Mavzu : merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati va ahamiyati



Yüklə 16 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü16 Kb.
#201246
  1   2   3   4
MERKANTILIZM IQTISODIY TA\'LIMOTINING MOHIYATI VA AHAMIYATI

MAVZU : MERKANTILIZM IQTISODIY TA'LIMOTINING MOHIYATI VA AHAMIYATI

  • REJA:
  •  
  • Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
  • Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati
  • Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining tarixiy taqdiri
  •  
  • Merkantilizm va hozirgi zamon
  •  
  • Merkantilizm vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari
  •  
  • Avvalgi davrdagi iqtisodiy g'oyalarda natural xo'jalik munosabatlariga oid fikrlar ustunlik qilgan. Yangi bozor munosabatlari shakllanishi tufayli, shunga oid iqtisodiy ta'limot paydo bo'ldi, bu merkantilizm ta'limotidir.
  • «Merkantilizm» iborasi birinchi bo'lib Adam Smitning asarlarida o'z ifodasini topdi. Lugaviy ma'nosiga ko'ra bu so'z italyancha bo'lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so'z yangi ta'limotning mazmun va mohiyatini o'zida aks ettiradi.
  • Uzoq yillar davomida boylikning, xalq moddiy farovonligining asosi mehnat, er, dehqonchilik va chorvachilik, hunarmandchilikda deb kelinar edi, biz buni yuqorida ko'rdik. Lekin XV asrga kelib ahvol keskin o'zgardi. Bu ta'limotning kelib chiqishiga bir qancha sosial-iqtisodiy sabablar turtki bo'ldi. Avvalo feodal tuzumning emirilishi, tovar-pul munosabatlarining o'sishi, fan va madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo'lishi, ayniqsa savdo-sotiqning rivojiga turtki bo'ldi. Noekvivalent savdo tufayli metropoliya koloniyalar hisobiga beqiyos boyidi. Ana shu o'zgarishlarni asoslab beruvchi iqtisodiy ta'limot - merkantilizm yuzaga keldi va muomala sohasini o'rganish bilan shug'ullandi. Merkantilizm sinfiy jihatdan savdo kapitalini himoya qildi. Shu davrga kelib Evropada oltin va kumush qahatchiligi boshlandi. Hindistonda nodir metallar ko'p, degan mish-mishlar va u erdagi mavjud ziravorlar insonlarni yangi erlar ochish, yangi boylik makonlarini izlab topishga otlantirdi.
  • Pul vazifasini bajargan nodir metallar (hali qog'oz pul yo'q), ularning ohangrabo kuch-qudrati hammani oyoqqa turg'azdi, insonni o'ylashga, ixtirolar qilishga, harakatga undadi. Oqibatda, suvda kemalar orqali xavfli yo'lga otlanish taraddudi boshlandi, xaritalar tuzildi, kompas kashf etildi, kerakli odamlar, asbob-anjom, suv, oziq-ovqat, qurol-yarog' to'plandi.
  • Merkantilistik siyosat ham ishlab chiqildi. Uning bosh vazifasi davlatga ko'proq oltin va kumush keltirish deb aniqlandi. Bu davrda pul sifatida qimmatbaho metallar - oltin va kumush ishlatilgan, shu sababli oltin va kumush zahiralarini ko'paytirish borasida ma'lum iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqarildi.
  • 1492 yilda portugaliyalik
    Yüklə 16 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin