Dielektrik qutblanishining asosiy turlari Umuman dielektriklar qutbli va qutbsiz turlarga bo‘linadi. Istalgan moddaning molekulalari zarralardan (atom, ion, elektron) iborat bo‘lib, ularning har biri musbat yoki manfiy elektr zaryadiga ega. Bu zaryadlar orasidagi o‘zaro tortishish kuchi jismning mexanik mustahkamligini ifodalaydi. Turli xil moddalarning molekulalaridagi zaryadlarning fazoviy joylashuvi har xil bo‘lishi mumkin. Agar molekulalarning barcha (+) va (-) zaryadlarini bitta umumiy (-) va umumiy bitta (+) zaryad bilan almashtirsak, mos ravishda (+) va (-) zaryadning og‘irlik markazlarida joylashgan mazkur zaryadlar fazoda bir-biriga mos tushishi yoki mos tushmasligi mumkin. Fazoviy bir-biriga mos tushgan zaryadlar qutbsiz molekulaga ega bo‘lganligi uchun, bunday molekulalardan tashkil topgan jismlar qutbsiz jismlar deyiladi. Ikkinchi holda molekula tashqi elektr maydoni ta’sir etmagan holatda ham o‘z elektr momenti 0 dan farqli bo‘lib, dipol hosil qilganligi sababli, molekula qutbli hisoblanadi va ular asosida tashkil topgan jismlar qutbli jismlar deyiladi. Jismning elektr xossasidan qat’iy nazar, uning qutbliligi molekulaning kimyoviy tuzilishi orqali aniqlanadi.
Bir atomli molekulalar (Ne, Ne, Kr, Xe) va gomeoqutbli ikki atomli (H2,CL2…molekulalar, uglevodorodli moddalar qutbsizdir (paraffin, polipropilen, polistirol). Ion bog‘lanishli va polivinil xlorid, sellyuloza, fenolformaldegid va b.Dielektriklarda ikki xil qutblanish mavjud; elektron-ion elektr maydoni ta’sirida juda tez sodir bo‘ladigan, energiya sarf bo‘lmaydigan
relaksasiya- qutblanish asta sekin sodir bo‘lib, qizish natijasida dielektrik energiya sarf bo‘ladigan jarayon. Kondensator-sig‘imi va kondensatorda yig‘ilgan zaryad dielektrikda sodir bo‘ladigan qutblanish jarayonlarini o‘zida aks ettiradi. Elektron qutblanish (qe,Ce) atom yoki ionlar qobig‘ining siljishi va ciqilishi hisobiga sodir bo‘lib, bu turdagi qutblanish katta tezlikda (10-15sek) kechadi va qiymat jihatdan yorug‘likning sindirish ko‘rsatkichi kvadratiga (n2) teng. Bunday qutblanish barcha dielektriklarda kuzatilib, ularning atomlaridagi elektronlar musbat ion tomon siljiydi. Qutbli bo‘lmagan suyuq holatdagi va qattiq dielektriklarda qutblanish sust kechib, qiymati 2-2,5 atrofida bo‘ladi. Elektron qutblanishda siljish D maydon kuchlangaligi E ga proparsional ravishda o‘sadi, shuning uchun ham kuchlanganlikka bog‘liq bo‘lmaydi. ning haroratga bo‘lgan bog‘lanishi jismning shu haroratdagi zichligiga bog‘liq, u qizdirilganda zichligi pasayadi, hajm birligidagi atom soni kamayib, qutblanishi susayadi; jism eriganda zichlik kamayadi, natijada qutblanish ham keskin kamayadi. Elektron qutblanishda energiya sarf bo‘lmaydi. Bu qutblanish-neft yog‘larida, paraffin, polistirol, polietilen va boshqalarda kuzatiladi.
Ion qutblanish Ci, qi-ion tuzilishli kristall qattiq jismlarda bo‘sh bog‘langan toklar siljishi natijasida ro‘y beradi. Bunday qutblanish elektron qutblanishdan kuchliroq kechadi va ning qiymati 5-30 oraliqda bo‘ladi. Ion qutblanish o‘lcham jihatidan elektron qutblanishdan katta bo‘lib, uning qutblanish tezligi esa past bo‘ladi va chastotaga bog‘liq emas. Bu qutblanishda elektr siljish maydon kuchlanganligiga va qiymati kuchlanganlikka bog‘liq emas. Harorat ko‘tarilishi bilan kristall panjaradagi ionlar orasidagi masofa ortadi, ular orasidagi tortishish kuchi pasayadi va ion qutblanishi ko‘payadi, ya’ni harorat oshishi bilan ortadi. Ion qutblanishda energiya sarfi bo‘lmaydi.