Mavzu: Gazlarda elektr toki. Metallar, yarim o‘tkazgichlar va elektrolitlarda elektr o‘tkazuvchanlikning haroratga bog‘liqligi. Gaz jumladn metal bug’lari ham normal holatda elektr neytral atom va molekulalardan iborat bo’lib, o’zlaridan elektr tokini o’tkazmaydi, faqatgina ionlashgan gazlarda o’tkazgich bo’la oladi. Gazning bu xususiyatini quyidagi sxema orqali kuzatish mumkin. Tokni o’lchash uchun zanjirga har galgidek sezgirligi yuqori darajada bo’lgan gal’vonometr ulanadi. Kondensator qoplamalari orasidagi havo bo’shlig’ida zanjir uzuk bo’lganligi uchun gal’vonometr tok ko’rsatmaydi. Qoplamalar orasiga yonib turgan gugurt cho’pni kiritsak alanga ionizator vazifasini bajaradi. Havo molekulalarining ionlashishi natijasida harakatchan zaryad tashuvchilar paydo bo’ladi. Gaz molekulalarining ionlashishi ul’trabinafsha va roentgen nurlari, - kvantlarelektron , proton va d- zarralar oqimi ta’sirida ham kuzatiladi. Ionlashgan gazda erkin elektronlar hamda musbat va manfiy ionlar harakatchan zaryadlar tashuvchi hisoblanadi. Kondensator qoplamalari orasidagi tashqi elektr maydon tasirida musbat ionlar manfiy zaryadli qoplama tomon manfiy ishorali ionlar va erkin elektronlar musbat zaryadli qoplama tomon harakatga keladi. Gazlardan elektr tokining o’tishi hodisasi gazlarning razryadlanishi deyiladi. Kuchlanishi qiymatlarida tashqi ionizator ta’siri yo’qotilsa ham razryadning davom etishiga mustaqil razryad deyiladi. Mustaqil razryadlar 4 xil bo’ladi. Yolqin, uchun, yoy va tok razryadlari. Yolqin razryadi siyraklashgan gazlarda kuzatiladi. Tok razryadi gazda faqat maydon kuchlanganligi juda yuqori bo’lgan elektrod uchliklari yaqinida sodir bo’ladi. Tok razryad gazlarni turli chang va iflos aralashmalardan tozalovchidir.
Yarimo'tkazgichlar oʻtkazuvchanligi jihatidan metall va dielektriklar orasidagi moddalar boʻlib, oʻz fizik xususiyatlarini turli tashqi taʼsirlar (masalan yoritish, isitish va hokazo) natijasida keng intervalda oʻzgartira olish xususiyatiga ega. Yarimoʻtkazgichlar elektronika va mikroelektronikada juda keng qoʻllanilib, zamonaviy elektr jihozlarning deyarli hammasi - kompyuterlardan tortib to uyali aloqa telefonlarigacha barchasi yarimoʻtkazgichli texnologiyaga asoslangan. Eng keng qoʻllaniladigan yarimoʻtkazgich modda kremniy boʻlib, boshqa moddalar ham keng qoʻllaniladi.