehnat resurslarini shakllantirishning muhim bosqichlaridan biri bu ishchi kuchiga ta'lim va malaka oshirishdir. Sifatli ta'lim va o'qitish dasturlariga kirish odamlarga ishchi kuchiga kirish va iqtisodiyotga hissa qo'shish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni berishi mumkin.
2. Kasbga yo‘naltirish: Kasbga yo‘naltirish mehnat resurslarini shakllantirishning yana bir muhim jihati hisoblanadi. Odamlarga turli martaba va ularning ish istiqbollari haqida ma'lumot berish ularga kelajakdagi ish istiqbollari haqida ongli qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
3. Shogirdlik va stajirovka: Mehnat resurslarini shakllantirishning yana bir usuli shogirdlik va stajirovkalarni taklif qilishdir. Bu dasturlar shaxslarga ish joyida ta’lim va tajriba bilan ta’minlab, ularga ma’lum bir kasb bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirish imkonini beradi.
4. Immigratsiya siyosati: Mamlakatlar boshqa mamlakatlardan malakali ishchilarni jalb qiluvchi qulay immigratsiya siyosatini yaratish orqali ham mehnat resurslarini shakllantirishi mumkin. Ushbu strategiya ishchi kuchidagi bo'shliqlarni to'ldirishga yordam beradi va maxsus ko'nikmalarga ega bo'lgan shaxslarga kirishni ta'minlaydi.
Umuman olganda, mehnat resurslarini shakllantirish hukumatlar, ta'lim muassasalari va ish beruvchilarning o'sib borayotgan iqtisodiyot talablariga javob beradigan ko'nikmalar bilan ta'minlash uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarini talab qiladi.